Sport inshootlari haqida tushuncha Sport inshoatlari va ularning tasnifi Hozirgi zamon sport inshootlari


Futbol maydonining chimli qoplamasi



Download 1,3 Mb.
bet15/31
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#201017
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Bog'liq
Sport inshootlari haqida tushuncha

Futbol maydonining chimli qoplamasi

Futbol maydonining chimli qoplamasigacha unumdor tuproq qatlamining qalinligi 15-20 sm bo‘lishi kerak.


Urug‘ sepishga qadar unumdor tuproq solinib va tekislangandan so‘ng o‘t urug‘i sepilgunga qadar maydonni kamida 15 kun davomida tuproqli er bir tekis sekin-sekin cho‘kishi va yakuniy tekislanish ishlarini amalga oshirish uchun to‘xtatib turiladi.
Futbol maydoniga o‘t urug‘ini ekish uchun tanlashda, joyning tabiiy sharoitini hisobga olish kerak (iqlim, tuproq). YAxshisi bu masala bo‘yicha mahalliy tajribali agronomdan maslahat olish kerak.
Aralash o‘t urugini maydonning 1 m2 ga 20 g urug‘ sepilish hisobini ol-gan holda olib boriladi.
Urug‘ ekishdan avval, maydon usti xastkash bilan tekislanadi va og‘irligi 200 kg keladigan g‘altak molada shibbalanadi.
Avvalo pusti qattiq urug‘larni maydonning bo‘y va eniga sepiladi. Urug‘ ekilgan maydon xastkash bilan tekislanadi va yana xuddi usha g‘altak mola yurg‘iziladi.
43

Urug‘ sepishdan avval o‘simlik tezroq o‘sishi uchun tez ta’sir etuvchi o‘g‘itlar solinadi (sulьfat ammiak, super fosfat). Butun maydonning yuza-siga 400-450 kg o‘g‘it solish talab qilinadi.


Lekin, o‘g‘itning navi qancha va qancha miqdorda solish kerak kabi savol-larga javob olish uchun mahalliy agronom bilan maslahatlashish maqsadga muvofiqdir.
Maydonga ekilgan urug‘ unib chiqqunga qadar tuproq namligini saqlab turish lozim. Sug‘orish tadbirlari suvni purkash orqali amalga oshirila-di.
Maydonda yosh chimli qoplama qalinligi kamida 5 sm bo‘lgandagina o‘ynash mumkin. YOmg‘irli kunlarda yosh chimli qoplamada o‘ynash mumkin emas. Futbol maydoniga ekiladigan o‘t urug‘lari aralashmasining tarkibini 6-jadvalda ko‘rish mumkin.
































6-jadval








































Urug‘lar nomi




Foizda







Aralashmalar




1.

Qo‘noq o‘t

-

15

-

15

20




20

10




10

2.

Qizil

boshoqli

-

25

40

50

50




25

-




20




o‘simlik































3.

Boshoqli o‘t

70

10

50

15

15




20

20




-

4.

YAylov reygrasi

30

40

-

10

10




15

15




20

5.

Oq beda

-

10

10

10

5




-

15




10

6.

Oq

dala

-

-

-

-







10

15




10




kuchqoroq































7.

Tulki

quyruq

-

-

-

-

-




10

-




-




o‘ti


































8.

Boshoqli o‘tlar































9.

Qiltiqsiz yal-

-

-

-

-

-




-

15




15




tirbosh


































Jami




100

100

100

100

100




100

100




100


Qo‘l to‘pi maydoni

Maydon o‘lchami. Qo‘l to‘pi maydoni to‘g‘ri turburchak shaklida bo‘lib, uzunligi 38 m dan 44 m gacha va eni 18 m dan 22 m gacha bo‘ladi. Optimal o‘lchami 40x20 m. Maydonni chegaralovchi chiziqlar 5 m kenglikda bo‘lib, maydon bilan bir tekislikda yotadi.

44

Uzunasiga tortilgan chiziqlar – yon chiziqlar, ko‘ndalangiga tortilgan chiziqlar, yuz chiziqlar deyiladi.


Darvoza yuz chiziq o‘rtasiga mahkam qilib o‘rnatilib, eni 3 m, balandligi 2 m (ichki tarafdan o‘lchanganda) bo‘ladi. Usti va to‘siqlar yogochdan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida ishlanib, kesmasi 8x8 sm bo‘ladi.

32-rasm. Qo‘l to‘pi maydoni


Darvozabon maydonini belgilash uchun yuz chiziqqa parallel ravishda 6


  • uzoqlikda 3 m li uzunlikda chiziq chizilib, darvoza ikkala ustunining ichki burchagidan 6 m radiusli yarim aylana 3 m li chiziqka tutashtiriladi.

45



33-rasm. Tennis maydonni 1-setka uchun stoyka, 2-3-setka

46


SHu maydon darvozabon maydoni deyiladi. Darvozabon maydoni tashqarisida undan 3 m uzoqlikda shu maydon tashqarisida undan 3 m uzoqlikda shu maydon chizig‘iga parallel holda yana bir uzuq chiziq chiziladi. Bu erkin to‘p otish zonasi deyiladi.
Tennis maydoni

To‘p uzatish va o‘yin maydoni 23,77x10,97 m maydondan iborat. O‘yin maydoni yaqinida hakam uchun 1,83-2,15 m balandlikda o‘rindiq (ayvoncha) o‘rnatildi. O‘rindiq mustahkam, engil ko‘chiriladigan, gorizontal, tirsak qo‘yadigan yondori va hakam qog‘oz qo‘yib yozib borishi uchun ko‘ndalang ochiluvchi plankadan tashkil topgan.


Tennis maydoni jihoziga quyidagilar kiradi:
a) ikki ustun orasiga tortiladigan to‘r;

b) to‘p balandligini rostlash uchun maxsus asbob;


v) maydonning yon tomoniga balandligi kamida 3 m bo‘lgan to‘r tortiladi (to‘siq sifatida).
Tennis maydoni ustki qismini qoplash uchun maxsus aralashma quyidagicha tarkibda bo‘ladi:


  1. Maydalangan kukunga o‘xshash tuproq ----------- 15-25%




  1. Qum --------------------------------------------------------- 40-45%

  2. Elangan qurilish chiqiti -------------------------- 35-40%


Badminton maydoni

Badminton maydonchasi tekislikda joylashgan sport inshootlariga kirib, uning ustiga maxsus qoplama, maxsus jihozlar va o‘lchamlari tushiriladi. Maydonning o‘lchamlari 13,4x6,1 m.
Badminton maydonida markazdan ikki metall ustunga qotirilgan to‘r tortilishi lozim. To‘rning o‘lchamlari: 6,1x0,75 m bo‘lib, to‘rning yuqori chegarasi 1,55 m balandlikda o‘rnatiladi.
CHim ustida xokkey

CHim ustida xokkey maydonining o‘lchamlari quyidagicha bo‘ladi: uzunligi 81 m dan to 91 m gacha, eni esa 50 m dan 55 m gacha. Maydon chiziqlari oq rangda va uning qalinligi 7,5 sm bo‘ladi. O‘rta chiziqni aniqlagandan so‘ng «yuz chizig‘i»dan 23 m uzoklikda parallel ravishda 23 m chiziq o‘tkaziladi. Darvozaga parallel ravishda jarima belgisi belgilanadi.


47

34-rasm. Badminton maydoni

48


35-rasm. CHim ustida xokkey

Jarima to‘pi darvozadan 7 m uzoqlikda joylashadi. Zarba aylanasining radiusi 15 m. Darvozaning o‘lchamlari 3,66x2,14 m. YUz

49

chizig‘ining markazida darvozalar o‘rnatiladi. Har bir darvoza ustunlarining tashqi tomonidan 4 ta 30-40 sm uzunlikdagi belgi chiziqlari o‘tkaziladi: ikkitasi 4,5 m va qolgan ikkitasi 9,15 m uzoqlikda. Darvoza yacheykalari 5x5 sm.


Engil atletika

Engil atletika maydonining asosiy qismi – sport yadrosi hisoblanadi. Sport yadrosi – bu ochiq sport kompleksi bo‘lib, o‘z ichiga sport o‘yinlari uchun maydon, maydonchalarni, yugurish yo‘lakchalarini, shuningdek maxsus sakrash va irg‘itish uchun joylarni oladi. Bu joylar


yugurish yo‘lkalarining ichida yoki tashqarisida joylashadi.
Sport yadrosi asosan 400 m yugurish yo‘lkasiga ega bo‘ladi. Lekin yugurish yo‘lkalarining uzunligi 330 m, 250 m va 200 m li bo‘lishi mumkin.
Yulkaning qiya aylanma radiusi 36 m ga teng. To‘g‘ri yo‘l uzunligi 86 m bo‘ladi. YUgurish yo‘lkalarining soni 6 ta dan 8 ta gacha bo‘ladi. Yo‘lkalar atrofida xavfsizlik zonalari kengligi 1 m dan 1,5 m gacha bo‘ladi. Undan tashqari sport yadrosi maydonida ikkita engil atletika sektorlari joylashadi: shimoliy sektorda yadroni irg‘itish, uzunlikka va balandlikka hamda balandlikka tayoq bilan sakrash bo‘limlari bo‘ladi. SHuningdek bu erda nayza irg‘itish yo‘lkalari ham bo‘lishi mumkin. Sektor burchagida disk va molotni irg‘itish uchun betonlashtirilgan joyi bo‘ladi. Janubiy sektorda balandlikka sakrash, uch hatlab sakrash va ikkita nayza irg‘itish bo‘limlari joylashadi. Har qanday sport yadrosi maydoni tomoshabinlar uchun o‘rindiqlarga ega bo‘lishi shart.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish