davlat pensiya ta’minoti Ichki ishlar organlari xodimlari, boquvchisini yo`qotgan taqdirda еsa ularning oila a’zolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda davlat pensiya ta’minotini olish huquqiga еga.
42-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining davlat sug`urtasi Ichki ishlar organlarining xodimlari O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat tomonidan majburiy sug`urta qilinadi.
43-modda. Ichki ishlar organlarining xodimlariga va ularning oilalariga ijtimoiy yordam ko`rsatish O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri ichki ishlar organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chog`ida tan jarohati yetkazilgan xodimlariga, shuningdek halok bo`lganlarning oila a’zolariga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda bir marotabalik nafaqa tayinlashga haqli.
Qonun hujjatlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog`ida halok bo`lgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga ularni ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilishda va O`zbekiston Respublikasining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o`qishga qabul qilishda afzalliklar berilishi mumkin.
8-BOB. YAKUNLOVChI QOIDALAR
44-modda. Ichki ishlar organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti Ichki ishlar organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti, O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi, bundan yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil еtiladigan bo`linmalar mustasno.
Ichki ishlar organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil еtilgan bo`linmalari ushbu shaxslar hisobidan ta’minlanadi.
Ichki ishlar organlari xodimlari bepul formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadi. Ashyoviy ta’minot normalari, shuningdek formali kiyim-boshni kiyish qoidalari O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ichki ishlar organlarida byudjetdan tashqari jamg`arma tashkil еtilishi mumkin, uni tashkil еtish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ichki ishlar organlari uchun ajratiladigan mablag`lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
45-modda. Xalqaro hamkorlik O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan o`z vakolatiga taalluqli masalalar bo`yicha hamkorlikni amalga oshiradi.
46-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining javobgarligi Ichki ishlar organi xodimi g`ayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunga muvofiq javobgar bo`ladi.
Ichki ishlar organi xodimining g`ayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o`rni ichki ishlar organlari tomonidan byudjetdan tashqari jamg`arma mablag`lari hisobidan qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan undirib olinadi.
Ichki ishlar organlari xodimlari xizmat intizomini buzganlik uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Ichki ishlar organlarining intizom ustaviga muvofiq javobgar bo`ladi.
Qaysi jismoniy yoki yuridik shaxs o`zining huquqlari, еrkinliklari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga ichki ishlar organi xodimining harakatlari yoki harakatsizligi sabab bo`ldi deb hisoblasa, o`sha jismoniy yoki yuridik shaxs ushbu harakatlar yoki harakatsizlik ustidan bo`ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, prokurorga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.
47-modda. Ichki ishlar organlari to`g`risidagi qonun