SO`Z ICHIDA KETMA –KET KELGAN BIR XIL UNDOSHLAR
Darsning maqsadlari:
a) ta`limiy: ketma-ket kelgan bir xil undoshlar haqida o`quvchilarga ma`lumot berish asosida mustaqil mashq bajarish qobiliyatini shakllantirish;
b) tarbiyaviy: so`zlarning ma`nosini anglas, ularda to`g`ri va chiroyli, xatosiz, talaffuz qilish tushunchasini hosil qilish;
d) rivojlantiruvchi: mavzu asosida olgan bilimlarni mustaqil qo`llay bilish qobiliyatini shakillantirish va rivojlantirish.
Dars uslubi: Ko`rgazmali, amaliy, aralash.
Dars jihozlari: Ona tili, odobnoma kitoblari, 1-4-sinf diktantlar to`plami, rasm va boshqotirmalar, magnit taxtasi, aql mashqlari, “Sehrli parda” didaktik o`yini, magnit tasmasi.
Darsning borishi: Tashkiliy qismda O`quvchilar bilan salomlashib, davomat aniqlanadi.
O`qituvchi: Aziz bolajonlar, bilimga tashna qalblar. Qani ayting-chi, hozirgi darsimiz qanday dars?
O`quvchilar: Hozirgi darsimiz bizga ko`p bilim beruvchi ona tili darsidir.
O`qituvchi: Ona tili darsida nimalarni O`rganasiz?
O`quvchilar: Ona tilim, jonu dilim,
O`rgatadi O`z tilim.
Chiroyli va xatosiz,
Yoz deydi ona tlim.
O`qituvchi: Keling, tabiat taqvimi haqida suhbat O`tgazaylik. Hozirgi faslimiz qish fasli. Qish kunlari haqida nimalarni bilasiz?
Bu haqdagi javoblar eshitiladi. O`quvchilar tabiat taqvimini mustaqil belgilaydi. “Aytilishida tushib qoladigan undoshlar” mavsusi bo`yicha suhbat o`tkaziladi. Uyga vazifa didaktik materiallar orqali so`rab baholanadi. Sinf 3 ta guruhga bo`linadi. Guruhlarga nom berilib, savol yozilgan bittadan bayroqcha rasmi tarqatiladi. D, T undoshlari haqida og`zaki savol-javob O`tkaziladi, kichik rebus to`ldiriladi.
Quyidagi rebusda tushib qolgan tovushlarni o`rniga qo`ying:
-
O`quvchilar quydagicha to`ldirishga harakat qiladi:
-
X
|
U
|
R
|
S
|
A
|
N
|
D
|
F
|
A
|
R
|
Z
|
A
|
N
|
D
|
P
|
O
|
Y
|
T
|
A
|
X
|
T
|
O`tgan mavzu aql mashqlari orqali mustahkamlanadi.
1. Sigir buzoqdan...... (baland).
2. It otdan...... (past).
3. Achitib gapiruvchi shaxs...... (do`st).
4. O`zbekistonning poytaxti......(Toshkent).
Yangi mavzuni boshlashdan oldin ketma-ket kelgan undoshlar haqida tushuncha hosil qilinib, izohlanadi.
-
Javoblar “to`qqiz”, “o`n yetti”, “o`n to`qqiz” deb, daftarlarga yoziladi.
Diktantlar to`plamidan kichik lug`at diktant yozdiriladi. Namunali yozgan o`quvchi rag`batlantiriladi. Mavzu asosida test topshiriqlari bajariladi.
1. Ketma-ket kelgan bir xil undoshlar qatorini belgilang.
a) katta, hissa, kakku; b) baland, past, uzoq; d) makka, pichoq, ruchka.
2. Bir xil undoshli sonlar qatorini toping.
a) 5, 3, 6, 10; b) 7, 9, 2, 8; d) 12, 3, 1, 2.
141-mashq bajariladi. O`quvchilar aralash berilgan so`zlarni yozuv taxtasidagi gul tasviriga tartib bilan yozadi.
Ketma-ket kelgan bir xil undoshlar asosida mashq bajariladi. 139-mashq mustaqil ish sifatida beriladi. 140-mashq yozuv taxtasida bajarilib, daftarga chiroyli va xatosiz ko`chirtiriladi.
Ketma-ket kelgan bir xil undoshlar asosida aql mashqlari bajariladi. Savollar o`qiladi, o`quvchilar javob beradi.
1. Olti sonidan keyingi son ...... (yetti).
2. Garmdorining mazasi...... (achchiq).
3. Siz ukangizdan ....... (katta).
4. Qirq to`qqizdan keyingi son ..... (ellik).
5. Yozda kunning harorati...... (issiq).
O`qituvchi: Aziz bolajonlar. Inson dunyoga kelar ekan u Vatan va ona bag`rida voyaga yetadi. Shuning uchun onani sevgandek Vatanimizni ham sevamiz.
“Ona allasi” magnitofon orqali eshittiriladi.
Yangi mavzu savollar orqali mustahkamlanadi.
1. Ketma-ket kelgan bir xil undoshli so`zlarga misol keltiring.
2. “Oppoq” so`zi ishtirokida gap tuzing.
3. Ketma-ket kelgan bir xil undoshli so`zlar qatnashgan maqol ayting.
4. “Tanaffus” so`zida qaysi undosh tovush ketma-ket kelgan?
Mavzu asosida kichik boshqotirma bajariladi.
-
Gul
|
...ola
|
zor
|
Pa...
|
sha
|
mol
|
Ham
|
...a
|
na
|
Dars yakunida guruhlarning ishtirokiga izoh berilib, faol o`quvchilar rag`batlantiriladi.
Uyga vazifa: 142-mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |