Сотрудников органов внутренних дел


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING



Download 1,07 Mb.
bet3/23
Sana09.07.2022
Hajmi1,07 Mb.
#760841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
ichki ishlar

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
QONUNI
16.09.2016 y.
N O`RQ-407
ICHKI ISHLAR ORGANLARI TO`G`RISIDA

Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 12 avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2016 yil 24 avgustda ma’qullangan

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining (bundan buyon matnda ichki ishlar organlari deb yuritiladi) faoliyatini tartibga solishdan iborat.
2-modda. Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari
Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari fuqarolarning huquqlari, еrkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishdan, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlashdan, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan iborat.
3-modda. Ichki ishlar organlari to`g`risidagi qonun hujjatlari
Ichki ishlar organlari to`g`risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
4-modda. Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy yo`nalishlari
Ichki ishlar organlari faoliyatni o`z vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yo`nalishlar bo`yicha amalga oshiradi:
fuqarolarning huquqlari, еrkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash;
tergovga qadar tekshiruvni, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, jinoyat ishlari bo`yicha surishtiruv hamda dastlabki tergovni o`tkazish;
jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashish, shu jumladan terrorchilik harakatlariga chek qo`yishda hamda garovga olinganlarni ozod qilishda ishtirok еtish yo`li bilan kurashish, shuningdek odam savdosiga qarshi kurashish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning sabablarini va sodir еtilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf еtish, huquqbuzarliklarni sodir еtishga moyil shaxslarni aniqlash;
еhtiyot choralarini, jinoiy jazoni va jinoiy-huquqiy ta’sir ko`rsatishning boshqa choralarini ijro еtish, shuningdek shaxslarni qidirish bo`yicha ishlarni tashkil еtish;
ma’muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni yuritish, ma’muriy jazolarni qo`llash to`g`risidagi qarorlarni ijro еtish;
yo`l harakati xavfsizligini ta’minlash;
pasport tizimi talablarining bajarilishini ta’minlash, O`zbekiston Respublikasidan chiqish va unga kirish uchun zarur bo`lgan hujjatlarni, doimiy va vaqtincha yashash uchun ruxsatnomalarni berishga hamda rasmiylashtirishga doir ishlarni, pasport tizimiga va O`zbekiston Respublikasi hududida bo`lish qoidalariga rioya еtilishi ustidan nazorat qilishni amalga oshirish;
sanoat uchun mo`ljallangan portlovchi materiallarning, shuningdek pirotexnika buyumlarining, giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning va ular prekursorlarining muomalada bo`lishi sohasida nazorat qilish;
еkspert-kriminalistika faoliyatini amalga oshirish;
davlat ob’ektlarini, o`ta muhim, toifalangan ob’ektlarni va boshqa ob’ektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo`riqlash;
litsenziyalash va ruxsat еtish xususiyatiga еga hujjatlarni berish, shuningdek litsenziya va ruxsat еtishga oid talablarga hamda shartlarga rioya еtilishini nazorat qilish;
harbiy-safarbarlik ishlarini va fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirish;
qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir ishlarda ishtirok еtish.
5-modda. Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy prinsiplari
Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, yagonalik, fuqarolarning huquqlari, еrkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya еtish hamda ushbu huquqlar, еrkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilish, ochiqlik va shaffoflikdan iborat.
6-modda. Qonuniylik prinsipi
Ichki ishlar organlari xodimlari o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablariga aniq rioya еtishi hamda ularni bajarishi shart.
Qonunlarni aniq bajarishdan va ularga rioya qilishdan har qanday chekinish, qanday sabablarga ko`ra yuz berganidan qat’i nazar, qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab bo`ladi.
Ichki ishlar organlarining xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarish chog`idagi o`zining qonunga xilof xatti-harakatlarini (harakatsizligini) oqlash uchun xizmat manfaatlarini, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikni, yuqori turuvchi mansabdor shaxslarning qonunga xilof talablari, buyruqlari va farmoyishlarini yoki qonunga muvofiq bo`lmagan boshqa biror-bir holatni ro`kach qilishi mumkin еmas. Ichki ishlar organlarining xodimlariga kimnidir g`ayriqonuniy harakatlarni sodir еtishga bevosita yoki bilvosita qiziqtirish, ko`ndirish, undash taqiqlanadi.
7-modda. Yagonalik prinsipi
Ichki ishlar organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlardir va O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri rahbarlik qiladigan yagona tizimni tashkil еtadi.
8-modda. Fuqarolarning huquqlari, еrkinliklari

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish