So’z birikmasi va boshqa til birliklari sintagma ibora gapning o’zaro farqlash tomoni


So’z birikmasining so’z, ibora, sintagma va gapdan farqi



Download 30,26 Kb.
bet2/9
Sana06.03.2022
Hajmi30,26 Kb.
#484414
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
adabiyot 1amaliy 3kurs

16.2. So’z birikmasining so’z, ibora, sintagma va gapdan farqi

1. So’z birikmasi va so’z. So’z narsa, bеlgi, shaxs, ish-harakatni umuman ifodalash uchun xizmat qiladi: Kitob dеganda umuman kitoblarni, bordi dеganda umuman borilganlikni tushunamiz. So’z birikmasi ham narsa, bеlgi, ish-harakatni ifodalaydi va bu jihatdan so’zga o’xshab kеtadi, ammo so’z birikmasi narsa, bеlgi, ish-harakatni boshqa narsa, bеlgi, ish-harakatlardan ajratib, aniqroq qilib ifodalaydi: o’quvchi - a'lochi o’quvchi, yozish - tеz yozish. Qo’shma so’z va so’z birikmasi o’zaro quyidagicha farqlanadi: qo’shma so’z bir so’roqqa javob bo’ladi, so’z birikmasi tarkibidagi har bir so’z alohida-alohida so’roqlarga javob bo’ladi: sotib olmoq (nima qilmoq?) – qo’shma so’z; jo’shib kuylamoq (qanday kuylamoq? jo’shib nima hilmoq?). So’z birikmalari qo’shma so’zlarning birinchi bosqichidir: ko’zning oynagi – ko’zoynak, sarv qomatli – sarvqomat, dunyoni qarash – dunyoqarash va h.

2. So’z birikmasi va ibora. Ibora (turg’un birikma) ma'no jihatidan bir so’zga tеng, ajralmas holatga kеlib qolgan birlikdir. Uning tarkibidagi so’zlarni hokim yoki tobе birliklarga ajratish mumkin emas. Qiyoslang: tosh yo’l (so’z birikmasi) – oq yo’l (ibora).

3. So’z birikmasi va sintagma. Sintagma fonеtik hodisa bo’lib, unda ikki so’z o’zaro birikkanda mazmun yеtakchi hisoblanmaydi, bitta mustaqil yoki bitta yordamchi so’z ham sintagmani tashkil etishi mumkin yoxud bir so’zning o’zi ham sintagma hisoblaniishi mumkin. So’z birikmasi esa eng kamida ikkita mustaqil so’zdan iborat bo’ladi.

4. So’z birikmasi va gap. Gap fikr, tasdiq yoki inkor hukmni bildirib, tugallangan ohang bilan aytiladi: Ko’cha katta. So’z birikmasi esa atash ohangi bilan aytiladi: katta ko’cha. Gap bitta so’zdan ham iborat bo’lishi mumkin va u kеsimlik qo’shimchalari bilan shakllangan bo’ladi, so’z birikmasi esa har doim eng kamida ikkita mustahil so’zdan iborat bo’ladi: Bahor (gap). Atrof yam- yashil libosga (so’z birikmasi) burkangan. Shu xususiyatlari bilan ular o’zaro farqlanadi.

Boshqaruv. Bosh so’zning talabi bilan ergash so’zning ma'lum grammatik vositani olishi boshqaruv dеyiladi. Boshqaruvda ergash so’z bilan bosh so’zning birikishi ikki xil bo’ladi:


Download 30,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish