6.3-§. Adsorberlarning tuzilishi. Adsorberlar ish rejimiga ko'ra davriy va uzluksiz ishlovchi bo'ladi. Adsorbent qatlamining tuzilishiga ko'ra davriy adsorberlar qo'zgalmas va mavhum qaynash qatlamli bo'ladi. Uzluksiz ishlaydigan adsorberlar esa harakatlanuvchan va mavhum qaynash qatlamli bo'lishi mumkin.
6.1-rasmda davriy ishlaydigan vertikal adsorberning sxemasi ko'rsatilgan. Qobiq (3)ning ichidagi taqsimlovich panjara (2)ning ustida qo'zg'almas adsorbent qatlami (4) mavjud. Gaz aralashmasi patrubka (6) orqali adsorberga kirib, panjara (2) orqali adsorbent qatlamiga tarqaladi. Tegishli komponent gaz fazasidan qattiq fazaga yutiladi. Tozalangan gaz patrubka (5) orqali adsorberdan tashqariga chiqadi. Adsorbent lyuk (7) yordamida qurilmaga solinadi, lyuk (8) yordamida esa qurilmadan tushiri-ladi. Desorbsiya qilish uchun taqsimlovchi qurilma (barbotyor) (1) yordamida o'tkir suv bug'i beriladi. Desorbsiya paytida adsorbentda yutilgan komponent suv bug'i tarkibiga o'tadi va bug'-gaz aralashmasi sifatida patrubka (10) orqali qurilmadan chiqariladi. O'tkir bug'ning qisman kondensatsiyalanishi oqibatida hosil bo'lgan kondensat patrubka (9) orqali qurilmadan chiqib ketadi.
6.2-rasm. Uzluksiz ishlaydigan harakatchan qatlarali adsorberning sxemasi: I — adsorbentni sovitish seksiyasi; II - adsorbsiya seksiyasi; III -regeneratsiya seksiyasi; 1 va 2-taqsimlovchi moslamalar; 3-taqsimlovchi tarelka; 4-zatvor (tushirish mexanizmi).
Davriy ishlaydigan adsorberlarda adsorbentning yutish sig'imidan to'la foy-dalanilmaydi. Desorbsiya jarayoni ham ushbu adsorberlarning o'zida olib boriladi. Natijada, qurilmadan foydalanish darajasi kam bo'ladi. Bu kamchiliklardan uzluksiz ishlaydigan qurilmalar xolidir.
Odatda davriy adsorbsiya jarayoni to'rtta bosqichda olib boriladi:
adsorbsiya;
adsorberning sxemasi berilgan. Qattiq jism-gaz sistemalari uchun bunday qurilmalar balandligi bo'yicha bir necha seksiyalarga ajratilgan kolonna shaklida tayyorlanadi. Harbir seksiya ma'lum birjarayonni amalga oshirish uchun moslashtiriladi. I seksiya adsorbentni sovitish uchun mo'ljallangan bo'lib, qobiq-quvurli issiqlik almashgich ko'rinishga ega. Regeneratsiyadan qaytgan adsorbent zarrachalari quvurlarning ichidan harakat qiladi. Sovituvchi suyuqlik quvurlararo bo'shliqdan o'tadi.