Ellenistik davr. Ellenistik davrdagi stadionlar ommaviy hayotda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Undan tashqari ular shahar axolisi uchun tomosha ko‘rsatadigan inshootga aylanadi. Stadion tribunalari uncha ko‘p bo‘lmasa ham faqat shahar axolisiga mo‘ljallangan edi. Masalan: 1000000 aholi yashaydigan Milet shahridagi stadion shu shahar ichiga qurilgan.
2-rasm. Eramizdan avvalgi 7 asrdagi Gera nomidagi obida
(uzunligi 50 metr, eni 18,7 metr).
7
3-rasm. Olimpiya mash’alasini yoqish tantanasi. Gretsiya, Olimpiya
Qadimiy Rim davri. Ko‘pgina stadionlar va sport inshootlar Rim imperiyasining shakllanayotgan vaqtiga to‘g‘ri keladi (eramizning boshi). Bu vaqtda ellenik davri stadionlarining ko‘pginasi qayta qurildi. Eramizning ikkinchi asrida Afina va Delfadagi stadionlarni qayta qurishga to‘g‘ri keldi. Musobaqa qatnashuvchilari sonining ortishi tufayli stadionlar maydoni kengaytirildi va tomoshabinlar uchun marmar tribunalar-o‘rindiqlar o‘rnatildi. Qadimgi Rim davridagi stadionlarning tribunalari ko‘rishga qulay bo‘lishini ta’minlash uchun yarim oy shaklida qurilgan. Bu davrdagi stadionlar me’morchilik tomonidan to‘la-tugallangan ob’ektlarga aylanadi. Eramizdan oldingi birinchi asrda Qadimgi Rim inshooti bo‘lmish amfiteatr shakllana boshladi. Amfiteatr o‘z navbatida zamonaviy sport arenalarining qurilishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Amfiteatr (yunonchadan Amphitheatron – ikki tomonlama tomosha) ommaviy tomoshalar: teatr spektakllari ko‘rsatiladigan Qadimgi Rim monumental binosi hisoblanadi. Amfiteatr – o‘rtasidagi maydoni ellips shaklida qurilgan va tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan sport arenasi qator-qator o‘rindiqlari pastdan yuqoriga zina shaklida ko‘tarilib borgan. Bu amfiteatrlar Pompey shahrida miloddan avvalgi 70-yillarda qurilgan bo‘lib o‘z ichiga 15000 tomoshabinni olgan.
Butun dunyoga mashhur bo‘lgan Rimdagi Kollizey miloddan oldingi 125 yilda qurilgan bo‘lib 50000 tomoshabinlarga mo‘ljallangan. Kollizey avval uch yarusdan iborat bo‘lib, to‘rtinchi yarusi eramizni ikkinchi asrida to‘la bitkazilgan. Avval Kollizeyda hayvonlar, keyinchalik esa gladiatorlar jangi bo‘lib o‘tgan. Bu erda tribuna ostida juda ko‘p sonli xonalar bo‘lgan. Undan tashqari arena ostida hayvonlar uchun qafaslar va boshqa xonalar joylashgan. Kollizeydan 1 km uzoqlikda qullar qishlog‘i joylashgan bo‘lib, u stadion arenasigacha er osti yo‘li bilan tutashgan. Kollizey ustiga brezent qoplama tortilgan bo‘lib, u yopiq stadionga aylantirilgan deb taxmin qilinadi (4-rasm).
Kollizeyga o‘xshagan stadionlar Rimning har bir yirik shaharlarida bo‘lgan. Aravada poygaga mo‘ljallangan gippodrom deb nomlangan yirikssirkus Maksimus inshooti alohida ahamiyatga egadir. Bu inshoot o‘z tribunasiga 250000 cha tomoshabinni sig‘dirgan.
Qadimgi Rimda term (hammom) inshootiga katta e’tibor berilgan. Bu suzish, cho‘milish uchun mo‘ljallangan yirik suv havzasi bo‘lib, eramizning I
8
asri va II asri oralig‘ida qurilgan. Eng yirik va mashhur Dioklentana va Karakalla termi taxminan 120000 m2 maydonda joylashgan bo‘lib, uzunligi 337 metr, eni 338 metrni, devorlarining qalinligi 6 metrni tashkil qilgan. Bu termlarga bir vaqtning o‘zida 3000 odam sig‘ib, ular cho‘milish, parlanish, uqalash, dush, vanna qabul qilish, suv havzasida (sovuq, iliq, issiq) suzish kabi muolajalarni olish mumkin bo‘lgan.
Rim termlari o‘zining ajoyib bezak va uskunalari bilan ajralib turadi. Bino devorlarni bezash uchun qimmatbaho marmar ishlatilgan. Rim yana suv quvurlari va isitgichlar bilan jihozlangan. Qadimiy Rim shahri suv quvurlari va isitkichlar bilan ham mashhur bo‘lgan.
Rimda eramizning IV asridan boshlab xristian dini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda kirib keldi. Uch ming aholini yig‘uvchi Rim tomoshalariga qarshi cherkov faol kurash olib bordi. Asta-sekin milliy madaniyatning pasayishi boshlandi, shu bilan birga jismoniy tarbiya ham pasaydi. Odam tanasining madaniyati va har tomonlama rivojlanishini inkor etuvchi xristian dinining tarqalishi qadimgi olamga mansub ko‘pgina yirik sport inshootlarining qonunsiz emirilishiga sabab bo‘ldi. Ayrimlari esa cherkovga aylantirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |