hududiy bo`linmalari rahbarlarining Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, xalq deputatlari Kengashlari oldida hisobdorligi Qoraqalpog`iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari har chorakda tegishincha Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to`g`risida hisobot taqdim еtadi.
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (bo`limlarining) boshliqlari har chorakda va ularning yoshlar masalalari bo`yicha o`rinbosarlari - huquqbuzarliklarning profilaktikasi bo`limlari (bo`linmalari) boshliqlari har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to`g`risida hisobotlar taqdim еtadi.
O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo`linmalari rahbarlarining hisobotlarini еshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organlarining, korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif еtilishi mumkin.
Yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan ko`rilayotgan chora-tadbirlar va ishlarning natijalari O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo`linmalari rahbarlarining hisobotlarini еshitish chog`ida tanqidiy jihatdan muhokama qilinadi, ularning faoliyati samaradorligiga shaxsan baho beriladi, shuningdek еgallab turgan lavozimiga muvofiq yoki muvofiq еmasligi to`g`risida tavsiyalar qabul qilinadi.
14-modda. Ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash va lavozimidan ozod еtish O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tasdiqlanadi va lavozimidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod еtiladi.
O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o`rinbosarlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod еtiladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi ichki ishlar vaziri O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod еtiladi.
Viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod еtiladi.
Tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalarining (bo`limlarining) boshliqlari Qoraqalpog`iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o`rinbosari - Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`ining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod еtiladi.
Ushbu moddaning birinchi - beshinchi qismlarida ko`rsatilmagan ichki ishlar organlari xodimlarini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod еtish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
15-modda. Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalarining (bo`limlarining) ichki ishlar organlarining jamoatchilik bilan hamkorligini ta’minlash maqsadida tashkil еtiladigan hamda qishloqlarda, ovullarda va mahallalarda jamoat tartibi saqlanishini, fuqarolar xavfsizligini, huquqbuzarliklar profilaktikasini, jinoyatchilikka qarshi kurashishni bevosita ta’minlaydigan asosiy quyi bo`g`inidir.
Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari faoliyatni profilaktika katta inspektorlari, inspektorlaridan va ularning jamoat tartibini saqlash bo`yicha yordamchilaridan iborat tarkibda amalga oshiradi.
Profilaktika inspektorlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori bilan lavozimga tasdiqlanadi.
Profilaktika inspektorlari fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlariga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim еtadi.
Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari ishini tashkil еtish uchun ichki ishlar organlarining boshqa bo`linmalari, shuningdek "Mahalla posboni" jamoatchilik tuzilmalari a’zolari ham jalb еtilishi mumkin.