Sotish hajmiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili



Download 62,46 Kb.
bet2/5
Sana01.04.2023
Hajmi62,46 Kb.
#923979
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sotish hajmiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili

Umumiy ko‘rsatkichlar turi va mo‘ljallanganligidan qat’iy nazar barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifatini masalan, quyidagilarning ulushini tavsiflaydi:
– umumiy ishlab chiqarishda yangi mahsulotlar ulushi;
– sertifikatlangan va sertifikatlanmagan mahsulotlar ulushi;
– xalqaro standartlarga javob beruvchi mahsulotlar ulushi;
eksport qilinayotgan, jumladan yuksak rivojlangan sanoat
mamlakatlariga jo‘natilayotgan mahsulotlar va boshqalar.
Mahsulot sifatining individual (yagona) ko‘rsatkichlari uning
xossalaridan birini tavsiflaydi:
– foydalilik (sut yog‘liligi, ko‘mirning yonuvchanligi, rudada temir
miqdori, oziq-ovqat mahsulotlarida oqsil miqdori va boshqalar);
– ishonchlilik (chidamlilik, ishda buzilmasligi);
– konstruktorlik va texnologik qarorlar samaradorligini aks etti-
ruvchi texnologiklik (mehnat sig‘imi, energiya sig‘imi va hokazo);
– mahsulotlar estetikligi.
Bilvosita ko‘rsatkichlar – bular sifatsiz mahsulotlar uchun jari-
malar, yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlarning hajmi va ulushi, rekla-ma qilingan mahsulotlar ulushi, yaroqsizga chiqarishdan yo‘qotishlar va boshqalar.
Mahsulot sifatini tahlil qilish asosida quyidagi vazifalar hal qili-
nadi:
– mahsulotlarning texnik darajasi baholanadi;
– bazaviy va nazariy mumkin bo‘lgan darajaga nisbatan alohida
mahsulotlar bo‘yicha ushbu darajaning og‘ishi aniqlanadi;
– tayyorlash va yetkazib berish sifatini tavsiflovchi parametrlar
bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish tarkibi tahlil qilinadi;
– mahsulotlar texnik darajasini sekinlashtiruvchi omillar aniqla-
nadi;
mahsulot sifatini oshirish, yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarish va yo‘qotishlarni qisqartirish imkoniyatlari asoslanadi.
Mahsulot sifatini tahlil qilish uchun foydalaniladigan axborot tahlil qilinayotgan obyektning deyarli barcha jihatlarini qamrab oladi (konstruksiyalar haqida ma’lumotlar, mehnat vositalari va predmet-larida qo‘llaniladigan texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish va sotish natijalari, reklama haqida ma’lumotlar va boshqalar)
Axborot manbalari sifatida sinov hujjatlari, fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarning laboratoriya nazorati ma’lumotlari, texnik nazorat bo‘limi (TNB) ma’lumotlari va boshqalar xizmat qiladi.
Mahsulot sifati bo‘yicha rejaning bajarilishini umumlashtirma baholash uchun turli usullar, jumladan ball usuli qo‘llaniladi. Baholash-ning ball usuli mohiyati shundan iboratki, mahsulot sifatining o‘rtacha tortilgan bali aniqlanadi hamda uning haqiqatdagi va rejadagi darajasini taqqoslash yo‘li bilan sifat bo‘yicha reja bajarilishining foizi topiladi.
Sifat nav bilan tavsiflanadigan mahsulotlar bo‘yicha har bir nav-ning umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi, o‘rtacha navlilik koeffit-siyenti, taqqoslama shartlarda mahsulotning o‘rtacha tortilgan narxi hisoblanadi. Birinchi ko‘rsatkich bo‘yicha reja bajarilishini baholashda mahsulotning umumiy hajmida har bir navning haqiqatdagi ulushi rejadagi bilan, sifat dinamikasini o‘rganish uchun esa – o‘tgan davrlar ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. O‘rtacha navlilik koeffitsiyenti barcha navdagi mahsulotlar qiymatining yuqori nav bahosi bo‘yicha qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.
3.10-jadvaldan ko‘rinadiki, mahsulot ishlab chiqarish rejasi 98,8 % bajarilgan, yuqori navli mahsulot ishlab chiqarish 104,9 % , birinchi navli – 90,9 %. Biroq bu navlilik bo‘yicha reja bajarilganligini tavsif-lamaydi. O‘rtacha navlilikning rejadagi va haqiqatdagi koeffitsiyent-larini, shuningdek, mahsulot birligining o‘rtacha sotilgan bahosini aniqlash talab qilinadi.
Nav belgilangan mahsulotlarning barcha turlari bo‘yicha shunga o‘xshash hisoblash bajariladi, natijalar umumlashtiriladi.
Mahsulot sifatini oshirishning muhim shartlaridan biri detallar, yarimfabrikatlar va tayyor mahsulotlar yaroqsiz bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi. Yaroqsizga chiqarishdan yo‘qotish odatda mahsulot tannarxi tahlili jarayonida tadqiq qilinadi.



Download 62,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish