га
балл
сўм
Р
Б
мтi
Х
т
(16.34)
bu yerda:
X
mt
– yer maydonida o‘tkazilgan meliorativ tadbirlar sarf-xarajati;
i – meliorativ tadbir turi (i=1,2,…, m);
R – tadbirlar o‘tkaziladigan yer maydoni hajmi, ga;
ΔB – meliorativ tadbirlar hisobiga bonitet balining oshgan qismi.
U holda, tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish (meliorativ tadbirlar)
qiymati R yer maydonida unumdorlikning ballarda ΔB o‘sishi quyidagiga teng
bo‘ladi:
Q
tutich
= Q
tich*
ΔB
*
R,
(16.35)
Bunday sharoitda uning to‘liq samaradorligi quyidagicha bo‘ladi:
TICH
s
= Q
nor.tich
- Q
amal.tich
= Q
nor. tich *
ΔB
*
R – Q
amal.tich *
ΔB
*
R = ΔB
*
R(Q
nor.tich
–
Q
amal.tich
) (16.36)
(16.34) ifodadan ko‘rinib turibdiki, meliorativ tadbirlarga sarflanadigan
xarajatlarning normativ ko‘rsatkichlardan qanchalik kam bo‘lsa, tuproq
312
unumdorligi ballari tadbirlarning turlari, hajmlari va qiymatiga nisbatan qanchalik
yuqori bo‘lsa, sug‘oriladigan yerlarni takror ishlab chiqarish samaradorligi
shunchalik yuqori bo‘ladi. Tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish
samaradorligini aniqlash uchun meliorativ tadbirlarga sarflanadigan xarajatlar, yer
maydonining hajmi aniqlanishi, tuproq unumdorligining o‘zgarishlari ballarda
ifoda etilishi, yer sifati monitoringini joriy etilishini talab etadi. Amalda ko‘pgina
tadbirlarning samarasi yil oxirigacha ro‘y bermaydi, kelgusi yillarda namoyon
bo‘ladi. Bunday vaziyatda, sikllar nuqtai nazaridan tuproq unumdorligini takror
ishlab chiqarish notekis bo‘lgani bois, tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish
har bir takror ishlab chiqarish sikli bo‘yicha har bir meliorativ tadbir turi
samaradorligining miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash va 1 ball bonitet
unumdorlikni takror ishlab chiqarish qiymatining solishtirma ko‘rsatkichini
belgilash kerak.
Unumdorlikni takror ishlab chiqarish yerdan foydalanuvchi sub’ekt, davlat
hisobidan yoki hamkorlikda amalga oshiriladi, bu holat takror ishlab chiqarishning
alohida xususiyatlarini ko‘rsatadi, chunki amalga oshirilayotgan tadbirlarni ular
o‘rtasida tabaqalashtiradi, tadbirlarning uyg‘unligi, ketma-ketligi, uzviyligi,
mutanosibligi, xarajatlarni hisob-kitob qilish va ularning umumiy samaradorligini
aniqlash uslubiyotini belgilaydi.
Fermerlar tomonidan jumladan, dalalar maydonlari yuzasini planirovka
qilish, dalalarni yuvish, chuqur shudgorlash, organik o‘g‘itlash kabi ayrim
meliorativ tadbirlar o‘tkazilmoqda, ularga sarflanadigan xarajatlar ishlab chiqarish
sarf-xarajatlari ro‘yxatiga kiritilgan. Paxta-beda-boshoqli ekinlarni almashlab
ekishni joriy etish agroxo‘jalik tadbirlarining amalga oshirilayotganiligini bildiradi.
Yer maydonlari bir qismining beda ekish uchun bo‘shatilishi bilan bog‘liq sarf-
xarajatlar ham tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish siklining dastlabki ikki
davri samaradorligini baholashda hisobga olinadi.
Shu bilan birga, kollektor-drenaj va irrigatsion tarmoqlarni tozalash va
ta’mirlash maxsus bo‘linmalar tomonidan davlat va mahalliy byudjet hisobiga
313
amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqta ushbu ishlarni moliyalashtirishning qanday
ulushi fermer xo‘jaliklari va davlat hissasiga to‘g‘ri kelishi masalasi
o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilning 17 iyundagi “Qishloq
xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-5742 son farmoni bilan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ
holatini uzluksiz yaxshilash choralarini ishlab chiqish va yerdan foydalanish
munosabatlariga
bozor
tamoyillarini
joriy
etgan
holda,
yerdan
foydalanuvchilarning irrigatsiya va kollektor-drenaj tarmoqlarini ishchi holatini
saqlash borasidagi mas’uliyatlari ham nazarda tutilgan. Xo‘jalikning ichki
meliorativ tarmoqlarini saqlab qolish va ularni fermer xo‘jaliklari balansiga
o‘tkazilishini maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz, magistral va xo‘jaliklararo
tarmoqlar esa byudjet hisobiga o‘tkazilishi kerak. Keyinchalik, fermer
xo‘jaliklarining iqtisodiy bazasi mustahkamlana borishi, ulgurji va chakana narxlar
tizimining takomillashuvi, soliqlarning optimallashuvi, barcha irrigatsiya va
kollektor tarmoqlarni hamda gidrotexnik inshootlarni iqtisodiyot tarmog‘i sifatida
Suv xo‘jaligi vazirligi balansiga o‘tkazilib, meliorativ sarf-xarajatlar qishloq
xo‘jaligida mavjud xo‘jalik yuritishning huquqiy-tashkiliy shakllarining barchasiga
taqsimlanishi kerak.
Sug‘oriladigan yerlarni takror ishlab chiqarishning tayanch nuqtasi bo‘lib
qishloq xo‘jaligi korxonalari xizmat qilmoqda.
Takror ishlab chiqarishning ekologik samaradorligini hisobga olgan holda
yerdan foydalanishda tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish siklining
uchinchi davri samaradorligi quyidagini tashkil etadi:
S
3
= S
iqt
*
S
ekol
= ΔB
*
R
*
(Q
nor.tich –
Q
amal.tich
) + Se
kol.
(16.37)
Agar sug‘oriladigan yerlardan foydalanishda (takror ishlab chiqarishning 2
davri) ekologik samaradorlik salbiy bo‘lsa ham, 3 davrda bu ko‘rsatkich albatta,
ijobiy bo‘ladi.
314
Shunday qilib, yerdan foydalanishda takror ishlab chiqarish siklining 3
davri, xuddi avvalgi ikki davri singari, amalga oshirilish samaradorligiga ega
bo‘lib, tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish mazmuniga bog‘liq.
Samaradorlik qishloq xo‘jaligi yili davomida iste’mol qilingan tuproq unumdorligi
va takror ishlab chiqarish sikli davomida takror ishlab chiqilgan unumdorlikning
nisbati bilan aniqlanadi. Tuproq unumdorligi iste’mol qilinganidan kamroq yoki
barobar takror ishlab chiqilgan bo‘lsa, unda samaradorlik salbiy, iste’mol qilingan
ko‘proq unumdorlik takror ishlab chiqarilsa, samaradorlik ijobiy bo‘ladi. Agar
meliorativ tadbirlarning o‘tkazilish muddati takror ishlab chiqarish sikli muddatiga
nisbatan uzoqroq davom etsa, samaradorlikni aniqlash biroz murakkablashadi va
o‘rtacha yillik (bir nechta to‘liq sikl) samaradorlik darajasini aniqlash taqozo
etiladi. Tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish samaradorligi yerlardan
foydalanishda takror ishlab chiqarish to‘liq siklining samaradorligini baholashda
inobatga olinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |