124
4. YOg‘simon moddalarni mazasini niqoblash uchun:
Emulsiya hosil qilish, sharbatlar, xushbo‘y moddalar va shilimshiqlar
qo‘shish;
5. Antibiotiklarni nohush mazasini niqoblash uchun:
Agar-
agar, qand, malina sharbatlarining kakao va vanilin bilan aralashmasi qo‘llaniladi.
6.Vitaminlarni yoqimsiz ta’mini niqoblash uchun:
Agar-
agar sharbatining sitruslar bilan aralashmasi, qizilmiya ekstrakti, turg‘ulikni oshiru
vchi moddalar bilanaralashmasi qo‘llaniladi.
Dorining organoleptik xususiyatlarini korreksiyalashda shirinliklar, xushbo‘y
moddalardan tashqari buyoqlardanham foydalaniladi.
Rangni yaxshilovchi korrigentlar sifatida dori turlariga har hil, bolalarga yo
qimli, rang beruvchi moddalar qo‘shiladi.
Rang korrigentlari tabiati bo‘yicha 2- ta guruhga bo‘linadi:
1. Tabiiy moddalar: antotsianlar, xlorofill, karotinoidlar.
2. Sintetik moddalar: turli eruvchan laklar va pigmentlar.
Bolalar uchun yoqimli ranglar qizil, havorang, ko‘k, binafsha, pushti hisoblana
di.
Bolalarga mo‘ljallangan dorilarni tashqi ko‘rinishini, mazasini, hidini yaxshilas
h bilan birgalikda, yana birmuammoni echilishiga e’tibor berish lozim. Bu muam
mo- yosh bolalarni dorilar bilan zaharlanishini oldini olish.
SHuning uchun, bolalarga dorilarni yaratishda, ularning jihozlanishiga ham
e’tibor berilishi lozim. Buning uchun yosh bolalarga qiyin ochiladigan jihoz
bo‘lishi shart, masalan maxsus qopqoqli flakonlar, konstruksiyasi murakkab
bo‘lgan maxsus penallar, maxsus jihozlovchi lentalar.
Bolalarni zaharlanishdan oldini olishning yana bir yo‘li- bu dorilarni bir marta
ishlatiladigan, ya’ni bitta dozani saqlaydigan jihozlarda berish.
Masalan, polimer materiallardan yasalgan bitta dozali paketchalar (poroshoklar
, quruq suspenziyalar uchun).
Bolalarga mo‘ljallangan peroral dorilarni nomenklaturasi.
Bolalarga mo‘ljallangan, korrigirlangan dorilarni yaratishda akad. A.I.Tensova
ning ilmiy tadqiqotlari kattaahamiyatga ega. Olib borilgan tajribalar, biofarmatsevt
ik izlanishlar asosida A.I.Tensova tomonidan 19 bolalar uchunmo‘ljallangan dori t
urlari taklif etilgan ( natriy va kaliy bromidlar,
kalsiy
xlorid,
magniy
sulfat va boshq)
Oxirgi yillarda bolalar uchun qator korrigirlangan suyuq va qattiq dorilar ishla
b chiqariladi.Ularning asosiy qismi eritmalar, sharbatlar, suspenziyalar, granulalar,
tabletkalar, drajelardan iborat.
Eritmalar:
-Piperazin adipinat 5% eritmasi.
Tarkibida piperazin adipinat, limon kislotasi, kand sharbati, natriy benzoat
va suvdan iborat;
125
- Natriy bromid 1%, 2%, 3% eritmalari;
- Kaliy bromid 1%, 2%, 3% eritmalari;
- Etamzilat 5% eritmasi;
- Eglonil 0,5% eritmasi.
SHarbatlar:
-Natriy oksibutirat 5% sharbati;
-Ensefabol, Salbutamol, Seduksen, Ibuprofen, "Vibramitsin", teofil-
lin sharbatlari.
Quruq suspenziyalar:
Do'stlaringiz bilan baham: