Kodlar aralashuvi (bir kod tasarrufidan ikkinchi kod tasarrufiga otish) nutqiy muloqot chogida sozlovchiningkommunikatsiya sharoitidan kelib chiqqan holda, bir tildan (bir til variantidan, dialektdan, uslubdan) boshqa bir til korinishiga otishi.
KODLASH (encode) nutqni yaratish.
KOMMUNIKATIV SHAXS real kommunikatsiyada real harakat qiladigan aniq kommunikativ aktning aniq ishtirokchisidir.
KOORDINATIV (SOF) BILINGVIZM – ikki til mutlaqo avtonom bolib, har biri ozining tushunchalar majmuyiga mos keladi, ikki tilning grammatik kategoriyalari ham mustaqil boladi.
Koordinativ (sof) bilingvizmikki til mutlaqo muxtor bolib, har biri ozining tushunchalar majmuyiga mos keladi, ikki tilning grammatik kategoriyalari ham mustaqil boladi.
Koyne aholi turli guruhlarining ijtimoiy va lisoniy aloqalari jarayonida shakllangan dialektlararo ogzaki muloqot vositasi.
LAKUNA (lot. lacuna boshliq, chuqurlik, chonqir joy; frans. lacune boshliq, bosh joy) biron xalqning maishiy, madaniy, ijtimoiy va tarixiy hayoti uchun xarakterli va boshqa xalq uchun begona bolgan, boshqa tilda aniq muqobili bolmagan soz va soz birikmalari. Lakunalar qiyoslanayotgan tillarda oxshashi bolmagan sozlar bolib, ular, asosan, tillarning qiyosida seziladi.
LINGVISTIK SHOK ona tili uchun kulgili, galati va odobdan tashqari hisoblangan lisoniy birliklar qollanilgan xorijiy nutqni eshitgan insonning hayratlanish, kulish yoki xijolat bo‘lish holati. Masalan, turk tilida düşmek “yiqilmoq”ni, o‘zbek tilida tushmoq “yuqoridan, balandlikdan pastga tomon yo‘nalmoq; biron transportdan tushmoq va h.k.” yoki zor “juda qiyin”, zo‘r “juda yaxshi” ma’nolarni ifodalaydi. Koreys tilida oppa akani, ozbek tilida bunga qarama-qarshi manodagi sozni anglatadi. Tillararo bunday omonimiya hodisasi tarjimonning aldoqchi dostlari muammosi sifatida tasvirlanadi.
LISONIY FAOLLIK (linguistic performance) tushunchasi ham N.Xomskiy tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. N.Xomskiy lisoniy faollikni psixologiya sohasiga aloqador qildi va uni til egasi tomonidan yaratiladigan ifodalar sifatida izohladi. N. Xomskiy lisoniy faollikni aniq sharoitlarda tilning kundalik qollanishi, - deb tushuntiradi. Lisoniy faollik nutqiy faoliyatda lisoniy qobiliyatni amalga oshirishda yuz beradigan jarayondir. Yani lisoniy faollik ona tilini ozlashtirgan kishi egallagan til bilimlarini amalda qollay olishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |