18. Suvning massa ulushiga oid.
1. Suvda eriydigan II valentli metall sulfat kristalogidratining 100 g miqdori 13,33% li 240 g o’yuvchi natriy eritmasida eritilganda metall gidroksidining rangli cho`kmasi hosil bo`ldi. Kristalogidratdagi “n” ning miqdori 5 ga teng bo`lsa, undagi suvning massa ulushini (%) da aniqlang. Dastlabki kristalogidrat va ishqor to`liq reaksiyaga kirishdi deb hisoblang.
A)24% B) 36% C)48% D)72%
2. Suvda eriydigan I valentli metall karbonat kristalogidratining 34,32 g miqdori 24% li 85,5 g bariy gidroksidda eritilganda yangi tuz cho`kmasi hosil bo`ldi. Kristalogidratda “n” ning miqdori 10 ga teng bo`lsa, undagi suvning massa ulushini (%) da toping. Dastlabki kristalogidrat va ishqor to`liq reaksiyaga kirishdi deb hisoblang.
A) 62,94% B) 31,94% C) 52,28% D) 79,2%
3. Suvda eriydigan II valentli metall sulfati kristalogidratining 38,92 g miqdori 224 g 7% li Kaliy gidroksid eritmasida eritilganda metall gidroksidining rangli cho`kmasi hosil bo`ladi. Kristalogidratdagi “n” ning miqdori 7 ga teng bo`lsa, undagi suvning massa ulushini (%) da toping. Dastlabki kristalogidrat va ishqor to`liq reaksiyaga kirishdi deb hisoblang.
A)50,75% B)40,46% C) 45,32%. D)31,25%
4. Suvda eriydigan III valentli metall nitrati kristalogidratining 52,5 g miqdori 14% 256,5 g Bariy gidroksidi eritmasida eritilganda metall gidroksidining cho`kmasi hosil bo`ldi. Kristalogidrat tarkibida “n” ning qiymati 9 ga teng bo`lsa, undagi suvning massa ulushini (%) da toping. Dastlabki kristalogidrat va ishqor to`liq reaksiyaga kirishdi deb hisoblang.
A)48,38% B)38,57% C)30,85% D) 43,2%.
5. Suvda eriydigan III valentli metall xlorid kristalogidratining 54,75 g miqdori 20% (p=1,25 g/ml) 340 ml kumush nitrat eritmasida eritilganda oq rangli cho`kmasi hosil bo`ldi. Kristalogidrat tarkibidagi “n” ning qiymati 6 ga teng bo`lsa, undagi suvning massa ulushini (%) da toping. Dastlabki kristalogidrat va ishqor to`liq reaksiyaga kirishdi deb hisoblang.
A)59,17% B) 49,31% C)30,85% D) 35,61%.
6. Suvda eriydigan I valentli metall sulfat kirstalogidratning 4,83 g miqdoriga yetarli miqdorda bariy gidroksid eritmasi qo`shilganda 3,495 g oq rangli cho`kmasi hosil bo`ldi. Kristalogidrat tarkibidagi “n” ning miqdori 10 ga teng bo`lsa, kristalogidratdagi suvning massa ulushini (%) da aniqlang. Dastlabki kristalogidrat va ishqor to`liq reaksiyaga kirishdi deb hisoblang.
A)55,9% B)33,67% C)44,1% D) 66,33%.
7. Suvda eriydigan I valentli metall karbonat kristalogidratning 40,04 g miqdori yetarli miqdorda bariy ishqori eritmasi ta`sir ettirilganda hosil bo`lgan cho`kma massasi dastlabki kristalogidrat miqdoridan 12,46 gramga kam bo`lgan kristalogidrat tarkibidagi “n” ning miqdori 10 ga teng bo`lsa, undagi suvning massa ulushini (%) da toping. Dastlabki kristalogidrat va ishqor to`liq reaksiyaga kirishdi deb hisoblang.
A)45,05% B)36,06% C)54,95% D) 63,94%
8. Suvda eriydigan II valentli metall sulfat kristalogidrat 8,34 g miqdoriga yetarli miqdorda ishqor eritmasi ta`sir ettirilganda hosil bo`lgan metall gidroksidning rangli cho`kmasi dastlabki kristalogidrat massasidan 5,64 gramga kam bo`lgan. Kristalogidrat tarkibida “n” ning miqdori 7 ga teng bo`lsa, undagi suvning massa ulushini (%) da toping. Dastlabki kristalogidrat va ishqor to`liq reaksiyaga kirishdi deb hisoblang.
A)54,68% B) 45,32% C)64,78% D) 54,14%
9. Suvda eriydigan III valentli metall nitrat kristalogidratining 11,25 g miqdoriga yetarli miqdorda ishqor eritmasi ta`sir ettirilganda metall gidroksidning cho`kma holida ajralishi kuzatilgan. Reaksiya natijasida esa natriyning 7,65 g tuzi olingan. Agar kristalogidrat tarkibida “n” miqdori 9 ga teng bo`lsa, undagi suvni massa ulushini aniqlang. Dastlabki kristalogidrat va ishqor to`liq reaksiyaga kirishdi deb hisoblang.
A) 43,2% B)22,5% C)32,4% D)54,5%
10. Suvda eriydigan III valentli metall xloridi kristalogidratining 32,15 g miqdoriga yetarli miqdorda soda kristallari tushirilganda oq rangli cho`kma tushishi kuzatilgan. Reaksiyada esa natriyning 17,55 g tuzi hosil bo`lgan. Agar kristalogidrat tarkibida “n” ning miqdori 6 ga teng bo`lsa, undagi suvni massa ulushini (%) da toping.
A)55,4% B)37,8% C)62,8% D) 49,31%
Do'stlaringiz bilan baham: |