Gipotezani ilgari surish va tekshirish. Sotsiologik tadqiqotda gipoteza bu ijtimoiy ob’ektlar strukturasi, shu ob’ektni tashkil etgan elementlar va aloqalar xarakteri, ular faoliyati hamda rivojlanishining mexanizmi to’g’risida asosli ilmiy taxmindir.
Ilmiy gipoteza tadqiqot ob’ektini oldindan tahlil qilish natijasidagina shakllanadi.
Gipotezaning to’g’ri yoki noto’g’riligini belgilash jarayoni sotsiologik tadqiqot paytida uni tekshirish va empirik asoslash jarayoni hisoblanadi. Gipotezani bunday tekshirish natijasida nazariyalar yo tasdiqlanadi, yoki inkor qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |