So‘ngi yillarda mamlakatimizda yer munosabatlarini tartibga solishga


 – sxema. Yer rentasi yuzasidan klassik iqtisodiyot nazariyasi namoyondalari qarashlarini tahlil qilishi xulosalari



Download 5,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/76
Sana01.06.2022
Hajmi5,06 Mb.
#624677
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76
Bog'liq
Davronbek

9.1 – sxema. Yer rentasi yuzasidan klassik iqtisodiyot nazariyasi namoyondalari qarashlarini tahlil qilishi xulosalari
38
38
Муаллиф тадқиқотлари асосида тузилган 
Yerdan foydalanishning iqtisodiy 
institutlari, mwxanizmi va yer rentasi 
rivojlanishi nazariyasi yuzasidan 
klassik iqtisodiyot nazariyasi 
namoyondalari tomonidan bildirilgan 
turli xil konsepsiya, 
qarashlar,uslublarni tahlil va tadqiq 
qilish natijalari bo’yicha xulosalar
Yer rentasi nazariyasi o’z mohiyat 
e’tiboriga ko’ra, yer 
munosabatlarini iqtisodiy tartibga 
solish barcha institutlari, 
mexanizmi mazmuni va 
rivojlanishining metodologik 
asisini tashkil etadi.
Yerdan foydalanish tizimini 
yanada erkinlashtirish talab 
qilinayotgan hozirgi davrda yer 
rentasi shakllanishining o’ziga xos 
xususiyatlarini tadqiq qilish juda 
katta amaliy ahamiyatga egaligi 
ushbu tadqiqotlarni davom 
ettiririshni taqozo etmoqda. 
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi 
rivojlanishini yanada va jamiyatda 
ijtimoiy barqarorlikni taminlash 
o’z navbatida yer rentasini 
asoslangan va adolatli qayta 
taqsimlash mexanizmi 
shakllanishini taqozo qiladi.
Yer rentasi yer mulkini ro’yobga 
chiqarishning iqtisodiy shakli hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotida ob’ektiv renta 
munosabatlari, avvalombor, yer solig’I, yer 
uchun ijara haqi, institutlarshakllanishida 
namoyon bo’lishi lozim
Renta tushunchasi rentaning 
iqtisodiy rivojlanish omillari taklifi 
elastikligi bilan bog’liqligining 
turli xil talqinlarini paydo 
qilmoqda, bu esa, ushbu 
masalaning bugungi kunda ham 
ochiq qolishiga olib kelmoqda 
Yer rentasini turlar bo’yicha 
tasniflash, yer rentasini ishlab 
chiqarish xarajatlari tarkibiga yoki 
ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
narxiga kiritish masalalari 
haligacha tortishuvlarga sabab 
bo’lmoqda


157 
Qishloq ho‘jaligida renta munosabatlari, ular rivojlanishi tarixida doimo 
ilmiy tortishuvlar predmeti bo‘lib kelgan. Ko‘plab tadqiqotlarga qaramasdan 
xozirgi kunda O‘zbekistonda ham yer uchun to‘lovlarni aniqlash uchun yer rentasi 
nazariyasini qo‘llash ob’ektivligi masalasi ochiq qolmoqda. Ayniqsa, qishloq 
xo‘jaligida bozor munosobatlarining rivojlanishi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish 
shakllarining xar xilliligi sharoitida yer rentasi shakllanishi va uni taqsimlash 
muammosi tobora dolzarblik kasb etmoqda. 
Shu nuqtai nazardan, yer rentasini taqsimlash muammosi yuzasidan 
izlanishlarimiz natijasi o‘laroq, differensial renta-I yer solig‘i sifatida to‘lanishi va 
davlat byudjetini to‘ldirishi hamda davlatning yer resurslarining texnologik va 
iqtisodiy salohiyatini qo‘llab – quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirishi, 
differensial renta-II va absolyut renta esa yer mulkdoriga (egasiga) tegishli 
bo‘lishi, agar yer ijarasi mavjud bo‘lsa, unda
differensial renta-II ning ma’lum bir qismi ijarachida qolishi lozim bo‘lib, uning 
miqdori yerga sarf qilingan kapitaldagi ijarachining ulushiga bog‘liq holda 
aniqlanishi lozim. Qishloq xo‘jaligi va boshqa yerlardan oqilona foydalanishni 
yerning bozor qiymati, yer solig‘i va boshqa shu kabi instrumentlarni qo‘llagan 
holda iqtisodiy tartibga solish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish o‘z 
navbatida yerlarni baholashning ilmiy asoslangan uslubiyotini ishlab chiqishni 
talab etadi. Xo‘jalik yuritishning bozor tizimi shakllanayotgan sharoitda yerni 
iqtisodiy baholash ko‘rsatkichlari orasida markaziy o‘rinni integral ko‘rsatkich – 
klassik yondashuvga muvofiq renta daromadlarining kapitallashuvi yo‘li bilan 
aniqlanadigan yer uchastkasining narxi (bozor qiymati) egallaydi. Bozor sharoitida 
mazkur iqtisodiy kategoriyaning ahamiyatliligi yer bozorining rivojlanishi, ipoteka 
kreditlash tizimining yaratilishi, soliq siyosati sohasida tez moslanuvchan qarorlar 
qabul qilish zarurati bilan belgilanadi. 
Yer uchastkasi qiymatiga ta’sir qiluvchi omillar sifatida yerning 
unumdorligi, yer uchastkasining joylashgan joyi, kommunikatsiya, transport 
tarmoqlarining mavjudligi, joyning landshaft tavsifi bo‘lishi mumkin. Ushbu 


158 
omillardagi farqlar yer uchastkasi daromadliligi va qiymatining tabaqalashishiga 
olib keladi. Yer qiymatining renta daromadlari kapitallashuvi yo‘li bilan 
aniqlanishi munosabati bilan keyingi bosqichda mazkur daromadlarning miqdorini 
aniqlash lozim. Buning uchun “oxirgi (chegaraviy) xarajatlar” tamoyili 
konsepsiyasi qoidalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mazkur tamoyilning 
mazmuni shundan iboratki, yer rentasining miqdori ishlab chiqarishning yomon 
sharoitlari uchun o‘rnatiladigan kadastr narxlaridan foydalanilgan holda 
belgilanadi. Ta’kidlash joizki, bunda ishlab chiqarishning potensial sharoitlari 
hisobga olingan holda renta daromadlarining nominal miqdori aniqlanadi. Renta 
daromadlarining real miqdori yer uchastkasiga yer bozorida yuzaga keladigan talab 
va taklifdan, shuningdek inflatsiya darajasini hisobga olgan holdagina aniqlanishi 
mumkin. Rentaning klassik nazariyasiga muvofiq yerning narxi (bozor qiymati) 
quyidagi ifoda bilan hisoblanadi: 
En = Dd / r x 100 (9.1)
bu yerda: En
 
– yerning narxi, Dd – yillik differensial daromad, r – ssuda foizi 
stavkasi. 
Yerdan foydalanish tizimining iqtisodiy asoslari sifatida yer resurslarini 
takror ishlab chiqarish sikli, iqtisodiy yondashuvning ustuvorligi, iqtisodiy 
mexanizm o‘rganiladi. Shu nuqtai nazardan har qanday resurslar singari yer 
resurslaridan iqtisodiy nuqtai nazardan foydalanishni tashkil etish yer rentasi 
nazariyasiga asoslangan zamonaviy iqtisodiy mexanizmning fiskal va tartibga 
soluvchi funksiyasi bilan bir qatorda rag‘batlantiruvchi funksiyasini ham 
kuchaytirishning ilmiy-amaliy echimini topish orqali iqtisodiy rivojlanishning 
yuqori sur’atlarini ta’minlash hozirgi bosqichda eng ustuvor vazifalardan 
hisoblanishi lozim. 
Bu esa, qishloq xo‘jalik yerlarining unumdorligini oshirish, ularning boshqa 
yer toifalariga o‘tib ketmasligining, yerlarni takror taqsimlashdagi talon-
tarojliklarning oldini olish, shuningdek yerdan foydalanuvchilarning mas’uliyatini 
oshirish bo‘yicha islohotlar amalga oshirilayotgan bir sharoitda qishloq 


159 
xo‘jaligidagi moliyaviy munosabatlarni yanada takomillashtirishni, shuningdek 
yerdan foydalanish tizimini erkinlashtirishni yer rentasining nazariy asoslari 
talablariga mos holda amalga oshirishni taqozo qiladi. 
Alohida ta’kidlash joizki, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning boshqa 
tarmoqlaridan yer rentasi shakllanishiga yerning asosiy ishlab chiqarish vositasi 
sifatidagi ko‘plab o‘ziga xos xususiyatlari ta’sir qilishi bilan farq qiladi va ushbu 
holatni nazarda tutgan holda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar uchun 
yer solig‘i yoki yer ijarasini belgilash lozim. Bu borada ba’zi tadqiqotchilar 
faqatgina yer solig‘i sifatida yerning qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan va shu 
bilan bir qatorda unga egalik qiluvchilarning aybi bilan foydalanilmayotgan 
maydonidan olinishini taklif qiladilar
39
. Bu esa, ularning fikrlaricha, go‘yoki 
qishloq xo‘jaligi yerlarining oborotdan chiqib ketishining oldini olish chorasi 
hisoblanadi. 
Ushbu g‘oyani yanada rivojlantirgan holda qishloq xo‘jaligi korxonalarining 
faoliyatiga taalluqli masalalarni (hosildorlik va u bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni) 
faqatgina yerning bonitet baliga nisbatan ko‘rib chiqish va hisob-kitob qilish 
bugungi kunda o‘z samarasini bermayapti. Chunki, birinchidan, yerning 
unumdorligini baholashning hozirda amal qilayotgan uslublari takomillashtirishni 
taqozo etmoqda, ikkinchidan, baholash ko‘rsatkichlari yer resurslarining mavjud 
tabiiy-ekologik va texnologik-iqtisodiy holatini to‘liq ifodalamayapti va, 
uchinchidan, baholash ishlarini o‘tkazish davrlari o‘rtasidagi vaqtning uzunligi 
mazkur ko‘rsatkichlarning haqiqiy holatni aks ettirmasligiga va ular 
samaradorligining past bo‘lishiga olib kelmoqda. 
Bundan tashqari yana shuni ta’kidlamoqchimizki, ayniqsa bozor talablari va 
shartlari kun tartibida tobora jiddiy va qat’iy turayotgan bir paytda, yer 
resurslaridan foydalanish natijalari va ishlab chiqarish yoki xo‘jalik faoliyati 
natijalari ko‘rsatkichlarini farqlay bilish lozim. Albatta mazkur ko‘rsatkichlar bir-
biri bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘ladi, lekin bu degani ularni chalkashtirib yuborish 
39
Хван В. “Солиқ қонунчилиги асослари” -Т.: “Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси”, 1999. 19 б. 


160 
kerak degani emas, ya’ni bozor iqtisodiyoti nazariyasiga binoan, foyda 
kategoriyasi o‘zining harakatlantiruvchi ta’siri va kuchiga ko‘ra hal qiluvchi va 
integral ko‘rsatkich hisoblanishi lozim. Shu nuqtai nazardan, bizningcha, yerning 
qiymatini baholashda yerdan foydalanuvchi xo‘jalik faoliyatining foydalilik 
darajasini hisobga olishni yoki yagona yer solig‘i yoxud yer ijarasini to‘lovchilar 
uchun foyda solig‘ini regressiv tarzda joriy qilish lozim deb hisoblaymiz. Bunday 
choraning samarasi shundaki, yerdan foydalanuvchilarning xo‘jalik yuritishdan 
olgan foydasi qancha ko‘p bo‘lgani sayin yerning qiymati yoki soliq stavkasi 
yoxud ijara haqining pasayib borishi hisobiga ularning ixtiyorida qoladigan 
mablag‘lari miqdori ortib boradi, bu esa o‘z navbatida mazkur mablag‘larni 
yerning unumdorligini oshirishga yo‘naltirish imkonini beradi va pirovard natijada 
ushbu chora kuchli rag‘batlantiruvchi vazifasini bajaradi. 
Vaholanki, bozor iqtisodiyotida har bir xo‘jalik yuritish sub’ekti o‘z 
faoliyatini barqaror tashkil qilishi uchun muntazam ravishda zarur foydalilik 
darajasini ta’minlashi zarur. Shu nuqtai nazardan ham, albatta yer resurslaridan 
samarasiz foydalanayotgan xo‘jalik sub’ektlari pirovardida inqirozga uchrashlari 
tabiiy hol hisoblanib, ularni raqobat muhitida doimiy ravishda yer resurslaridan 
samarali foydalanishga undaydi. Shuningdek yuqorida aytib o‘tilgan uslubga 
muqobil tarzda yerdan foydalanish iqtisodiy mexanizmida renta solig‘i (to‘lovi) 
yoki renta ijara to‘lovining mazmunini ham ko‘rib chiqish lozim deb hisoblaymiz. 
Chunki ma’lumki, sifati va joylashgan o‘rni jihatidan yaxshi yerlarning miqdori 
cheklangan va ularda ishlab chiqariladigan mahsulotlar jamiyat ehtiyojlarini 
qondirishga yetarli emas. 
Bu esa, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini unumdorligi past va hatto 
yomon yerlarda ham amalga oshirishni taqozo qiladi. Qolaversa, mazkur jihatlar 
tarmoq ichida kapital aylanishining turlicha tezligini va daromadlar shakllanishi 
ko‘pomilligining yanada kuchayishini yuzaga keltiradi. Bunday holatlar, o‘z 
navbatida, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish sharoitlarini tabaqalashtirish uchun 
barqaror, ob’ektiv asoslar borligini va bu esa, o‘z navbatida, soliq solish yoki 


161 
ijarani belgilash jarayonida renta munosabatlari qonuniyatlarining to‘liq tadbig‘i 
uchun samarali iqtisodiy mexanizmni ishlab chiqish lozim deb xulosa chiqarish 
mumkinligini bildiradi
40

Qolaversa, sifati va joylashgan o‘rni jihatidan unumdor yerlar 
cheklanganligining takror ishlab chiqarilmasligi va undan kelib chiqadigan 
natijalar renta solig‘i (to‘lovi) yoki renta ijara to‘lovining iqtisodiy asosi – renta 
daromadlarining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Demak, renta munosabatlari 
bozor iqtisodiyoti nazariyasining fundamental asoslari, ya’ni yerlarni muhofaza 
qilish, tuproq unumdorligi har xil yerlarda xo‘jalik yuritishning ijtimoiy-iqtisodiy 
sharoitlarini tenglashtirish, melioratsiya va boshqa infratuzilmalarni rivojlantirishni 
moliyalashtirish, soliqqa tortish va yer ijarasi tizimlari orqali yerdan foydalanish 
tizimi va uning iqtisodiy mexanizmining bosh nazariy negizi vazifasini bajarishi 
lozim deb hisoblaymiz. 
Tabiiyki, bunda ushbu nazariya tub masalalarining yerdan foydalanish 
iqtisodiy mexanizmidagi o‘ziga xos mazmun-mohiyatini amaliyotga tadbiq 
etishning ilmiy jihatlarini tadqiq qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, yer 
rentasining shakllanish darajalarini farqlash lozim, ya’ni u ikki – mamlakat va 
korxona-yerdan foydalanuvchi darajasida shakllanadi. Bu yerda mamlakat 
miqyosidagi yer rentasini korxonalar darajasida shakllanadigan yer rentasining 
arifmetik yig‘indisi sifatida tushunilmaydi, albatta.
Shuning uchun, mamlakat miqyosidagi yer rentasini odatda jamiyatning 
yillik yalpi ichki mahsulotining mamlakat yer resurslaridan foydalanish natijasida 
shakllangan bir qismi deb, korxona – yerdan foydalanuvchi darajasidagi rentani esa 
yerni tabiiy resurs, iqtisodiy resurs-kapital, ko‘chmas mulk va xo‘jalik yuritish 
ob’ektlari sifatida tasarruf qilish, unga egalik qilish va undan foydalanish hisobiga 
yaratilgan yerdan foydalanuvchining mahsuloti deb tushunish to‘g‘ri hisoblanadi.
Albatta, mazkur rentalarning mohiyati xususida iqtisodchi olimlar o‘rtasida 
turli yondashuvlar mavjud, lekin undan ham ko‘ra mazkur renta turlaridan amaliy 
40
Сагайдак А. Земельная собственность и рента (Рыночная экономика для всех). - М.: «Агропромиздат», 
1991. – 80 с. 


162 
iqtisodiyotda foydalanish yuzasidan tortishuvlar qizg‘in. Ularning ayrimlari 
makrorentadan, ayrimlari esa mikrorentadan iqtisodiy hisob-kitoblarda kengroq 
foydalanish yuzasidan takliflar berishadi. Bizningcha, ushbu renta turlarining 
ikkalasidan ham amaliy iqtisodiyotda foydalanish lozim, chunki ular har xil 
ob’ektiv asos, iqtisodiy tabiat va mazmunga ega, ikkinchidan, ular bir-birini 
to‘ldiradi va mantiqiy davom ettiradi, uchinchidan, renta munosabatlarida 
tizimlilik ta’minlanadi. 
Hozirgi kunda yer rentasidan mamlakatning yalpi ichki mahsuloti va milliy 
boyligida yerning salmog‘ini aniqlashda, hududlar iqtisodiy salohiyatini 
baholashda, davlat byudjeti daromadlarida jami yer solig‘i va yer ijarasi haqining 
ulushini aniqlashda va boshqa makroiqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirishda 
qo‘llanilsa bo‘ladi. Qolaversa, hozirgi kunga kelib mamlakatimizda yer solig‘ini 
yerning qiymat bahosi ulushi ko‘rinishida hisoblash usullarida renta nazariyasi 
elementlari ishtirok etmoqda. 
Biroq, bu borada renta nazariyasini qo‘llashdagi ayrim muammolarning 
mavjudligi hali yer bozorining takomillashmaganligi bilan bog‘liq. SHunga ko‘ra, 
hozirgi kunda yagona yer solig‘i renta nazariyasiga to‘liq asoslangan deb aytish qiyin. 
Buning ustiga Moliya vazirligi tomonidan 2014 yilgacha respublika yo‘l va maktab 
jamg‘armalariga to‘lanadigan majburiy to‘lovlarni ham yagona yer solig‘iga 
birlashtirilganligi yagona yer solig‘ining asl mazmuniga mos kelmas edi. Bunda 
soliqqa tortish uslubiyoti va meyorlarini aniqlashda zarur qonuniyatlarga putur 
etkazilardi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida yer solig‘iga tortish yoki yer ijarasini 
belgilashning nazariy va metodologik jihatlari tanqidiy o‘rganilgan holda “yagona 
soliq”ni joriy qilish yuzasidan muayyan ijobiy ishlar amalga oshirilganligiga 
qaramasdan bu borada o‘z echimini kutayotgan masalalar mavjud. Ayniqsa, 
“yagona soliq”ni yoki yer ijarasi haqini hisoblab chiqarishda renta daromadlarining 
shakllanishi bilan bog‘liq jarayonlar, mazkur daromadlarning taqsimlanishi va 
bular orqali soliq yoki ijara haqini to‘lovchilar yerdan foydalanuvchilarning 


163 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tabaqalashtirishning adolatli tartib-taomillarini ishlab 
chiqish dolzarb masalalar hisoblanadi. Biroq, ba’zi tadqiqotchilarning fikrlaricha, 
“yagona soliq” nazariyasi g‘oyasi soliqlarning faqat fiskal ahamiyatini e’tiborga 
olgan holdagi vazifalarni bajaradi xolos, tartibga soluvchi va rag‘batlantiruvchi 
vazifalari o‘z aksini topmagan 
41

Bu boradagi boshqacha yondashuvlarga ko‘ra, baribir yer rentasi 
nazariyasini amaliyotga tadbiq qilish uchun yer solig‘i yoki yer ijarasining moddiy 
asosi hisoblangan yerning iqtisodiy qiymat bahosini hisoblash lozim
42
. Biroq, yer 
bozoridagi tez-tez o‘zgarib turadigan kon’yunktura holatlari yerni baholashning 
qiymat ko‘rsatkichlarini hamma vaqt ham aniq va to‘g‘ri hisoblash imkoniyatini 
bermaydi. Bunda albatta mazkur ishning ilmiy asoslangan me’yorlar tizimini 
yaratish va uni doimo takomillashtirib borish lozim. Bundan tashqari, e’tiborni 
faqatgina yerning qiymatini iqtisodiy baholashgagina emas, balki u orqali iqtisodiy 
o‘sish talablari darajasida tarmoq va hududlarda xo‘jalik yuritishni boshqarishni 
ta’minlovchi yerdan foydalanishning egiluvchan iqtisodiy mexanizmini yaratishga 
ham qaratish lozim. 
Shu o‘rinda, ta’kidlash lozimki, ayniqsa qishloq xo‘jaligi amaliyotida rentaning 
eng muhim shakli, shuningdek bozordagi tebranishlarga tez chalinuvchan differensial 
renta munosabatlariga ham yetarli darajada e’tibor berish lozim, chunki xo‘jaliklar va 
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi har xil darajada bo‘lishining ob’ektiv va 
sub’ektiv sabablarini o‘rganish va ularni tabaqalashtirishning asoslarini kuchaytirish, 
tabiiy-iqtisodiy resurslardan foydalanishning samaradorligini oshirish
 
aynan 
differensial renta shakllanishining qonuniyatlarini o‘rganishni taqozo etadi. Albatta, 
differensial renta metodologiyasida qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos ob’ektiv va 
absolyut xususiyatlarining barchasini hisobga olish oson emas, lekin modomiki, 
differensial renta talablarini yerdan foydalanish tizimining iqtisodiy mexanizmida aks 
ettirish lozim bo‘ladigan bo‘lsa, unda turli xil tabiiy-iqtisodiy sharoitlarda faoliyat 
41
Сафаров Ғ., Жўраева Н. Ягона солиқ назарияси моҳияти ва афзалликлари. // Журнал. Ўзбекистон 
иқтисодий ахборотномаси. - Т.: 2003. -№3. 
42
В. Готлобер, Н. Давидюк . Круглый стол. Дифференциальная рента и эффективность 
сельскохозяйственного производства.// - М. »Экономика сельского хозяйства». 1986, №6, 51 – 64 с. 


164 
qilayotgan korxonalarda ishlab chiqarish intensivligi darajasining tabaqalashishini 
optimallashtirishni yerlarning me’yoriy qiymatini aniqlash, soliqqa tortish, xarid 
narxlari va boshqa iqtisodiy-moliyaviy vositalar orqali tartibga solishning uslub va 
shakllarini takomillashtirish bilan bog‘liq yo‘nalishlarni tadqiq qilish lozim. 
Amaliyotda tabaqalashtirish omillariga an’anaviy kiritilib kelinayotgan 
yerlarning unumdorligi va joylashgan o‘rni bilan bir qatorda, birinchidan, soliqlar va 
byudjet mablag‘larining taqsimlanishi, ikkinchidan, mamlakat turli hududlarida 
yerni tasarruf etish, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish darajasining har 
xilliligi va, uchinchidan, yerdan foydalanuvchilar o‘rtasida kapital taqsimlanishining 
notekisligi oqibatida kelib chiqayotgan raqobatlashish shartlarining bir xil emasligi 
kabi omillar ham tasir ko‘rsatmoqda. Shu nuqtai nazardan, differensial rentaning 
o‘ziga xos xususiyatlaridan asosiysi bu – uning nisbatan ob’ektiv yaxshi sharoitlarda 
ishlab chiqarishning yuqori darajasi natijasida vujudga keladigan differensial 
daromadning shakllanishi va soliqqa tortish yoki ijarani belgilash yo‘llari orqali 
taqsimlanishi jarayonidagi davlat bilan korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni aks 
ettirishidir
43

Holbuki, bugungi kunda ilmiy-amaliy nuqtai nazardan qaraganimizda, renta 
daromadlarini soliq yoki yer ijarasi sifatida davlat byudjetiga to‘liq olib qo‘yish 
kerakmi yoki uning bir qisminimi?, shuningdek unumdor yoki unumdorligi past 
yerlarda nisbatan yuqori rivojlanish darajasiga, ishlab chiqarishning o‘sishiga 
korxonaning o‘z resurslari hisobidan erishish mumkinmi yoki davlat resurslarini 
ham jalb qilish hisobidanmi? – degan savollarga javob topish muhim ahamiyatga 
ega. 
Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, renta daromadlarining bir qismini yerdan 
foydalanuvchi o‘zining yerning sifatini yaxshilashga qaratilgan xarajatlari, 
tadbirkorlik qobiliyatlari va zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilganligi evaziga 
oladi. Albatta, mazkur qismni (differensial renta-II) to‘liq yoki qisman yer solig‘i 
yoki yer ijarasi ob’ektiga kiritish ularning fiskal funksiyasini yanada kuchaytirgan 
43
Сагайдак А.Э. Земельная собственность и рента. // М.: ВО Агропромиздат, 1991, 80 с. 


165 
holda byudjetga yer solig‘i yoki yer ijarasi bo‘yicha tushumlarni keskin 
ko‘paytiradi, lekin bu pirovard natijada yerdan foydalanuvchining mulkiy 
huquqlarining buzilishiga, yer solig‘i yoki yer ijarasining rag‘batlantiruvchi vazifasi 
amalga oshmay qolishiga olib keladi. Bu esa, pirovard natijada yerlarni talon-taroj 
qilish, yerlardan maqsadsiz foydalanish, yerning spekulyasiya ob’ektiga aylanishi 
kabi negativ holatlarni keltirib chiqaradi. Bu yerda endi iqtisodiy sanksiyalarni 
qo‘llash, latifundistik yerdan foydalanuvchilar (o‘z yeridan o‘zi foydalanmaslik) 
uchun qo‘shimcha haq joriy qilish kabi nazorat choralarini belgilash maqsadga 
muvofiq deb hisoblaymiz. 

Download 5,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish