2021 yil “___” avgust
|
|
“Tasdiqlayman”
Termiz davlat universiteti o’quv ishlari bo’yicha prorektori
________________________ R. To’rayev
2021 yil «____» avgust
|
“Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi”
FANIDAN
ISHCHI O’QUV DASTURI
(2- KURS)
Bilim sohasi:
|
100000 – gumanitar
|
Ta’lim sohasi:
|
110000 – pedagogika
|
Ta’lim yo’nalishi:
|
5112000 – Jismoniy madaniyat
|
Mashg’ulot turi
|
Jami ajratilgan soat
|
3-semestr
|
4-semestr
|
Nazariy -
|
12
|
6
|
6
|
Amaliy -
|
96
|
48
|
48
|
Seminar -
|
12
|
6
|
6
|
Mustaqil ish -
|
120
|
60
|
60
|
Jami auditoriya soatlari
|
120
|
60
|
60
|
Umumiy o’quv soatlari
|
240
|
120
|
120
|
Termiz -2021
Fanning ishchi o’quv dasturi Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari bo’yicha O’quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2020 yil 14 avgustdagi 3-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan o’quv reja va fan dasturi asosida, hamda Termiz davlat universiteti Kengashining 2021 yil 28 avgustdagi 1-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan ishchi o’quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
T.P.To‘rayev - TerDU, «Sport boshqaruvi» kafedrasi o’qituvchisi;
B.Berdiyev - TerDU, «Sport boshqaruvi» kafedrasi o’qituvchisi.
D.F.G‘aniyeva - TerDU, «Sport boshqaruvi» kafedrasi o’qituvchisi.
Taqrizchilar:
X.A.Sharipov. - TerDU, «Sport boshqaruvi» kafedrasi mudiri katta o’qituvchisi;
X.S.Raimov - TerDU, «Sport boshqaruvi» kafedrasi o’qituvchisi.
Fanning ishchi o’quv dasturi “Sport boshqaruvi” kafedrasining 2021 yil “___” avgustdagi 1-son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: ______________________ X.A.Sharipov.
Fanning ishchi o’quv dasturi “Sport faoliyati va boshqaruvi” fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya etilgan (2021 yil ___ avgustdagi 1-sonli bayonnoma).
Fakultet kengashi raisi: _____________ Ya.Ch.Doniyeva.
O’MBB_______________________ K.A.Yadgarov
fan/modul kodi KTOʻM1008
|
O‘quv yili 2020-2021
|
Semestr 3-4
|
ECTS – Kreditlar 8
|
Fan/modul turi majburiy
|
Ta’lim tili o’zbek
|
Haftadagi dars soatlari 4
|
Fan nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama (soat)
|
Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi
|
120
|
120
|
240
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad-kurash fani talablariga kurashni o‘qitish uslubi va nazariy bilimlarni o‘rgatish,kurash texnikasi va usullari haqida nazariy bilim,amaliy harakat ko‘nikma va malakalarini egallash, kursh bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazish uslubiyotini o‘rgatishga qaratilgan bo‘lib, talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hayotning turli jabhalarida kurash vositalaridan samarali foydalanib o‘qitish va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning oldiga qo‘ygan vazifalari - talabalar bilan o‘quv mashg‘ulotlari shaklida o‘tkaziladi. Shu mashg‘ulotlar jarayonida O‘zbekiston Respublikasida kurash turlarining rivojlanish tarixini o‘rgatish, O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya tizimida kurash turlarini o‘rni, kurash mashg‘ulotlarida umumiy rivojlantiruvchi va mahsus mashqlarni o‘rgatish, kurash mashgulotlarida shikastlanishning oldini olish, kurashning muayyan turi texnikasi va qoidalarini o‘rgatish, kurash turlari texnikasi va usullarini o‘rgatish, kurash turlari mashg‘ulotlari uchun sport inshoatlarini tanlash va ularning jihozlanishini o‘rganish, kurash turlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazish, kurash turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish, shuningdek musobaqa hujjatlarini yuritish va hakamlik qilish, bolalar sportida kurashning o‘rni, kurash mashg‘ulotlarining ayrim hususiyatlari kabi vazifalarni amalga oshirish bilan birgalikda jismoniy sifatlarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |