So’z o’zlashtirish



Download 121,19 Kb.
Sana13.03.2022
Hajmi121,19 Kb.
#492615
Bog'liq
So\'z o\'zlashtirish mavzusi

So’z o’zlashtirish

So'z o'zlashtirish til taraqqiyotining qonuniy ko'rinishidir: xalqlar o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va ilmiy aloqalar bir tildan ikkinchi tilga so'z va atamalarning o'tib turishini taqozo qiladi. O’zbek tiliga arab, tojik-fors va rus tillaridan so'z o'zlashtirilishi ham ana shunday ijtimoiy-tarixiy omillar tufayli sodir bo'lgan.


So'z o'zlashtirishning ikki yo'li
1. Jonli so'zlashuv orqali so'z o'zlashtiriladi
2. Bosma manbalar orqali so'z o'zlashtiriladi.
1. Jonli so'zlashuv orqali so'z o'zlashtiriladi
Bunda boshqa til so'zlari o'zbek tiliga mahalliy aholining og'zaki nutqi orqali o'tadi.
Masalan, ruscha rami(paMbi), klubnika, podnos so'zlari o'zbek tilining jonli so'zlashuvida rom, qulubnay va patnis deb talaffuz qilingan, keyinchalik o'zbek adabiy tiliga ham shu shaklda o'zlashgan.
2. Bosma manbalar orqali so'z o'zlashtiriladi.
Bunda boshqa tildagi matnni o'zbek tiliga tarjima qilish yoki o'zbek tilida yozilgan maqolalarda, ilmiy va badiiy asarlarda boshqa til so'zlarini (ayniqsa, termin va atamalarni) ishlatish orqali bo'ladigan o'zlashtirish nazarda tutiladi.
Matematikadagi katet, gipotenuza, adabiyotshunoslikdagi kulminatsiya, sujet kabi terminlar,
ocherk, roman, povest kabi so'zlar shu yo'l bilan o'zlashtirilgandir.

So'z o'zlashtirish usullari ham ikki xil bo'ladi:

1. O'zicha olish. Bunda boshqa tildan o'zlashtirilayotgan so'z hech qanday o'zgarishsiz yoki ayrim (juz’iy) fonetik o'zgarishlar bilan olinadi.

2. Kalkalab olish. Bunda boshqa tildagi (mas., rus tilidagi) so'zning morfemik tarkibidan qismma-qism nusxa olish orqali o'zbekcha so'z yasaladi va shu so'z bilan boshqa til (mas.,ms tili) leksemasining ma’nosi ifodalanadi.


1. O'zicha olish.
Bunda boshqa tildan o'zlashtirilayotgan so'z hech qanday o'zgarishsiz yoki ayrim (juz’iy) fonetik o'zgarishlar bilan olinadi.
Masalan g'o'za (f-t.), gul (f-t.), poya (f-t), kaptar (< f-t: kabutar): balo (ar.), biVaks(wr.), davlat (ar.), muallim (< ar. muallim); kabi.
2. Kalkalab olish.
Bunda boshqa tildagi (mas., rus tilidagi) so'zning morfemik tarkibidan qismma-qism nusxa olish orqali o'zbekcha so'z yasaladi va shu so'z bilan boshqa til (mas.,ms tili) leksemasining ma’nosi ifodalanadi.
Qiyos qiling: yarimo"tkazgich < rus. полупроводник, ilmiy-ommabop < rus. научно-популярный kabi. Kalkalashning bu turi to'liq kalka sanaladi.
Ba’zan boshqa til so'zining bir qismi o'zgarishsiz olinadi, qolgan qismi esa o'zbek tili materiali bilan almashtiriladi.
Qiyos qiling: mikroo'g'it < rus. микроудобрение, ultratovush < rus. ультразвук, rekordli < rus. рекордный, meshchanlik < rus. мещанство kabi. Kalkalashning bu turi yarim kalka hisoblanadi.

To’liq va yarim kalkalar so'z o'zlashtirishning grammatik usuli deb ham qaraladi, chunki bunda boshqa til so'zlarining ma’noli qismlaridan nusxa ko'chirilishi orqali so'z yasaladi. Ammo tilda ba’zan yangi so'z yasalmay, azaldan mavjud bo'lgan birorta leksemaga boshqa til leksemasining birorta ma’nosini yuklash orqali ham ma’no o'zlashtirilishi ta’minlanadi. 0‘zlashtirishning bu turi semantik kalka sanaladi.

So'z o'zlashtirishning chet so'zlarni qo'llashdan farqlari

  • So'z yoki ma’no o'zlashtirilishini chet so'zlarni qo'llashdan farq qilish kerak. So'z yoki ma’no o'zlashtirilishi muayyan til leksikasini boyituvchi qonuniy hodisadir, chunki bir til boshqa tildan o'zi uchun zarur bo'lgan leksik-semantik birliklarni o'zlashtiradi. Chet so'zlarni ishlatish hodisasi esa g'ayri qonuniydir, chunki o'zbek tilining o'zida biror so'z mavjud bo'lgani holda, uning o'rnida chet so'zni ehtiyojsiz, maqsadsiz qo'llash tilni boyitmaydi, aksincha, ayrim shaxslaming o'z nutqiga e’tiborsiz qarashinigina aks ettiradi.

Tekshirish savollari va topshiriqlar

  • 1. So'z o'zlashtirishga olib keladigan qanday omillarni bilasiz?
  • 2. So'z o'zlashtirishning qanday yo'llari va usullari bor?
  • 3. Jonli so'zlashuv orqali va bosma manbalar orqali so'z o'zlashtirish qanday farqlanadi?
  • 4. Leksemalami o'zicha olish va kalkalab olish haqida ma’lumot bering.
  • 5. Kalkaning qanday turlari bor?
  • 6. To'liq kalka, yarim kalka va semantik kalka haqida ma'lumot bering.
  • 7. So'z o'zlashtirish va chet so'zlarni qo'llash hodisalari qanday baholanadi?

Tayanch tushunchalar:

  • So'z o'zlashtirish - boshqa til so'zlarining o'zbek tiliga olinishi.
  • O'zicha olish — boshqa til leksemasining o'zgarishsiz yoki juz’iy o'zgarish bilan o'zlashtirilishi.
  • Kalkalab olish - boshqa tildagi so'zning morfemik tarkibidan qismma-qism nusxa ko'chirish orqali so'z yasalishi, bu so'zda boshqa til leksemasi ma’nosining ifodalanishi.
  • Semantik kalka — tilda azaldan mavjud bo'lgan so'zga boshqa til leksemasining ma’nosini yuklash.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 121,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish