13. Tuzning massasini aniqlashga oid.
1. 0,6 mol vodorod sulfid mo`l miqdorida kislorod ta`sir ettirilganda olingan gazning o`yuvchi natriy bilan reaksiyasida hosil bo`lgan nordon tuz massasi o`rta tuz massasidan 16,4 gramga ko`p bo`lsa, o`rta tuz massasi (g) toping.
A)25,2 B) 18,4 C) 12,6 D) 37,8
2. 20,16 litr metanga mo`l miqdorda kislorod ta`sir ettirilganda olingan gaz kaliy ishqoriga yuttirilganda olingan nordon tuz massasi o`rta tuz massasidan 18,6 g ko`p bo`lsa, hosil bo`lgan nordon tuzning massasini(g) toping.
A)40 B) 50 C) 60 D) 30
3. Mis (II) nitrat yuqori temperatura qizdirilishidan hosil bo`lgan qo’ng’ir rangli gaz, molyar hajmdan 0,7 marta katta bo’lib, bu gazni suvga yuttirilishidan hosil bo`lgan kislotalar farqi 5,6 gramga teng bo`lsa, hosil bo`lgan nitrit kislota massasini (g) toping.
A)22,05 B) 44,1 C) 16,45 D) 32,9
4. 28,8 g oltingugurt(IV) oksidi yetarli miqdorda vodorod sulfid bilan ta`sirlashishidan olingan qattiq modda o`yuvchi natriy eritmasidan o`tkazildi. Bunda kislorodsiz kislota tuzi massasi kislorodli kislota tuzidan 13,5 gramga ko`p bo`lsa, hosil bo’lgan kislorodli tuz massasini (g) toping.
A)46,8 B) 44,1 C) 27,3 D) 56,7
5. 750 ml 2,4 M li xlorid kislota eritmasiga yetarli miqdorda marganets (IV) oksid tushirilganda olingan gaz modda o`yuvchi kaliyning qaynoq eritmasiga yuttirilganda ikki xil kaliy tuzi hosil bo`ldi. Agar tuzlar bir-biridan 37,5 m.a.b. ga farq qilsa, hosil bo`lgan Bertole tuzi massasini (g) toping.
A)18,375 B) 11,1175 C) 16,7625 D) 12,25
6. 0,5 litr 1,4 N li kaliy bromid eritmasiga mol miqdorda xlor ta`sir ettirilishidan hosil bo`lgan oddiy modda suvda eritildi. Hosil bo`lgan eritmani to`liq rangsizlantirish uchun oltingugurt (IV) oksid ta`sir ettirilishi natijasida hosil bo`lgan kislotalar bir-biridan 22,4 gramga farq qilsa, olingan kislorodsiz kislota massasini (g) toping.
A)56,7 B)34,3 C)28,35 D)22,4
7. 62,72 litr (n.sh) fosfin mo`l miqdordagi kislorod bilan ta`sirlashganda hosil bo`lgan qattiq modda o`yuvchi natriy eritmasiga yuttirildi.Natijada gidro va digidro tuzlar aralashmasi hosil bo`ldi. Bunda ular orasidagi farq 30,8 g bo`lsa, hosil bo’lgan digidro tuzining massasini (g) toping.
A)198,8 B)168 C)192 D)277,2
8. Ma`lum miqdordagi oltingugurt (IV) oksidi 13,44 litr kislorod bilan ta`sirlashganda hosil bo`lgan gaz o`yuvchi kaliy eritmasidan o`tkazilganda nordon tuz massasi o`rta tuzning massasidan 39,2 gramga ko`p bo`lsa, nordon tuzning massasini (g) toping.
A)144 B)165,6 C)108,8 D)54,4
9. Hajmi 9,408 litr bo`lgan etilen va propan aralashmasida gazlarning hajmiy ulushlari o’zaro teng. Bu aralashma yondirildi. Hosil bo`lgan gaz mahsulot o`yuvchi natriy eritmasidan o`tkazilganda nordon tuz massasi o`rta tuz massasidan 21,7 gramga ko`p bo`lsa, olingan nordon tuz massasini (g) toping.
A)58,8 B)74,2 C)29,77 D) 37,1
10. Uglerod va vodorod atomlar soni o’zaro 1:2 nisbatda bo`lgan 8,96 litr botqoqlik gazi va asetilen aralashmasi yondirilganda hosil bo`lgan gaz o`yuvchi kaliy eritmasidan o`tkazildi. Bunda nordon tuz massasi o`rta tuz massasidan 12,4 g ko`p bo`lsa, olingan o`rta tuz massasini (g) toping.
A)20 B)13,8 C)27,6 D)10
Do'stlaringiz bilan baham: |