Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
– davomatni aniqlash;
– o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. Oldingi mavzuning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilganlik darajasi slayd yordamida aniqlanadi. O‘quvchilar slaydda berilgan topshiriqlarni og‘zaki bajaradilar. Slaydda quyidagi topshiriqlar beriladi:
Berilgan so‘zlar asosida o‘quvchilar gaplar tuzadilar. Namuna: juda, maktabimizni, gullar, sevamiz, binosi, hovlisida, katta, bor
“To‘g‘ri toping” o‘yini. O‘quvchilarga so‘zlar beriladi. O‘quvchilar to‘g‘ri yozilgan so‘zlarni topib daftarlariga yozadilar. Namuna: gullar, maktap, boramis, sevamiz, joylashkan, qaerda, joylashgan, sinif
Do'stlaringiz bilan baham: |