Sotsiologiya



Download 172,55 Kb.
bet41/85
Sana11.09.2021
Hajmi172,55 Kb.
#171546
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85
Bog'liq
“Sotsiologiya”

Qadriyat vaziyati shuni ko’rsatadiki, shaxs uchun ma’lum bir natijaga erishish qanchalik qimmatli bo’lsa, u natijaga erishishga shunchalik ko’p intiladi.

To’yish – ochlik” vaziyati insonning o’tmishda qanchalik ko’p taqdirlansa, uning yana taqdirlanishi shunchalik kam qiymatga ega bo’lishini ko’rsatadi.

Agressiya va qo’llab-quvvatlash” vaziyatiga ko’ra inson o’zi kutgan mukofotni olmasa yoki jazolansa (kutilmaganda), u agressivligini namoyon qiladi, bunday xatti-harakat natijasi shu shaxs uchun qimmatlidir. Shunday qilib, ijtimoiy aloqa quyidagilar asosida o’rnatiladi va qo’llab-quvvatlanadi:


  1. agar ijtimoiy aloqa shaxsiy maqsadga muvofiqlikka mos bo’lsa va sarflangan harakat taqdirlanishdan ortiq bo’lmasa;

  2. o’zaro bitimga kelish mumkin bo’lsa hamda to’lov mezoni va ijtimoiy o’zaro ta’sir barcha ishtirokchilarining taqdirlanishi birligi ta’minlanganda. Tomonlardan birining manfaatlari tazyiq ostiga olinganda, u bu aloqalarni qaytadan ko’rib chiqishga intiladi, ularni yangidan tartibga solishga harakat qiladi, natijada nizolar uchun asos paydo bo’ladi.

Ushbu vaziyatlar kishilarning o’zaro ta’siri o’zaro foydali va simmetrik bo’lgandagi xatti-harakatini tushuntirish uchun qo’l keladi, lekin bu nazariya orqali hokimiyat, zo’rlik, ijtimoiy tengsizlikni tushuntirish qiyin.

Nosimmetrik munosabatlarni tushuntirish uchun Xomans eng kam manfaat tamoyilini ilgari suradi. Unga ko’ra, eng kam manfaatdor bo’lgan shaxs vaziyatning boshqa ishtirokchilariga almashuv (aloqa) shartlarini bajarishga majburlashi mumkin.

Natijada hukmronlik vujudga keladi. Chunki bir kishi aloqada boshqalarni ko’proq taqdirlash imkoniga ega. Xomans bunday munosabatlarni aloqaning nosimmetrik ko’rinishi deydi.

Nizolar – ijtimoiy faoliyatning keng tarqalgan shaklidir. Nizolar asosida odamlarning bir-biri bilan kelisha olmasligi, ziddiyatlar, shuningdek, talab, manfaat, maqsadlari turlicha bo’lgan kurashuvchi tomonlarning mavjudligi yotadi. Bunda bir tomonning maqsadlari boshqalarning o’z maqsadiga erishishiga xalaqit beradi, ya’ni raqobat nizoli vaziyatning tarkibiy qismini tashkil qiladi.

Nizolarni keltirib chiqaruvchi kuchlar – bu alohida shaxs emas, balki ko’pchilikni o’ziga birlashtirgan ijtimoiy guruhlardir. Hokimiyatni amalga oshirish bilan bog’liq ijtimoiy guruhlarning manfaatlari o’rtasidagi anglashilmovchiliklar shu ma’noda siyosiy tusga ega bo’lishi ham mumkin. Bu kabi yirik guruhlar birlamchi (bevosita ishtirokchilari), ikkilamchi (keyinchalik aralashuvi) va uchlamchi (ularni bartaraf etish tarafdorlari) bo’lishlari mumkin. Ijtimoiy nizolar yuzaga chiqishidan oldin ko’pincha yashirin tarzda kechadigan nizo vaziyati bo’lib, u birorbir tashqi voqea, ta’sir orqali ochiq tusga kirishi mumkin. Ko’pincha qonunning buzilishi shu narsaga sabab bo’ladi.

Umuman olganda, ijtimoiy nizolar turli shakllarda kechadi. Masalan, manfaatlar nizolari jamiyatdagi mavjud milliy daromadni taqsimlash, soliqning hajmi, ijtimoiy ta’minot kabi muammolar yuzasidan kelib chiqadi. Qadriyatlar nizolari esa, jamiyatning turli tabaqalari o’rtasida, ba’zan avlodlar o’rtasida kelib chiqadigan ko’ngilsizliklardir. O’z-o’zini belgilash nizolari shaxs o’zini yashab turgan jamiyati va davlati bilan emas, balki biror-bir alohida, ajrim holdagi (etnik, diniy va h.k.) bilan ko’proq tarzda mujassamlashtirishidan kelib chiqishi mumkin. Masalan, mamlakatimizda faoliyati oshkor bo’lib qolgan ba’zi bir diniy ekstremistik to’da a’zolari o’zlarini O’zbekiston davlati, o’zbek jamiyati bilan emas, qandaydir “xalifalik”, “amirlik” bilan mujassamlashtirib yurishgan ekan. El-yurt qadrini bilmagan bunday kimsalar endi sharmisor bo’lib, tavba-tazarru qilishmoqda. Lekin adashib xavfli yo’llarga kirib qolgan kimsalar ham borki, ularni, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, to’g’ri yo’lga qaytarish bugun har birimizning ishimizdir.

Siyosiy nizolar boshqalaridan shunisi bilan farq qiladiki, ular ayrim olingan guruhlar, toifalar o’rtasidagi emas, balki siyosiy hokimiyat sub’ektlari o’rtasida vujudga keluvchi anglashilmovchiliklardir. Ular aslida siyosiy munosabatlarning shunday holatiki, bunda turli tomonlar va kuchlar hokimiyat uchun nokonstitutsiyaviy asosda kurash olib boradilar. Shu o’rinda demokratiya me’yorlari siyosiy nizolarning oldini olishda katta ahamiyatga ega.

Nizolar quyidagi turlarga bo’linadi: kognitiv nizo (kishilarning nuqtai nazari kurashi) shaxslararo, shaxslar va guruhlararo, so’ngra guruhlararo va ijtimoiy nizo (turli ijtimoiy hamjamiyatlar–sinflar, millatlar, davlatlar, ijtimoiy institutlar to’qnashuvi)ga o’sib o’tishi mumkin.

Nizolar realistik va norealistik bo’lishi mumkin. Realistik nizolar konkret natijalarga erishishga qaratilgan bo’lib, ular ishtirokchilarning ba’zi bir noto’g’ri talablari yoki muayyan imtiyozlarning nohaq taqsimlanishi va resurslarning cheklanishi (hokimiyat, boylik, hudud) bilan vujudga keladi.




Download 172,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish