Sport faoliyati yo’nalishi 1-kurs 221-guruh



Download 349,53 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi349,53 Kb.
#379410

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI

SPORT FAOLIYATI YO’NALISHI

1-KURS 221-GURUH TALABASI

ABDULXAKIMOV JO’RABEKNING

FALSAFA

FANIDAN TAYYORLAGAN


MUSTAQIL ISHI
Bajardi: ______________

Qabul qildi: _____________



Termiz 2021

SO‘Z BOSHI Mazkur o‘quv-uslubiy majmua “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanidan bo‘lib, Tarix fakultetining “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan. “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fani ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga asosan 2-semestrda 24 soat auditoriya soatlarida o‘qitiladi. Semestr davomida “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining mazmun-mohiyatini to‘liq va mukammal o‘rgatish nazarda tutilgan. Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil amalga oshiralayotgan beshta ustivor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu jarayonning amaliy natijalari, belgi va xususiyatlari bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalarida,eng muhimi, xalqimizning ongu tafakkuri, intilishi va harakatlarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Shu bois, O‘zbekistonda ta’limning ijtimoiylashuviga alohida e’tibor berilib, o‘qitilayotgan fanlarning mazmunini yanada boyitish zamon talablariga moslashtirilishi bo‘yicha islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu "Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bosqichma-

bosqich amalga oshirish jarayonida o‘z ifodasini topmoqda. Xususan, talaba yoshlarimizni Vatan va millat manfaatlari yo‘lida fidoiylik ko‘rsata oladigan, mustaqilligimizning mohiyatini va qadrini anglaydigan, uni har qanday xavfxatardan asrashni o‘zining muqaddas burchi deb biladigan, muayyan mutaxassislikni, kasb-hunarni chuqur yegallagan, mustaqil, yerkin fikrlaydigan, ma’naviy va jismonan barkamol insonni tarbiyalash uchun oliy ta’lim tizimida gumanitar va ijtimoiy fanlarning dasturlarini zamon talablari asosida qayta ko‘rib chiqishni taqozo qilmoqda. Bu yesa yoshlarda tarixiy voqelikka obyektiv baho berish va to‘g‘ri xulosa chiqarish malakalarini shaklantirishni talab qiladi. Zero, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”. Demak, obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etayotgan xalqimiz taraqqiyotining bugungi kuni va kelajagini bevosita ifodalaydigan Harakatlar strategiyasini yoshlarimiz ongiga g‘oyaviy tamoyillar,asosida yetkazib berish,ularda mamlakatimiz hayotida ustivor bo‘layotgan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishga yordam beradigan mavzularni o‘rgatish “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni

rivojlantirish strategiyasi” fanining mazmun-mohiyatini belgilaydi. Mazkur fan doirasida «Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining mazmun-mohiyati, haqchillik, insonparvarlik, bag‘rikenglik va xalqimiz hayotida tutgan o‘rni bilan bog‘liq masalalar o‘rganiladi. Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonda huquqiy demokratik asosdagi xalq davlatini barpo etish yo‘lini har tamonlama asoslab beradigan xujjat ekanligi ushbu fanning asosiy mavzulari doirasiga kiradi. “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” – o‘rganishga imkoni ochilgan yangi fanlardan biridir. Mazkur fanning maqsadi ijtimoiy,siyosiy milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligini ustuvor ahamiyatga ega ekanligi ezgu g‘oyalar va sog‘lom mafkuradan mahrum biron bir millat va jamiyatning uzoqqa bora olmasligini, har qanday xalq va davlat o‘z taraqqiyotining mana shunday strategik tamoyillarini belgilab olishi zarurligi ijtimoiy jarayonlarning muqarrar qonuniyat ekanligini yoshlarning qalbi va ongiga singdirishdan iboratdir. Bu esa kelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning ijtimoiy-ma’naviy poydevorini mustahkamlash, yot mafkuralar tajovuziga qarshi tura oladigan, har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish, g‘oyaviy bo‘shliq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, va

nihoyat, yurtimizning yuksak taraqqiyotini ta’minlash uchun milliy istiqlol g‘oyasi orqali harakatlar strategiyasini o‘rganish yehtiyojini yuzaga keltirdi. «Ushbu ta’limotni qanday zarurat shakllantirdi?» va «Undan ko‘zlanayotgan maqsadmuddaolar nima?» - degan savollarga javob Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Bizning vazifamiz-to‘plangan ilg‘or halqaro amaliyotga suyangan holda, o‘zimizning taraqqiyot modelini qat’iy amalga oshirishdan iborat”degan ta’kididir.. Shu ma’noda, u mamlakatimiz taraqqiyotining obyektiv zaruriyati, qonuniy hosilasi, xalqimiz maqsad-muddaolarining ifodasidir. Bu yesa, o‘z navbatida, yangi boshlayotgan fanimizning maqsad va vazifalaridan biridir.Bugungi kunda prezidentimiz tomonidan «Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga quramiz » - degan ezgu va hayot baxsh shior asosidaolib borilayotgan islohatlari fikrimizningning haqqoniyligini isbotlaydi. “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining qonunqoidalari, tushuncha va tamoyillarini o‘rgatishda quyidagilarga alohida e’tibor berish zarur: mustaqillik biz uchun yeng oliy qadriyat, uni asrab-avaylash yesa har birimizning muqaddas burchimiz yekanini talabalarning qalbi va ongiga singdirish; yoshlarda g‘oyalar o‘z ma’no-mohiyatiga ko‘ra bunyodkor yoki

vayronkor bo‘lishi, ularning xalqlar va davlatlar taraqqiyotiga ta’siri, hozirgi zamonning mafkuraviy manzarasi, buzg‘unchi g‘oyalarning ta’siridan hushyor va ogoh bo‘lish shartlari va mezonlari haqidagi hayotiy va haqqoniy tasavvurlarni shakllantirish; o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishda talabalarning yoshi, tafakkuri, dunyoqarashi va qiziqishlarini hisobga olish, ta’lim-tarbiyanining ilg‘or, ta’sirchan vositalaridan, zamonaviy o‘qitish texnologiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanish; ayrim tushunchalarni haddan ziyod soddalashtirish, ta’limning yeskicha uslub va tamoyillarni qo‘llash natijasida fanning qadrsizlanishiga yo‘l qo‘ymaslik; ta’lim jarayonida tazyiq o‘tkazmasdan ma’rifiy asosda ish tutish, yoshlarning mustaqil va erkin fikrlash, bahs-munozara yuritish ko‘nikmalarini oshirishga e’tibor qaratish. Bulardan tashqari Harakatlar strategiyasini mazmun-mohiyatini tushuntirishda o‘qituvchi va tinglovchilar orasida o‘zaro hamfikrlik va hamkorlik muhitini shakllantirish, mavzuning tushuncha va tamoyillarini sharhlashda hayotiy misollar, bugungi dunyoda ro‘y berayotgan voqealar tahlilidan, matbuot materiallaridan keng foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. I. МА’RUZA MATERIALLARI II SEMESTR 1-МA’RUZA. MILLIY G‘OYA: O‘ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH



STRATEGIYASI FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI. Reja: 1. “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 2. Milliy go‘yaning mustaqil demokratik taraqqiyotni ta’minlashning muhim sharti ekanligi. 3. Yoshlarda milliy va umumbashariy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik fazilatlarini mustahkamlash va unga yo‘naltirish. 4. “Milliy g‘oya, O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining qonuniyatlari, asosiy tushunchalari, g‘oyaning jamiyat rivoji bilan uzviy bog’liqligi va unga ta’siri. Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: «Aqliy hujum», BBB me’todi, «Blits so‘rov», mini keyslardan foydalanish. Mafkura sohasida bo‘shliq degan narsaning o‘zi hech qachon bo‘lmaydi. Chunki insonning qalbi, miyasi, ongu tafakkuri hech qachon axborot olishdan, fikrlashdan, ta’sirlanishdan to‘xtamaydi. Demak, unga doimo ma’naviy oziq kerak. Agar shu oziqni o‘zi yashayotgan muhitdan olmasa yoki bu muhit uni qoniqtirmasa, nima bo‘ladi, aytinglar? Bunday oziqni u asta-sekin boshqa yoqdan izlaydi. Shunga yo‘l bermasligimiz kerak. Mana gap nima haqida ketayapti! Shavkat Mirziyoyev Tayanch so‘zlar Milliy g‘oyaning shakllanish tarixi va rivojlanishining o‘ziga xos qonuniyatlari, amal qilish prinsiplarini o‘rganish fanning
Download 349,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish