Sonli qatorlar. Yaqinlashuvchi qatorlar ta’rifi va xossalari Tayanch so’z va iboralar



Download 20,42 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi20,42 Kb.
#247822
Bog'liq
Sonli qatorlar. Yaqinlashuvchi qatorlar ta’rifi va xossalari Tay


Sonli qatorlar. Yaqinlashuvchi qatorlar ta’rifi va xossalari
Tayanch so’z va iboralar: yaqinlashuvchi qatorlar va ularning xossalari: Sonli qator tushunchasi, yaqinlashuvchi qator va uning yig‘indisi. Qatorning qoldig‘i. Geometrik qator. Qator yaqinlashishining zaruriy sharti. Garmonik qator. Yaqinlashuvchi qatorlarning sodda xossalari. Koshi kriteriyasi.

Reja



  1. Sonli qator va uning yig‘indisi


  2. Yaqinlashuvchi qatorlarning sodda xossalari


  3. Qator yaqinlashishining zaruriy sharti


  4. Qator yaqinlashishining Koshi kriteriyasi




  1. Sonli qator va uning yig‘indisi. Faraz qilaylik sonlarning biror cheksiz ketma-ketligi berilgan bo‘lsin: 


Bu sonlardan tuzilgan ushbu

ifodaga cheksiz qator ( qisqacha – qator ) deyiladi.

{an} ketma-ketlik hadlari qatorning hadlari deyiladi. (1) ifodada + belgisi qatnashganligi sababli qatorni  ko‘rinishda ham yoziladi. Agar n tayinlangan bo‘lsa, anqatorning n-hadi deyiladi, agar n umumiy holda berilsaan- qatorning umumiy hadi deyiladi. Umumiy had yordamida berilgan qatorning ixtiyoriy hadini yozib olish mumkin. Masalan, agar  bo‘lsa, u holda qator

 yoki 


ko‘rinishda bo‘ladi. Agar  bo‘lsa, u holda quyidagi ko‘rinishdagi qatorga ega bo‘lamiz:

 yoki .

(1) qatorning birinchi n ta hadi yig‘indisini qaraymiz va uni orqali belgilaymiz:


Bu yig‘indini (1) qatorning n-xususiy yig‘indisi deyiladi. Bunda S1 deganda a1 ni qarashga kelishamiz.

(2) da n ga 1, 2, 3, … qiymatlar berib, quyidagi xususiy yig‘indilar ketma-ketligiga ega bo‘lamiz:

.

Yuqoridagi {Sn} ketma-ketlik yaqinlashuvchi yoki uzoqlashuvchi bo‘lishi mumkin.



Ta’rifAgar (2) qatorning xususiy yig‘indilari ketma-ketligi {} chekli limitga ega bo‘lsa, ya’ni  mavjud bo‘lsa, u holda bu qator yaqinlashuvchi qator deyiladi. {} ketma-ketlik limiti

 (2)

qatorning yig‘indisi deyiladi.

Bu holda



 yoki  kabi yoziladi.

Agar qatorning xususiy yig‘indilar ketma-ketligi chekli limitga ega bo‘lmasa, u holda uzoqlashuvchi qator deyiladi.

Agar  bo‘lsa, u holda  yoki  kabi yozishga kelishamiz.

Shunday qilib, qator yig‘indisi ikkita amal (qo‘shish va limitga o‘tish) natijasida hosil qilinadi. Qo‘shish amali xususiy yig‘indilarni, ikkinchi amal esa ularning limitini topish uchun kerak bo‘ladi.

Yaqinlashuvchi va uzoqlashuvchi qatorlarga misollar ko‘ramiz.

1-misol. Ushbu qatorni yaqinlashishga tekshiring:



.

Yechish. Berilgan qatorning n-xususiy yig‘indisi



. Bu yig‘indini soddalashtirish maqsadida qatorning n-hadini quyidagi  ko‘rinishda yozib olamiz. U holda
=

= bo‘ladi. Ravshanki, {Sn} ketma-ketlik limiti mavjud va  ga teng. Demak, berilgan qator yaqinlashuvchi bo‘lib, uni =, yoki = kabi yozish mumkin ekan.

2-misol. Umumiy hadi  bo‘lgan qatorni yaqinlashishga tekshiring.

Yechish. Bu qatorning n-xususiy yig‘indisi  ga teng. Xususiy yig‘indilar ketma-ketligi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

1, 0, 1, 0, ...

Ma’lumki, bu ketma-ketlik chekli limitga ega emas. Demak,  qator uzoqlashuvchi ekan.

Qatorga eng sodda misol sifatida geometrik progressiya barcha hadlarining yig‘indisini olishimiz mumkin:



 (3)

bunda a0. Bu qator geometrik qator deyiladi. Geometrik qator q ning qanday qiymatlarida yaqinlashuvchi bo‘lishini aniqlaymiz. Buning uchun uning n-xususiy yig‘indisini qaraymiz. Geometrik progressiya birinchi ta hadi yig‘indisining formulasiga ko‘ra (q1)



o‘rinli. Agar q<1 bo‘lsa, u holda  bo‘lib,  mavjud va  bo‘ladi. Demak, q<1 bo‘lganda (3) qator yaqinlashuvchi va uning yig‘indisi  bo‘ladi.

Agar |q|>1 bo‘lsa, u holda  va = bo‘ladi. Demak, bu holda geometrik qator uzoqlashuvchi bo‘ladi. Agar q=-1 bo‘lsa, qatorning xususiy yig‘indisi  bo‘ladi. Bu holda xususiy yig‘indilar ketma-ketligi uzoqlashuvchi, demak (3) qator ham uzoqlashuvchi bo‘ladi. Agar q=1 bo‘lsa, qatorning xususiy yig‘indisi Sn=a+a+…a=na va = bo‘ladi.

Shunday qilib, geometrik qator q<1 bo‘lganda yaqinlashuvchi, |q|1 bo‘lganda uzoqlashuvchi bo‘ladi. Yaqinlashuvchi bo‘lgan holda cheksiz kamayuvchi geometrik progressiya yig‘indisining formulasi hosil bo‘ladi:

=
2.Yaqinlashuvchi qatorlarning sodda xossalari.
Bizga ushbu
va

qatorlar berilgan va c ixtiyoriy o‘zgarmas son bo‘lsin.

Ushbu

qator (1) qatorni c o‘zgarmas songa ko‘paytirish natijasida hosil qilingan deyiladi.


qatorlar esa, mos ravishda (1) va (2) qatorlarning yig‘indisi va ayirmasi deb ataladi.



1-teorema. Agar (1) qator yaqinlashuvchi, yig‘indisi S ga teng bo‘lsa, u holda (3) qator ham yaqinlashuvchi bo‘lib, yig‘indisi cS ga teng bo‘ladi.

Isboti. (3) qatorning n-xususiy yig‘indisini yozib olamiz: . Buni quyidagicha yozib olish mumkin: , bu yerda Sn (1) qatorning n-xususiy yig‘indisi. Teorema shartiga ko‘ra , u holda  limit mavjud bo‘ladi: .

Shunday qilib, yaqinlashuvchi qatorni o‘zgarmas songa ko‘paytirish natijasida yana yaqinlashuvchi qator hosil bo‘ladi va uning yig‘indisini topish uchun berilgan qator yig‘indisini shu songa ko‘paytirish yetarli.

2-teorema. Agar (1) va (2) qatorlar yaqinlashuvchi va yig‘indilari mos ravishda S va S’ bo‘lsa, u holda (4) va (5) qatorlar ham yaqinlashuvchi bo‘ladi va ularning yig‘indilari mos ravishda S+S’ va S-S’ ga teng bo‘ladi.

Shunday qilib, yaqinlashuvchi qatorlarni chekli yig‘indilar kabi qo‘shish va ayirish mumkin ekan. Bu natijani yaqinlashuvchi qatorlarning algebraik yig‘indilari uchun ham umumlashtirish mumkin.

3-teorema. Agar yaqinlashuvchi qatorda hadlarning joylashish tartibini o‘zgartirmasdan ixtiyoriy guruhlash natijasida hosil bo‘lgan qator yaqinlashuvchi va uning yig‘indisi avvalgi qator yig‘indisiga teng bo‘ladi.

Qatorning qoldig‘i
Ushbu

qator berilgan bo‘lsin. Uning dastlabki k ta (tayinlangan son) hadini tashlab yuborish natijasida yangi qator hosil bo‘ladi:


(2) qator (1) qatorning qoldig‘i deyiladi.



3. Qator yaqinlashishining zaruriy sharti.

Teorema. Agar

 (1)

qator yaqinlashuvchi bo‘lsa, u holda uning an umumiy hadi n cheksizga intilganda nolga intiladi, ya’ni  bo‘ladi.



Isboti. Faraz qilaylik, (1) qator yaqinlashuvchi va yig‘indisi S ga ya’ni bo‘lsin. U holda {Sn} ketma-ketlikning qism ketma-ketligi  ham yaqinlashuvchi va  bo‘ladi.

Ravshanki.  bundan  mavjud va . Shunday qilib, (1) qator yaqinlashuvchi bo‘lishi uchun uning umumiy hadi nolga intilishi zarur ekan.

Yuqoridagi teoremadan qator uzoqlashishining yetarli sharti kelib chiqadi.



Natija. Agar (1) qatorning an umumiy hadi n cheksizga intilganda noldan farqli chekli limitga ega bo‘lsa, yoki limitga ega bo‘lmasa, u holda bu qator uzoqlashuvchi bo‘ladi.

Bu natija ba’zi qatorlarning uzoqlashuvchi ekanligiga oson ishonch hosil qilishga yordam beradi.

3-misol. Ushbu  qatorni yaqinlashishga tekshiring.

Yechish. Qatorning umumiy hadi  ga teng va  demak, yuqoridagi natijaga ko‘ra qator uzoqlashuvchi.

4-misol. Ushbu  qatorni yaqinlashishiga tekshiring.

Yechish. Bu qatorning umumiy hadi an= va . Demak, berilgan qator uzoqlashuvchi.

Yuqorida isbotlangan teoremaning teskarisi, ya’ni  shartdan  qatorning yaqinlashuvchi ekanligi kelib chiqavermaydi.

Bunga misol sifatida garmonik qator deb ataluvchi ushbu qatorni qaraymiz:



 (2)

Garmonik qatorning uzoqlashuvchi ekanliligini ko‘rsatamiz. Buning uchun teskaridan, ya’ni garmonik qator yaqinlashuvchi deb faraz qilamiz. U holda uning  xususiy yig‘indisi chekli S limitga ega bo‘ladi. Ravshanki, qatorning  xususiy yig‘indisi ham shu limitga ega bo‘ladi.

Bu holda


.

Ammo



,

ya’ni , bundan  ketma-ketlikning  da nolga intilmasligi kelib chiqadi. Bu esa garmonik qator yaqinlashuvchi degan farazimizga zid. Demak, garmonik qator uzoqlashuvchi ekan.




4. Qator yaqinlashishining Koshi kriteriyasi.

Teorema. Ushbu

 (1)

qator yaqinlashuvchi bo‘lishi uchun ixtiyoriy  musbat son olinganda ham shunday nnatural sonni ko‘rsatish mumkin bo‘lib, barcha n>n0 va istalgan natural p sonda , boshqacha aytganda



 (2)

tengsizlikning bajarilishi zarur va yetarli.



IsbotiZaruriyligi. (1) qator yaqinlashuvchi, ya’ni  bo‘lsin.

U holda ketma-ketlik yaqinlashuvchi bo‘lishining Koshi kriteriyasiga ko‘ra ixtiyoriy  musbat son uchun shunday n0 natural son topilib, barcha m> n0 va n> nlarda



 (3)

tengsizlik bajariladi. m=n+p deb olib, (3) dan (2) ni hosil qilamiz.

Yetarliligi. Teorema qator xususiy yig‘indilar ketma-ketligi {Sn} ning yaqinlashuvchi ekanligini bildiradi. Demak, ta’rif bo‘yicha (1) qator yaqinlashuvchi.

Misol. Koshi kriteriyasidan foydalanib,

qatorning yaqinlashuvchi ekanligini isbotlang.

YechishIxtiyoriy  musbat soni uchun shunday nnatural son topilib, n>nva istalgan r natural sonda  bajarilishini ko‘rsatamiz.

Ravshanki, . Bulardan



ya’ni  tengsizlikning istalgan r da o‘rinli ekanligi kelib chiqadi. Demak,  da  tengsizlik o‘rinli bo‘ladi. Shunday qilib, ixtiyoriy >0 son uchun n0=[1/] deb olsak, n> n0 va istalgan r natural son uchun  tengsizlikning o‘rinli ekanligi kelib chiqadi. Demak, qator yaqinlashuvchi.


O‘z – o‘zini tekshirish uchun savollar
  1. Sonli qator deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring.


  2. Sonli qatorning qismiy yig‘indisi nimadan iborat?


  3. Yaqinlashuvchi sonli qator uchun qanday shart bajarilishi kerak?


  4. Garmonik qator nima?


  5. Yaqinlashuvchi sonli qatorning asosiy xossalarini bayon qiling



Download 20,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish