IV.TO‘LOV TARTIBI
7. Tarbiyalanuvchining DMTTda bo‘lgan davri uchun bir oylik to‘lovi ____________________________so‘m.
Agarda qonuniy vakilning bir nafar bolalari DMTT ga qatnashgan taqdirda to‘lovlar ________________________co‘mni tashkil etadi.
Bunda: bir oilada bir nafardan ortiq bolalar turli DMTTlarga qatnasa, qonuniy vakil tegishli ravishda bir DMTT dan boshqasiga farzandlarining boshqa DMTTga qatnashi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani xamda oila a’zolari xaqidagi fuqorolarning o‘zini-o‘zi boshqarish orgnlarining ma’lumotnomasini taqdim etishlari lozim.
8. DMTTdagi tarbiyalanuvchi uchun ota-ona to‘lovi miqdori qonun hujjatlariga muvofiq o‘zgargan taqdirda bu xaqida DMTT ma’muriyati tomonidan qonuniy vakilga ma’lum qilinadi xamda shartnomaga qo‘shimcha kelishuv tuziladi.
9. DMTTdagi tarbiyalanuvchi uchun ota-ona to‘lovi xar oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan to‘lanadi. Oyning 15-sanasidan kegin kelgan bolalarni saqlash uchun to‘lovlar esa bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida to‘lanadi. Bunda to‘lovlar bolaning shu oyda DMTTga qatnaydigan kunlarga mutonosib ravishda to‘lanadi.
10. Bolaning yoki oila a’zolarining kassaligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli, shuningdek qonuniy vakil ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola DMTTga ketma-ket
3 kundan ortiq kelmagan davri uchun to‘langan to‘lovlar keyingi to‘lovlarni amalga oshirishda xisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlar soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytirilib, keyingi to‘lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to‘lov xali amalga oshirilmagan bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to‘lov summasiga kamaytiriladi.
Bolaning yoki uning oila a’zolarining kassaligi, karantin xolatida bo‘lganligi tufayli bolaning DMTTga kelmaganligi tegishli davolanish profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
Tarbiyalanuvchi DMTTga kelmasligi qonuniy vakilning uzrli sababi ko‘rsatilgan xolda DMTT rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi tarbiyalanuvchining joyi to‘lovsiz saqlanib turishiga asos bo‘lib hisoblanadi. Bunda bolaning bir yilda ko‘pi bilan 60 kundan ortiq bo‘lmagan muddatgacha DMTTga kelmasligiga ruxsat beriladi.
Bolaning unda qolgan boshqa barcha xolatlarda qonuniy vakil tomonidan to‘lovlar umumiy asoslarda to‘lanadi.
11. Ota-ona to‘lovi ikki xafta davomida o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun oyning 15 kunidan boshlab qonuniy vakil DMTTga o‘tkazib yuborilgan xar bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasini 0,4 % miqdorida, ammo kechiktirilgan to‘lov summasining 50 % dan ortiq bo‘lmagan miqdorida foiz to‘laydi.
Tarbiyalanuvchi uchun ikki oy mobaynida uzrli sabablarsiz ota-ona to‘lovi to‘lanmagan taqdirda, shartnoma bekor qilinib, tarbiyalanuvchi DMTTdan chetlashtiriladi.
12. Qarzdorlik kelib chiqqan kundan boshlab 60 kalendar kuni mobaynida tarbiyalanuvchining DMTTda saqlash uchun mavjud bo‘lgan qarzdorlik qoplanganda, tarbiyalanuvchi ushbu DMTTga tiklanadi. Ko‘rsatilgan mudddat o‘tib ketgan xollarda, DMTTga bolani qabul qilish umumiy asoslarga ko‘ra amalga oshriladi.
Tarbiyalanuvchinig DMTTga qatnashi vaqtincha yoki butunlay to‘xtatilishi to‘g‘risida qonuniy vakilning yozma arizasi bo‘lmagan xollarda ota-ona to‘lovi to‘liq oy uchun xisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi.
O‘tgan oy ota-ona to‘lovining qolgan qismi to‘langandan so‘ng tarbiyalanuvchining DMTTga qatnashiga yo‘l qo‘yiladi.
Qonuniy vakilning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning DMTTga qatnashi butunlay to‘xtatilgan taqdirda, to‘lov to‘liq bo‘lmagan oy uchun, ya’ni tarbiyalanuvchi amalda DMTTga qatnagan kunlar uchun to‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |