So'z turkumlari



Download 54,57 Kb.
bet9/17
Sana20.07.2022
Hajmi54,57 Kb.
#830951
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
SO\'Z TURKUMLARI

Qaratqich kelishigi predmetning shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmetga qarashliligini bildiradi. Qaratqich kelishigi -ning qo'shimchasi bilan shakllanib kimning? nimaning so'roqlariga javob bo'ladi. Bu kelishikdagi so'z o'zi bog'langan so'zni o'ziga qaratadi, qaratilgan so'z egalik qo'shimchasini oladi: uyning oldi, tog'ning toshi kabi.
Bu tipdagi qaratqich va egalik qo'shimchalari shaklidagi bog'lanishlarda qaratqich ikkinchi otga bog'lanib, uni aniqlab, aniqlovchi vazifasida keladi. Kampir ularning gapidan Zirillamaga Yo'ldosh Oxunboboev kelgamni bildi.(S.A.) Qaratqich kelishigining qo'shimchasi she'riy asarlarda -n shaklida ham qo'llaniladi.
Yigitlik shotisin poyalaridan
Asta yuqoriga ko'tarilolding (G' .G'.)
Shuningdek, badiiy asarlarda bu kelishik qo'shimchasining -im shakli ham uchraydi.
O'zbekiston Vatanim manim (A.O.)
Manim bu so'zlarimga ishoning, ishonmang ixtiyor albatta sizdadur. (A. Qod.)Qaratqich kelishigi ma'no va shakl jihatidan ikki xil: belgili qaratqich kelishigi, belgisiz qaratqich kelishigi.
ning qo'shimchasi bilan shakllanib, aniq qarashlilik ma'nosini ifodalaydigan shakl belgili qaratqich kelishigi deyiladi. Otaqo'zi tog'asining fe'1-atvorini yaxshi bilardi. (O. Yo.) Hovlining bir chekkasida yaproqlari shaldirab baland mirzaterak turardi. (0.)
Qaratqich kelishigining qo'shimchasi -ning tushib qolgan holat belgisiz qaratqich kelishigidir. Ikkoving cho'l marshallari bo'lasan. (S.A.) Bu shakldagi otlar bir-biri bilan o'zaro zich bog'lanadi va ularning orasiga boshqa so'z kiritib bo'lmaydi. Belgisiz qaratqich kelishigida qaratqich shaklidagi ot egalik shaklidagi otga belgi ekanligi ifodalanadi. Bu holatda qarashlilik ma'nosi emas balki aloqadorlik ma'nosi ustun turadi. Chunonchi. keltirilgan gapdagi cho'l marshallari birikmasida marshal yoki cho'l bir-biriga qarashli emas, ulardagi muayyan aloqadorlik asosida cho'l so'zi marshal so'ziga belgi vazifasini bajargan.
Qaratqich kelishigining belgili va belgisiz kelishi lug'aviy va grammatik ma'nolarga bog'liq. Quyidagi ma'noli so'zlar asosan belgili qaratqich kelishgi shaklida keladi.
1. Shaxs otlarini ifodalovchi so'zlar: Eshonxonning dardi bo'lak. (O.) Yo'ldoshning badanlari jimirlab ketdi. (O' .U.)
2.Predmetning shaxs yoki boshqa predmetga tegishli ekanligini ifodalaydigan otlar. Bu Ikromjonning tovushi edi. (S.A.) Mana shu narsa, dedi u slier oyoqli bahaybat stolning g'aladonidan kattakon semiz papka chiqarib (O.Yo.)

  1. Butunning qismini anglatgan otlar: kitobning varag'i,uyning burchagi. qozonning qulog'i. Sallasidagi olmosdantashqari belidagi kamariga, xanjarining sopi va qiniga qadalgandur va la'llar tiniq va osuda bir jilo berib turardi. (P.Q.)

  2. Qaratqich kelishigidagi ot bilan egalik qo'shimchalariniolgaii ot orasiga boshqa so'z kelganda. Ona ko'zi oldida o'g'Iiningqop-qora qoshlari. chaqnagan ko'zlari qoldi. (S.A.) Dadasierkatoy o'g'Iining bu arzini eshitib, bir hayratga tushdi, birquvondi. (O.Yo.)

  3. Otlashgan so'zlar qaratqich kelishgi qo'shimchasini olibkelganda. Kattaning kichigi bo'lguncha, kichikning kattasi bo'l.(Maqol.)

  1. Egalik qo'shimchasi otlashgan so'zlarga qo'shilganda u bilanbog'langan so'z belgili qaratqich kelishigida keladi. Yaxshiningyomoni bo'lguncha, yomonning yaxshisi bo'l. (Maqol.)

  2. Olmoshlar qaratqich kelishigida kelganda. Bizning fakul-tetda ham majlis bor. (A.Q.) Chunki ne qilsa ham ular meningyurtdoshlarim. (P.Q.)

Belgisiz qaratqich kelishigi quyidagi bog'lanishlarda qo'llaniladi:
l.Bir predmet yoki narsa ikkinchisiga umumiylik asosida bog'langan bo'lsa. Lekin undan beridagi chiroqsiz uy ayvonida qandaydir sharpa sezildi. (P.Q.) Uning yozuvchilik isliidagi kamoloti va o'qishi qanday ekanini bihnoqchi.(A.Q.)

  1. Mavhum otlar o'zaro bog'lanib kelganda: dil quvonchi ,vijdon amri, oda zoti. Manzura ko'r emas, kar ham emas,dunyoning odam zotiga vafo qilmasligini ko'rib eshitib turibdi.(T.Mai.)

  2. Predmetning belgisi sifatida qo'llangan so'zlarda. Viloyatdayer islohatini o'tkazish uchun ko'p yillar kerak. (A.Q.) Lekin uo'z vatanida yashamoqda edi.(P.Q.)


Download 54,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish