O‘quv yurtlar sport inshooti
O‘quv yurtlari uchun sport zallar qurilishida arxitektura-rejalashtirish echimlarini inobatga olib quriladi. Maktablar uchun sport zallarining o‘lchamlari 9x18, 12x24 yoki 15x30 m bo‘ladi. Qurilish davrida jihozlarni osish va maxsus jihozlarni joylashtirish uchun kryuk va anjomlar o‘rnatiladi. Maktab pedagogi 1-4 va 5-9 sinflar uchun maktab o‘quv dasturiga asosan jihozlarni joylashtirish tartibini yaxshi bilishi shart.
57
44-rasm. Maktab sport zali
Muz ustida xokkey
Muz ustida xokkey maydonlari maxsus ajratilgan joylarda yoki yozgi sport maydonlarini ustiga quriladi. Xokkey maydonining o‘lchami 61x30 m Maydon korobkasi muz ustida 1.2 m balandlikda joylashadi. Korobkaning ichki tarafi silliq va yuqori qirralari oval shaklida bo‘lishi shart. Darvozaning o‘lchami 183 sm eni va balandligi esa 122 sm.
45-rasm. Muz ustida xokkey stadionining umumiy ko‘rinishi
Do'stlaringiz bilan baham: |