Undov so'zlar so'zlovchining his-tuyg'ularini ifoda etadi. Ular buyruq-xitob, haydash -chaqirishning atamasi bo'lmasa ham ularaing ifodasi bo'la oladi.Masalan, oh, uf, e, eh undovlari zavqlanish, charchaganlik, ajablanish, hayratlanish, kabilarni anglatsa, kisht, pisht esa haydashning ifodasidir.
Taqlidiy so'zlar tovushga, sharpaga bo'lgan shartli taqlidni anglatadi. Taqlid asosida kishida tushuncha hosil bo'ladi. Masalan, taqir-tuqur, gup-gup, g'uj-g'uj so'zlari kishi ongida qandaydir tushunclialarni olib keladi. Ular gapda biror gap bo'lagi vazifasida keladi. Umuman, undov vataqlidiy so'zlar ayrim xususiyatlariga ko'ra mustaqil so'zlarga yaqin.Shuning uchun bu so'zlar gap bo'lagi vazifasida ham, o'zi mustaqil so'z—gap shaklida ham keladi. Biroq bu so'zlarda mustaqil so'zlardagidek xususiyatlar to'la shakllanmagani holda yordamchilarga hos belgilar ham mavjud.
Predmetning nomini bildirib, grammatik son, egahk va kelishik ma'nolarini ifodalaydigan so'zlar turkumi ot deyiladi. Otlar kirn? nima? qayer? kimlar? nimalar? so'roqlaridan biriga javob bo'ladi.
Otlar ma'no xususiyatlariga ko'ra turlicha. Binobarin otlar:
a) jonli predmetlarni: odam, qish, baliq; b) borliqdagi narsa-predmetlarni: daraxt, uy, ko'cha, bino, qir, tosh, yo'l; c) osmon jismlarini: oy, quyosh, yulduz; d) vaqt va hodisalami: yoz, qish, zilzila, bo'ron, dovul, toshqin; e)mavhum tushunchalarni: do'stlik, boylik, sevgi, sadoqat, shavq kabilarni ifodaiab, ularganom bo'ladi.
Ot turkumiga xos muhim morfologik xususiyatlar otlarda grammatik son, egalik va kelishik kategoriyalarining mavjudligidir. Shuningdek, maxsus ot yasovchi qo'shimchalarning mavjudligi otlarning morfologik jihatdan to'ia shakllangan so'z turkumlardan biri ekanligini ko'rsatadi. Masalan, tadqiqotchilarimizning so'zidagi—chi yasovchi, -lar, ko'plik, -imiz egalik. -ning, kelishik ma'nolarini ifodalovchi shakllardir. Ko'rinadiki, otlarda so'z shakllarini hosil qiluvchi har uchala turdagi qo'shimchalar: so'z yasovchi, shakl yasovchi, so'z o'zgartiruvchi qo'shimchalar ham mavjud.
Egalik va kelishik qo'shimchalari otlarning boshqa so'zar bilan munosabatini ta'minlaydi, sintaktik qamrovini kengaytiradi.
Otlar gapda turli vazifalarda keladi. Biroq otning gapda ega vazifasida kelishi asosiy sintaktik belgidir. Domla kechasi bilan o'ylab, oxiri ilmiy kengash majlisiga borishga qaror qildi. (O.Yo.) Shuningdek, otlar gapda to'ldiruvchi: Endi onaga qo'shilib qizyig'lar, qizga qo'shilib ona yig'lardi.( Ch.). Aniqlovchi: Tog'a ot jilovini do'nglikka burdi. (S.A.) Humoyun bu suvchi yigitning irodasiga so'zsiz bo'ysundi. (P.Q.) Hoi: Katta zalda noyibning o'zi ovqat stoli ketida choy ichib va gazet ko'rib o'tirardi (Ch.) vakesim shu kabi sintaktik vazifalarni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |