16. Eruvchi va erituvchi massasiga oid.
1. 0,25 g suvga necha (g) litiy gidrid qo`shilganda hosil bo`lgan eritmadagi erituvchi va eruvchining massalari teng bo`ladi.
A) 0,0476 B)0,0952 C)0,0714 D)0,05712
2. 0,15 kg suvga necha (g) litiy gidrid qo`shilganda hosil bo`lgan eritmadagi erituvchi va eruvchining massalari teng bo`ladi.
A)34,32 B)23,83 C)26,4 D)28,6
3. 250 g suvga necha (g) natriy gidrid qo`shilganda hosil bo`lgan eritmadagi erituvchi va eruvchining massalari teng bo`ladi.
A)124,14 B) 103,45 C)118,9675 D)136,554
4. 6 mol suvga necha (g) kalsiy gidrid qo`shilganda hosil bo`lgan eritmadagi erituvchi va eruvchining massalari teng bo`ladi.
A)47,136 B)42,14 C)46,62 D)41,24
5. 90,3*1023 atom tutgan suvga necha (g) natriy gidrid qo`shilganda hosil bo`lgan eritmadagi erituvchi va eruvchining massalari teng bo`ladi.
A)49,653 B) 37,24 C)34,27 D)31,0333
6. 75 g suvga necha (g) litiy gidrid qo`shilganda hosil bo`lgan eritmadagi erituvchi va eruvchining massalari teng bo`ladi.
A)20 B)12,84 C) 14,28 D)11.9
7. 9 mol suvga necha (g) natriy gidrid qo`shilganda hosil bo`lgan eritmadagi erituvchi va eruvchining massalari teng bo`ladi.
A) 67,03 B) 30,67 C) 60,37 D) 76,03
8. 180 g suvga necha (g) kalsiy gidrid qo`shilganda hosil bo`lgan eritmadagi erituvchi va eruvchining massalari teng bo`ladi.
A)57,275 B)80,185 C)22,91 D)68,73
9. 270 g suvga necha (g) kaliy gidrid qo`shilganda hosil bo`lgan eritmadagi erituvchi va eruvchining massalari teng bo`ladi.
A) 145,95 B)124,12 C)141,22 D)141,112
10. 160 g suvga necha (g) kaliy gidrid qo`shilganda hosil bo`lgan eritmadagi erituvchi va eruvchining massalari teng bo`ladi.
A)72,087 B)96,88 C) 86,5 D)98,61
17. Noma`lum gazni aniqlashga oid.
1. Karbonat angidrid va noma`lum gazdan iborat aralashmada uglerod (IV) oksidning massa ulushi 88% noma`lum gazning hajmiy ulushi esa 60% bo`lsa, noma`lum gazning molyar massasini (g/mol)da toping.
A)44g/mol B)28g/mol C)32g/mol D) 4g/mol
2. Geliy va noma`lum gazdan iborat aralashmada inert gazning massa ulushi 20,8% noma`lum gazning hajmiy ulushi 25,7% bo`lsa, noma`lum gazning molyar massasini (g/mol)da toping.
A)28g/mol B)34g/mol C)48g/mol D)44g/mol
3. Butan va noma`lum gazdan iborat aralashmada noma`lum gazning massa ulushi 42% ga teng. Aralashmadagi gazlarning hajmiy ulushlari o`zaro 1:1 nisbatda bo`lsa, noma`lum gazning molyar massasini (g/mol)da aniqlang.
A)44g/mol B) 42g/mol C)28g/mol D)17g/mol
4. Botqoqlik gazi va noma`lum gazdan iborat aralashmada gazlarning massa ulushlari
1 : 3,31 nisbatda. Noma`lum gazning hajmiy ulushi esa 52,46% ni tashkil etsa, noma`lum gazning molyar massasini (g/mol)da toping.
A) 48g/mol B)64g/mol C)71g/mol D) 2g/mol
5. Propan va noma`lum gazdan iborat aralashmada noma`lum gaz hajmi aralashma hajmini 66.67 % qismini tashkil qilganda, alkanning massa ulushi hajmiy ulushidan 1,32 marta katta bo`lsa, noma`lum gazning molyar massasini (g/mol) toping.
A) 28g/mol B)16g/mol C)26g/mol D)20g/mol
6. Kislorod va noma`lum gazdan iborat aralashmada noma`lum gazning massa ulushi hajmiy ulushiga teng bo`lganda, kislorodning massasi aralashma massasini 54,54% ni tashkil qiladi. Noma`lum gazning molyar massasini (g/mol) toping.
A)30g/mol B)4g/mol C) 32g/mol D)46g/mol
7. Oltingugurt (IV) oksidi va noma`lum gazdan iborat aralashmada noma`lum gazning massa ulushi oltingugurt (IV) oksidining massa ulushidan 9,4167 marta kichik bo`lsa, oltingugurt (IV) oksidining hajmiy ulushi 92,17% ga teng . Noma`lum gazning molyar massasini (g/mol) toping.
A)40g/mol B)80g/mol C)24g/mol D)26g/mol
8. Azot (III) oksidi va noma`lum gazdan iborat aralashmada noma`lum gazning massasi aralashma massasini 53,2% ni tashkil etganda azot (III) oksidining hajmiy ulushi 30.97% ni tashkil qilgan. Noma`lum gazning molyar massasini (g/mol) toping.
A)71g/mol B)38g/mol C)42g/mol D)30g/mol
9. Fosfin va noma`lum gazdan iborat aralashmada fosfinning massa ulushi 37.36%, noma`lum gazning hajmiy ulushi esa 60% bo`lsa, noma`lum gazning molyar massasini (g/mol)da toping.
A) 38g/mol B)46g/mol C)92g/mol D)48g/mol
10. Silan va noma`lum gazdan iborat aralashmada silanning hajmi aralashmaning 60,656% ni tashkil qilsa, noma`lum gazning massa ulushi hajmiy ulushidan 1,037 katta bo`lsa, noma`lum gazning molekular massasini (g/mol) aniqlang.
A)20g/mol B)30g/mol C) 34g/mol D)40g/mol
Do'stlaringiz bilan baham: |