So‘ngi yillarda mamlakatimizda yer munosabatlarini tartibga solishga


Mustaqil o‘rganish uchun savollar



Download 5,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/76
Sana01.06.2022
Hajmi5,06 Mb.
#624677
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   76
Bog'liq
Davronbek

Mustaqil o‘rganish uchun savollar 
1.
Tuproqlar unumdorligini takror ishlab chiarish davri nima? 
2.
Tuproqlar unumdorligini takror ishlab chiqarish davrini amalga oshirish 
usullari va xususiyatlari nimalardan iborat? 
3.
Tuproqlar unumdorligini takror ishlab chiqarish nimalarda namoyon 
bo‘ladi? 
4.
Tuproqlar unumdorligini takror ishlab chiqarishda melioratsiyaning roli 
qanday? 
5.
Tuproqlar unumdorligini takror ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy 
muammolari nimalardan iborat? 
6.
Meliorativ tadbirlarning iqtisodiy samaradorligi nima bilan o‘lchanadi? 
7.
Yerlardan texnologik foydalanish samaradorligi deganda nimani tushunasiz? 
8.
Qishloq xo‘jalik ekinlarining xosildorliklari nimalar xisobiga ko‘tariladi? 
9.
Sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik yerlarini takror ishlab chiqarish sikli nima? 


315 
 
10. Sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik yerlarini takror ishlab chiqarish qanday 
davrlardan 
iborat?


316 
 
17. 
YER 
RESURSLARIDAN 
FOYDALANISH 
TASHKILIY-
IQTISODIY MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISHNING “YO‘L 
XARITALARI”NI ISHLAB CHIQISH ASOSLARI 
Yer resurslaridan foydalanish tizimi strategiyasini belgilash va uni 
muvaffaqiyatli amalga oshirish iqtisodiyotni rivojlantirishda yer munosa-batlari 
yuzasidan institutsional o‘zgarishlarning ustuvor yo‘nalishlarini aniq belgilab 
olishga imkoniyat yaratadi. Yer munosabatlari borasida strate-gik ustuvor 
yo‘nalishlarni belgilab olishning dolzarbligi yer resurslari-ning eng muhim iqtisodiy 
va ishlab chiqarish resurslaridan biri bo‘lib, nazariy va amaliy iqtisodiyotdagi 
fundamental tushunchalardan biri sifa-tida alohida o‘rganish va tadqiq qilish ob’ekti 
bo‘lganligi bilan izoh-lanadi. Ayniqsa bozor islohotlari va iqtisodiyotini 
erkinlashtirishni yanada chuqurlashtirish sharoitida yer resurslari davlat boshqaruvi 
va xususiy mulkchilikning, oldi-sotdi, ijara, garov, meros munosabatlarining stra-
tegik ob’ekti va iqtisodiy munosabatlarning shakllanishidagi asosiy omil sifatida 
xo‘jalik yuritish to‘g‘risidagi iqtisodiy siyosat, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot 
jarayonlarida mustahkam o‘rin va ahamiyatga ega bo‘lmoqda. 
Shu nuqtai nazardan hozirgi davrda yer munosabatlari yuzasidan insti-
tutsional va tashkiliy o‘zgarishlar borasidagi birinchi galdagi vazifalarga quyidagilar 
kiradi:
yerlarni ma’muriy taqsimlash tamoyilidan iqtisodiy taqsimlash tamoyiliga 
o‘tish;
yerlar va kapitalning haqiqiy mulkdorlar qo‘liga o‘tishi uchun shart-sharoitlar 
yaratish; 
qishloq xo‘jaligi yerlarining davlat tomonidan tartibga solinadigan bozor 
oboroti uchun huquqiy bazani shakllantirish;
yer ijarasi (shu jumladan uzoq muddatli) institutidan, ayniqsa tomorqa 
yerlarida subijaradan foydalanishni kengaytirish, uning iqtisodiy asoslarini 
kuchaytirish; 


317 
 
fermer xo‘jaliklarida yerdan foydalanishni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish. 
Mamlakatimizda hozirgi bosqichgacha olib borilgan yerni tasarruf etish, 
yerga egalik qilish va undan foydalanish munosabatlarini isloh etish-ning darajasi va 
sifatiga baho beradigan bo‘lsak, umuman ijobiy natijalar bo‘lgan bo‘lsa ham, shu 
bilan birga bu sohadagi islohotlar uzviy-lik, tizim-lilik sifatlarini kasb etmagani 
holda u juda ham sust olib borildi. Yer islohotini amalga oshirish aniq va asoslangan 
dasturiy konsepsiya va reja-lar bilan ta’minlanmadi, yer islohotini amalga 
oshiruvchi organlarning vakolat va majburiyatlari aniq qilib belgilanmadi. Yer 
islohoti asosan qishloq xo‘jaligiga molik yerlardagina amalga oshirildi, yerni 
soliqqa tor-tish va ijara haqini olish tamoyillari eskiligicha qolib ketdi. Yer kodek-
sida yer munosabatlarini tartibga solish yuzasidan vakolatli davlat organi, uning 
vakolat va majburiyatlari belgilanmadi. Yerga bo‘lgan huquqni kredit-ni 
rasmiylashtirayotgan paytda garovga qo‘yish mexanizmi ishlab chiqilmadi.
Yer islohotlarini moliyaviy, moddiy va kadrlar bilan ta’minlash darajasi 
pastligicha qolib ketmoqda. Yer tuzish ishlari, yer kadastrini yangi asosda yaratish, 
yerga bo‘lgan huquq hujjatlarini rasmiylashtirish, yerlarni yoppasiga baholashni 
o‘tkazish, yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni iqtisodiy 
rag‘batlantirish tizimini yaratish bo‘yicha ishlar bugungi kun talabiga javob 
bermaydi.
Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, har qanday davlat rivoj-lanishi va 
o‘sishining bosh manbasi bo‘lib yer resurslari hisoblanadi. Yerning ahami-yatligiga 
mutanosib ravishda davlat o‘zining yer resurslarini boshqarish va foydalanish 
tizimini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Yerning 
juda 
ko‘p ijtimoiy-ishlab 
chiqarish funksiyalarining mavjud-ligi huquqiy, siyosiy, moliyaviy, ijtimoiy-
iqtisodiy, tabiatni muhofaza qilish, texnologik va boshqa jihatlarini qamrab oladigan 
boshqarish harakatlarining ham mos ravishda ko‘p xilliligini taqozo etadi. SHu 
nuqtai nazardan, mamlakatimizda yerdan foydalanishning nafaqat davlat tomonidan 
tartibga solinadigan, balki bozor talablari va mulkchilik hamda xo‘jalik yuritish har 


318 
 
xil shakl-larining o‘ziga xos xususiyatlarini ham hisobga oladigan zamonaviy prinsi-
pial yangi tizimi yaratilishi lozim. Mazkur tamoyillardan kelib chiqqan holda 
nafaqat me’yoriy-huquqiy bazani, balki yer resurslarini boshqarish va 
foydalanishning barcha davlat tizimi va bozor mexanizmlarini, yer oboro-tini davlat 
tomonidan tartibga solishni va yer islohotining iqtisodiy mexanizmlarini ham 
shakllantirish lozim. 
Yer munosabatlarini tartibga solishda iqtisodiy jihatdan samarali, 
mutanosiblashgan va oqilona tashkil etilgan siyosatni yuritish O‘zbekiston 
iqtisodiyotini isloh etish umumiy strategiyasining muhim bazaviy unsurla-ridan biri 
bo‘lmog‘i lozim. Boshqacha aytganda, jamiyatdagi yerning o‘ziga xos va 
ko‘pfunksiyali roliga va yerdan foydalanishga murakkab ijtimoiy-iqti-sodiy jarayon 
sifatida yetarlicha baho bermaslik yerdan foydalanishning samarali konsepsiyasi 
yo‘qligiga sabab bo‘lmoqda. Shu nuqtai nazardan, bu borada umumiy iqtisodiy 
jarayonlarga mamlakatimiz yer resurslarini kiritish, ulardan oqilona foydalanish va 
muhofaza qilish, yerdan foyda-lanishning takomillashgan (maqbul) milliy tizimini 
yaratish maqsadida Yer resurslaridan foydalanish tizimini erkinlashtirishning milliy 
Konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish zarurati mavjud. Bunday 
yondashuv yerga bo‘lgan moddiy va boshqa huquqlarni amalga oshirish va 
kafolatlashni ta’minlashga, yerdan foydalanishda ijtimoiy adolatga erishishga va 
mahal-liy byudjetlarga yer uchun to‘lovlarning ko‘payishiga, shuningdek davlat yer 
kadastri negizida yer resurslarini boshqarishning samarali informatsion tizimini 
yaratishga imkon tug‘diradi. 
Konsepsiya o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra yer munosabatlarini rivojlan-
tirishning bozor islohotlari tizimidagi konsepsiyasi bo‘lmog‘i lozim. Unda birinchi 
darajali e’tibor, ayniqsa bozor iqtisodiyoti nuqtai nazaridan, yerdan foydalanishning 
iqtisodiy jihatiga berilishi kerak. Yer rentasining barcha turlarini hisoblash, 
bonitirovka qilish va yerlarning qiymatini hisoblash, soliq solish tizimini 
takomillashtirish, ipoteka tizimini rivojlantirish, hududlarni rivojlantirishga 
investitsiya qilishning tar-tibi va shartlarini aniqlash, yerlarning unumdorligini 


319 
 
takror ishlab chiqarish mexanizmini joriy qilish va ulardan oqilona foydalanishni 
rag‘batlantirish, yer uchastkalari bilan bitimlarni amalga oshirish, yerdan 
foydalanishning mintaqaviy tizimini joriy qilish (Farg‘ona vodiysi, Zarafshon 
vodiysi va boshqalar) kabi muammolar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni vaqtda 
tanlangan strategik maqsad bir tomondan kam xarajat-larni talab qiladigan va 
boshqa tomondan esa, yaqin orada samarali iqtisodiy natija ham beradigan ustuvor 
yo‘nalishlarni tanlashga qaratilishi lozim. Iqtisodiyotning barqarorlashgani sayin hal 
qilinishi lozim bo‘lgan muam-molar soni va ko‘lami kengayib borishi va 
bosqichma-bosqich yirik xarajat-larni talab qiluvchi, lekin tez iqtisodiy samara 
bermaydigan yo‘nalishlar bo‘yicha ham ishlarni amalga oshirib borish lozim. 
Albatta, mazkur Konsepsiyani amalga oshirish bir qator maxsus dastur-larni 
qabul qilish va amalga oshirishni nazarda tutadi, uni moliyalashtirish-ning esa davlat 
byudjeti bilan birgalikda ko‘proq byudjetdan tashqari inves-titsiyalarni va xalqaro 
moliya manbalarini jalb qilish muhim hisoblanadi. Mazkur dasturlar (iqtisodiyot 
tarmoqlari va sohalarini joylashtirish va rivojlantirish, yer-suv va xom ashyo resurs-
laridan oqilona foydalanish, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa-lar) davlat va 
mahalliy hokimiyat organlari, vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik 
xo‘jalik sub’ektlarining investitsiya takliflarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi 
lozim. 
Ushbu dasturlar mamlakat va barcha mintaqalar rivojlanishining asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining istiqboldagi parametrlarini, shuningdek ushbu 
ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlashga yo‘naltirilgan investitsiya dasturlarini va 
tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy va texno-ekologik chora-tadbirlarni o‘zida aks ettirishi 
lozim (17.1-sxema). 


320 
 

Download 5,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish