17.4. – sxema. Konsepsiyani amalga oshirish uchun ishlab chiqilishi zarur bo‘lgan
O‘zbekiston Respublikasining qonun loyihalari
91
91
Муаллиф тадқиқотлари асосида тузилган
K
o
n
se
p
si
y
an
i ama
lg
a oshi
ri
sh
uc
hu
ni
sh
la
b c
hi
qi
li
sh
i zar
ur b
o’
lg
an
O
’z
be
ki
st
on
Re
sp
ub
lik
as
i q
on
un
lo
y
ih
al
ar
i:
Yer tuzish munosabatlari ishtirokchilarini, shahar va boshqa aholi yashash joylarida hamda ichki va xo’jaliklar aro yer tuzishni
o’tkazish tartibini, manfaatdor shaxslar bilan yer tuzishni o’tkazadigan tashkilotlarning o’zaro munosabatlarini, yer tuzish ishlarini
o’tkazishda davlat ishtirokining shakllarini, yer tuzish loyihalarini tasdiqlash tartibini belgilash yuzasidan me’yorlarni aks
ettiradigan «Yer tuzish to’g’risida»
Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarni tasarruf qilish, ularga egalik qilish va ulardan foydalanish munosabatlarini tartibga
solish, bu borada qoida va cheklovlarni belgilash,huquqlarning vujudga kelishi yoki bekor qilinishi, davlat mulkida bo’lgan yer
uchastkasini berish, shuningdek uni davlat mulkiga olib qo’yish shartlarini aniqlash va joriy qilish maqsadida «Qishloq xo’jaligiga
mo’ljalallangan yerlardan foydalanish to’g’risida » (5-ilovada muallif tomonidan ishlab chiqilgan namuna keltirilgan)
Davlat mulkida bo’lgan yerlarni respublika mulki va ma’muriy-hududiy bo’linmalar mulki ob’ektilari bo’yicha ajratishning shart va
tartib-qoidalarini tartibga solishni, respublika yer mulkini boshqarish organlari tizimini va tasarruf etish tartibini belgilash,
respublika yer mulki ob’ektlarini ma’muriy-hududiy bo’linmalar mulkiga o’tkazishningtartib va shartlarini hamda ma’muriy-
hududiy bo’linmalar yer mulkini respublika yer mulkiga o’tkazish tartib va shartlarini belgilash yuzasidan me’yorlarni aks
ettiradigan «Davlat yer mulkini ajratish to’g’risida»
Tuproq unumdorligini saqlash, oshirish va takror ishlab chiqarishning huquqiy asoslarini, shuningdek almashlab ekishni joriy qilish
va o’zlashtirish, toshloq tuproqlarni tozalash, yerlarni rekultivatsitya qilish ва ўзлаштириш, тошлоқ тупроқларни тозалаш,
ерларни, tuproq unumdorligini yaxshilash bo’yicha eroziyaga qarshi, meliorativ va boshqa tadbirlarni amalga oshirishni, tuproq
unumdorligini pasaytirish oqibatida ko’rilgan zararni aniqlash, tuproq unumdorligini pasaytirgan yuridik va jisminiy shaxslarga
nisbatan javobgarlik choralarini belgilash yuzasidan me’yorlarni aks ettiradigan «Tuproq unumdorligi to’g’risida»
Yer uchastkalarini bozor va kadastr (me’yoriy) qiymatini aniqlash tartib-taomillarini, baholashni zonalashtirish tamoyillarini,
yerlarni baholash tizimini yaratishni, yerlarni baholovchilarning huquqiy maqomini, ularning davlat idoralari va manfaatdor
shaxslar bilan o’zaro munosabatlarini belgilash yuzasidan me’yorlarni aks ettiradigan «Yerlarni baholash to’g’risida»
Aholi yashash joylaridagi yerlardan foydalanish huquqiy rejimini, ular oboroti tartibini belgilash yuzasidan me’yorlarni aks
ettriadigan «Shahar va boshqa aholi yashash joylari yerlari to’g’risida»
328
Yer resurslaridan foydalanish tizimini erkinlashtirish strategiyasini amalga
oshirish albatta birinchi galda samarali va ta’sirchan faoliyat yurituvchi yer
resurslarini boshqarish organlari tizimining mavjudligiga bog‘liq. Ma’lumki,
mamlakatimiz yer resurslarini boshqarishdagi yagona davlat siyosati O‘zbekiston
Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, karto-grafiya va davlat kadastri davlat
qo‘mitasi (“Yergeodezkadastr”) va uning viloyatlardagi hududiy organlari
tomonidan amalga oshiriladi.
Binobarin, hozirgi bosqichda mamlakatimizda yer munosabatlarini davlat
tomonidan tartibga solishni yanada kuchaytirish uchun:
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat
kadastri davlat qo‘mitasi hududiy organlarining moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash, ularda davlat boshqaruvining asosiy funksiyasini saqlab qolish,
me’yoriy-uslubiy faoliyatni zamon talablari asosida rivoj-lantirish, yerlardan
foydalanish va himoya qilishda davlat nazoratini yanada kuchaytirish, yer tuzishni
o‘tkazishning tashkiliy jihatlarini takomillash-tirish, mamlakatimizning barcha
hududlarida davlat yer kadastrini yuritish-ni kengaytirish va yerlarning
monitoringini amalga oshirishning doimiy-ligi va tizimliligini ta’minlash;
mamlakatimizning barcha hududlari bo‘yicha to‘liq va ob’ektiv ma’lumot
olishni ta’minlash maqsadida yer resurslari to‘g‘risidagi ma’lu-motlarning tumanlar
darajasida shakllanishini hisobga olgan holda mamlakatimiz yer resurslarini
boshqarish bo‘yicha davlat vakolatlarini amalga oshiruvchi asosiy bo‘g‘inlardan
hisoblanadigan yer resurslari va davlat kadastri bo‘yicha tumanlar (shaharlar)
bo‘limlarini ularning shtatlarini kengaytirgan (3- 4 kishidan kam bo‘lmagan) holda
mustahkamlash;
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi markaziy apparati tarkibida yuridik
bo‘limni, hududiy bo‘limlarida esa yuridik xizmatni tashkil etish;
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tizimida kadrlarni takror tay-
yorlash va mutaxassislar malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish va amalga
oshirish kabi tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish dolzarb hisoblanadi.
329
Ayniqsa, yer resurslarini davlat tomonidan boshqarish tizimida qish-loq
xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, tuproq unumdorligini
saqlash va takror tiklash borasidagi davlat siyosatiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Bunda melioratsiya masalalarida, qishloq joylarda yer – agrar islohotini amalga
oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda, yer qonunchiligi borasida
Qishloq xo‘jaligi vazirligining roli-ni oshirish maqsadga muvofiqdir. Bunda albatta:
- yer qonunchiligi bo‘yicha qonunbuzarliklarning oldini olish yuzasidan
profilaktika ishlarini va yerdan foydalanish hamda muhofaza qilishni davlat
tomonidan nazorat qilish organlarining faoliyati to‘g‘risida aholini xabardor qilish
masalalarini kuchaytirish;
- yerdan maqsadsiz va samarasiz foydalanish natijasida keltirilgan zararni
aniqlash va qoplash mexanizmini amalga oshirish va takomillashtirish;
- yerdan foydalanish va muhofaza qilishni davlat tomonidan nazorat qilish
organlarining prokuratura, adliya, ichki ishlar va boshqa nazorat qiluvchi organlar
bilan hamkorligini yer qonunchiligiga rioya qilish bo‘yicha qo‘shma maqsadli
tekshirishlarni o‘tkazish yo‘li bilan mustahkamlash va takomillashtirish chora-
tadbirlarining ta’sirini kuchaytirish va samara-sini oshirish lozim deb hisoblaymiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 maydagi «Yerlarni
muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish yuzasidan nazo-ratni kuchaytirish,
geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlarini
yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘ri-sida»gi PF-5065-sonli Farmoni
92
va
shu sanadagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va
davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish choralari
to‘g‘risida»gi PQ-3024-sonli Qarori
93
yer resurslaridan foydalanish tizimini
erkinlashtirishning tash-kiliy-iqtisodiy mexanizmlari
va bu borada respublikamizda
yagona davlat siyosatini amalga oshirishning asoslarini yaratib berdi.
Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi sohasida, xususan yer
resurslaridan foydalanishda iqtisodiy-huquqiy islohotlarni amalga oshi-rish agrar
92
www.Norma
.uz
93
www.Lex
.uz
330
sohaning respublikamiz iqtisodiyotida, uning barcha tarmoqlarida islohotlarni
amalga oshirishda etakchi rol o‘ynashi belgilab qo‘yildi. Kelajakdagi iqtisodiy
taraqqiyot ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash hamda yer resurslarini boshqarish - yer
resurslarini o‘rganish va ularni kar-talarga tushirish, yer monitoringi va yer
kadastrini yuritishni, yerdan samarali foydalanishni bashoratlash, rejalashtirish va
loyihalashtirishni, yerlarni muhofaza qilishni nazorat qilish kabi asosiy
yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
Yer resurslaridan foydalanish tizimini yanada erkinlashtirish maqsa-dida
yerdan foydalanish tizimi davlat tomonidan boshqarilishini ta’min-lash va ayni
paytda davlat va yerdan foydalanuvchilar ehtiyojlarini hisobga olish o‘ta muhim
masala bo‘lib, shu asosida yer resurslarini boshqarishning davlat va bozor
mexanizmi tizimlarini ishlab chiqish va rivojlantirish talab etiladi. Ayni shu
ma’noda, yer resurslaridan foyda-lanishda yagona davlat siyosatini amalga
oshirishning istiqboldagi asosiy yo‘nalishlari 17.5 – sxemada keltirilgan.
Zamonaviy talablarga javob beradigan davlat yer kadastrini yuritish ishlarini
takomillashtirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:
- yerga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy huj-jatlar
ishlab chiqishni ta’minlash;
331
Do'stlaringiz bilan baham: |