Ijtimoiy aloqa – odamlarning ijtimoiy ta’siri orqali amalga oshiriladigan bog’liqligi bo’lib, u odamning boshqalardan xuddi shunday munosabatni kutishiga asoslanadi. Ijtimoiy aloqa quyidagilarni o’z ichiga oladi:
aloqa sub’ektlari (ikkita yoki minglab bo’lishi mumkin);
aloqa predmeti (nima sababdan aloqa amalga oshirilyapti);
o’zaro munosabatlarni tartibga solish mexanizmi.
Ijtimoiy aloqa quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
ijtimoiy kontakt (odamlar orasidagi aloqa yuzaki, tez o’tib ketadigan,
ob’ektni boshqasi bilan almashtirish mumkin);
ijtimoiy o’zaro ta’sir (kishilarning bir-biriga qaratilgan doimiy, muntazam ijtimoiy ta’siri bo’lib, bunda bir tomon ikkinchisidan javob reaktsiyasini kutadi). Ijtimoiy o’zaro ta’sir ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy institutlar, ijtimoiy umumiylik ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |