I.Shartnoma predmeti
1.DMTT mazkur shartnoma shartlariga asosan tarbiyalanuvchining barcha huquqlarini ta’minlagan holda unga sifatli ta’lim–tarbiya berish, sog‘liqni muhofaza qilish va mustahkamlash, intellektual, ahloqiy, ma’naviy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib berish majburiyatini, qonuniy vakil esa tarbiyalanuvchini DMTTdagi tegishli guruh tarbiyachisiga topshirish, tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash uchun ota-onalarning to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirish va DMTTning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladi. Tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash vaqti soatini tashkil qildi.
2.DMTTda bolalarni saqlash uchun to‘lanadigan tushumlar boshqa byudjet mablag‘lari bilan birga maqsadli tartibda tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlash hamda DMTTning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, avvalambor, sanitariya-gigiyena vositalari va boshqa inventarlar xarid qilishga yo‘naltiriladi.
Bunda DMTTning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdori jami yil davomida ota-onalar to‘lovidan tushgan mablag‘larning 5 foizidan oshmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |