SO’Z BOSHI.
Ilm har sohada do’st,
hayot yo’llarida tayanch,
yolg’izlik damlarida yo’ldosh,
baxtiyor daqiqalarda rahbar,
qayg’uli onlarda madadkor,
odamlar orasida zebu-ziynat,
dushmanlarga qarshi kurashda
quroldir.
Ushbu “Testlar to’plami” 1310 ta murakkab va aralash tipdagi testlarni o’z ichiga oladi. Testlar to’plami o’quvchilarning iqtidoriga mos ravishda murakkablash-
tirilgan va testlar soni ko’paytirilgan. Ushbu qo’llanma 4 - testlar to’plami bo’lib, undan oliy o’quv yurtlariga kirish maqsadida hamda Tuman,Viloyat va Respublika bosqich olimpiadalariga tayyorgarlik ko’rishda asosiy omil bo’lib hizmat qiladi. Kitob asosan kimyoviy reaksiyalar asosida tuzilgan testlarni o’z ichiga oladi. Testlar to’plamidan foydalanadigan kitobxonlarga va abituriyentlarga omad yor bo’lsin.
Muallifdan.
1. Reaksiyalarning issiqlik effektlariga oid
1. B2O3 va H2O ning hosil bo`lish issiqliklari mos ravishda 1273,5 va 285,8 kJ/molga teng. B2H6 ning hosil bo`lish issiqligini (kJ/mol) toping. (44,8 litr (n.sh.) diboran gazi yonishidan 4071,2 kJ issiqlik ajraladi.)
A) -95,3 B) 285,9 C) -98,8 D) 95.3
2. Vodorod gazini ozonda yonishidan 333 kJ/mol issiqlik, kisloroddan yonishidan 286 kJ/mol issiqlik ajralsa, kisloroddan ozonning hosil bo`lish issiqligini (kJ/mol) toping.
A) -47 B) 94 C) -141 D) 47
3. 2C2H6 + 7O2 → 4CO2 + 6H2O reaksiyaning issiqlik effektini (kJ) aniqlang. H2O(g), CO2 va C2H6 larni hosil bo`lish issiqliklari mos ravishda 241,8; 393,5 va 89,7 kJ/molga teng.
A) 4268,1 B) 2134,05 C) 2845,4 D) 1422,7
4. CO2 va C2H4 larning hosil bo`lish issiqliklari mos ravishda 393,5 va -52,4 kJ/molga teng. H2O ning hosil bo`lish issiqligini (kJ/mol) toping. (56 g etilen gazi yonishidan 2646 kJ issiqlik ajraladi)
A) 258,8 B) 241.8 C) 269,1 D) 179,4
5. CO2 va H2O(g) ning hosil bo`lish issiqliklari mos ravishda 393,5 va 241.8 kJ/molga teng, C2H4 ning hosil bo`lishi issiqligini (kJ/mol) toping. (67,2 litr (n.sh) etilen gazi yonishidan 3969 kJ issiqlik ajraladi)
A) 179,4 B) 269,1 C) -104,8 D) -52,4
6. B2H6 va H2O(s) ni hosil bo`lish issiqliklari mos ravishda 95,3 va 285,8 kJ/molga teng. B2O3 ning hosil bo`lish issiqligini (kJ/mol) toping. (84 g diboran gazi yonishidan 6106,8 kJ issiqlik ajraladi.)
A) 1910,25 B) 1273,5 C) 2547 D) 3820,5
7. 62,4 g C2H2 yonishidan qancha (kJ) issiqlik ajraladi C2H2; CO2 va H2O(s) larning hosil bo`lish issiqliklari mos ravishda -226,7; +393,5 va 285,8 kJ.
A) 554,8 B) -554,8 C) 6237,6 D) 3118,8
8. 1 mol C2H2 yonishidan 1300 kJ issiqlik ajralsa shu moddaning hosil bo`lish issiqligini toping. CO2 va H2O ning hosil bo`lish issiqliklari mos ravishda 393 va 286 kJ/molga teng.
A) -228 B) 328 C) -282 D) 266
9. 2 mol C2H4 kislorodda yonishidan 2822 kJ issiqlik ajralsa, etilenning hosil bo`lish issiqligini toping. CO2 va H2O larning hosil bo`lish issiqliklari mos ravishda 393 va 286 kJ/molga teng.
A) -339 B) -531 C) 359 D) 531
10. 42,5 g NH3 yonishidan qancha issiqlik (kJ) ajraladi. NH3; NO va H2O(g) larning hosil bo`lish issiqliklari mos ravishda -45,9; 91,3 va -241,8 kJ/molga teng.
A) -563.75 B) 563.75 C) -902 D) -1085.6
Do'stlaringiz bilan baham: |