III. Qonuniy vakilning huquqlari va majburiyatlari
5. Qonuniy vakil quyidagi huquqlaraga ega:
tarbiyalanuvchining huquq va qonuniy manfatlarini himoya qilish;
DMTTning ustavi bilan tanishish;
DMTTning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, ko‘riklar, ko‘ngilochar soatlar, mashg‘ulotlar va x.k), mavsumiy cheklov (karantin) va havfsizlik choralari kuchaytirilgan davrdan tashqari;
DMTT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
DMTT Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash va uning a’zosi bo‘lib saylanish;
DMTTda tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya berish uchun zarur sharoitlar yaratilishini va uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, bolaga sifatli ta’lim-tarbiya berishni talab qilish;
o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda sababi ko‘rsatilgan holda yozma bildirgi asosida tarbiyalanuvchini DMTTdan olib ketish;
DMTT rahbariyatini 7 kun oldin habardor qilgan holda shartnomani muddatidan avval bir taraflama bekor qilish;
qonuniy vakil qonun hujjatlariga muvofiq boshqa xuquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin;
6. Qonuniy vakilning majburiyatlari:
mazkur shartnoma talablariga qat’iy rioya qilish;
ota-ona to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirish;
xodimlar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelganda tarbiyalanuvchilar ishtirokisiz zudlik bilan DMTT rahbariyati va Kuzatuv kengashi bilan muammoni hal qilish;
DMTTga joylashtirish uchun tarbiyalanuvchining sog‘lig‘i xaqidagi tibbiy hulosa va qonuniy vakil xaqidagi ma’lumotlarni (telefon raqamlari, yashash va ish joyi xaqida ma’lumotnomalar) taqdim etish;
tarbiyalanuvchi betob bo‘lganda, zudlik bilan DMTT ma’muriyati va tibbiyot xodimiga xabar berish va tarbiyalanuvchi sog‘ayganidan so‘ng tibbiy ma’lumotnomani taqdim etish;
tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash uchun ota-onalar to‘lovi amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatni DMTTga taqdim etish;
tarbiyalanuvchi DMTTga vaqtincha kelmagan kunlari uchun DMTT rahbariyatiga ariza taqdim etish;
DMTTning barcha xodimlariga, boshqa tarbiyalanuvchilar va ularning qonuniy vakillariga nisbatan xurmat bilan munosabatda bo‘lish;
tarbiyalanuvchining to‘laqonli ovqatlanishini kuzatib borish, uni DMTTga toza va ozoda kiyingan holda olib kelish;
tarbiyalanuvchining tug‘ilgan kuni va boshqa tadbirlarini nishonlash uchun oziq-ovqat maxsulotlari va pishiriqlarni DMTTga olib kirilmaslik;
DMTT ga tarbiyalanuvchini xar qanday qimmatbaxo taqinchoqlar, uyali aloqa vositalari va boshqa texnika vositalari bilan olib kelmaslik, ushbu hollarda DMTT ma’muriyati ularning saqlanishiga javobgar bo‘lmaydi;
yashash joyi yoki telefon raqamlari o‘zgargan taqdirda DMTTning tegishli guruh tarbiyachisiga va rahbariyatiga bu xaqida habar berish;
bolani DMTTdan olib ketishni voyaga yetmagan yoki begona shaxslarga topshirmaslik;
ertalab bolada kassalik holatlari kuzatilgan taqdirda DMTTga olib bormaslik, bolani shifokor ko‘rigidan o‘tkazish;
qonuniy vakilning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari xam bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |