7.2-§. Nam havoning asosiy xossalari
Nam havo quruq havo va suv bug'larining aralashmasidan iborat.
7.4-§. Quritishning tezligi
Materialni quritish murakkab jarayon hisoblanadi. Awal namlik materialning ichki qismlaridan uning yuzasiga tarqaladi, so'ngra namlik material yuzasidan bug'lanib qurituvchi agent (havo) tarkibiga o'tadi va quritkichdan tashqariga chiqib ketadi. Material tarkibidan namlikning bug'lanib chiqish jadalligi m material yuzasi birligidan vaqt birligi ichida bug'langan namlikning miqdori bilan o'lchanadi:
bu yerda, W ~ quritish paytida materialdan ajralib chiqqan namlik
massasi; F — material yuzasi; r ~ quritishning umumiy vaqti.
Namlikning bug'lanish jadalligi nam material va atrof-muhit o'rtasidagi issiqlik va modda almashinish mexanizmiga bog'liq. Bu mexanizm juda murakkab bo'lib, ikki bosqichdan iborat:
namlikning material ichida siljishi;
material yuzasidan namlikning bug'lanishi.
Namlikning material yuzasidan bug'lanishi. Bu jarayon asosan, bug'ning qattiq material yuzasidan havoning chegara qatlami orqali diffuziya yo'li bilan o'tishidan iborat. Materialning yuzasidan namlikning bug'lanish yo'li bilan havo oqimiga o'tishi tashqi diffuziya deb ataladi. Tashqi diffuziya yordamida namlikning taxminan 90% tarqaladi. Material yuzasidan atrof-muhitga namlik bug' holatida o'tadi. Tashqi diffuziyaning harakatlantiruvchi kuchi material yuzasidagi va atrof-muhitdagi
konsentratsiyalar yoki parsial bosimlar ayirmasi PKI - Px bilan ifodalanadi.
Diffuziya oqimidan tashqari namlik termodiffuziya yo'li bilan ham tarqaladi. Termodiffuziya hodisasi qatlamda temperaturalar ayirmasining ta'siri natijasida yuz beradi. Konvektiv quritish jarayoni nisbatan past temperaturalarda olib borilsa, termodiffuziya orqali tarqalgan namlikning miqdori juda kichik bo'ladi.
Quritish tezligi o'zgarmas bo'lgan birinchi davrda materialning namligi gigroskopik namlikdan katta bo'ladi, material yuzasidagi bug' esa to'yingan
bo'ladi ( Pu = PT ). Bu davrda namlik materialning yuzasiga uning ichki
qismlaridan katta tezlik bilan siljiydi. Material yuzasidan namlikning berilishi quyidagi tenglama orqali topiladi:
bu yerda, /? - modda berish (yoki namlik berish) koeffitsienti; PT - material yuzasidagi to'yingan bug'ning parsial bosimi; Px - bug'ning havodagi parsial bosimi; g — barometrik bosim.
(7.7) tenglamadagi PT, Px va в kattaliklar Pa yoki mm simob
ustuni hisobida o'lchanadi. Namlik berish koeffitsienti /? ning qiymati
havoning tezligiga, qurituvchi agentning material yuzasini aylanib o'tish sharoitiga, materialning shakli va uning o'lchamlariga, quritish
temperaturasiga va boshqa kattaliklarga bog'liq. fi ning son qiymati tegishli
kriterial tenglamalar yordamida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |