So‘ngi yillarda mamlakatimizda yer munosabatlarini tartibga solishga


Yer resurslaridan foydalanish tizimini takomillashtirish (tuproq unumdorligi, yerlarning



Download 5,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/76
Sana01.06.2022
Hajmi5,06 Mb.
#624677
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   76
Bog'liq
Davronbek

Yer resurslaridan foydalanish tizimini takomillashtirish (tuproq unumdorligi, yerlarning 
ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirish va takror tiklash, sug‘oriladigan, alohida 
qiymatga ega va muhofaza qilinadigan yerlarni asossiz oborotdan chiqarishning oldini olish, 
yerlarni muhofaza qilish) mexanizmlari va yo‘llari
:
↓ ↓ ↓ ↓ 
Tashkiliy 
 
Huquqiy 
 
Iqtisodiy 
Texno-ekologik 
↓ ↓ ↓ ↓ 
Yer tuzish ishlarining 
samarasini oshirish 
Yerlarni huquqiy 
muhofaza qilish 
normalarini 
takomillashtirish 
Yerlarni baholash va 
bozor narxini 
shakllantirish
Yerlarning ekologik 
holatini yaxshilash
texnologiyalari- 
ni joriy qilish 
Ishlab chiqarish 
kuchlarini oqilona 
joylashtirish 
Yerlarni talon-taroj 
qilgan shaxslarning 
javobgarligi
normalarini 
kuchaytirish 
Xususiylashtirish va 
yer jamg‘armasini 
joriy qilish va h. 
Yerlarni melioratsiya 
qilish texnologiyalarini 
takomillashtirish 
Yer monitoringining 
yagona tizimini amalga 
oshirish 
Ijara munosabatlarini 
kafolatlash normalarini 
takomillashtirish 
Yerlarni soliqqa 
tortishni 
tabaqalashtirishni 
kuchaytirish 
Yerlar eroziyaga uchra-
shining oldini 
olish va uni bartaraf 
qilish texnologiyasini
yaratish 
Davlat kadastrini to‘liq 
va keng qamrovli 
amalga oshirishga 
erishish 
Yerdan foydalanish 
tizimi iqtisodiy 
mexanizmi normalarini 
kuchaytirish 
Yerdan ijara shaklida 
foydalanishni 
kuchaytirish
Yerlarni rekulti- 
vatsiya qilish texno-
logiyasini joriy
qilish va h.k. 
 
Davlat va jamoat 
ekspyertizasini yo‘lga 
qo‘yish 
Yerdan foydalanish 
tizimi normalarini 
ekologiyalashtirish 
Rekultivatsiya va
melioratsiya qilishni 
davlat byudjetidan 
moliyalashtirish 
Yerdan foydalanish va 
uni muhofaza qilish 
nazoratini kuchaytirish 
va h.k. 
Yer huquqbuzarligiga 
nisbatan jazoning 
muqarrarligini 
ta’minlash 
Yerdan foydalanish 
tadbirlarini kreditlash 
va investitsiyalash
 
17.1-sxema. Yer resurslaridan foydalanish tizimini takomillashtirish 
tadbirlari
88
 
 
 
Xo‘jalik yuritishning bozor mexanizmlari sharoitida yer resurs-laridan 
foydalanish strategiyasi konsepsiyasining asosiy tamoyillarini asoslash va samarali 
tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi ( 17.2. – sxema). 
88
Муаллиф тадқиқотлари асосида тузилган 


321 
 
17.2. – sxema. Xo‘jalik yuritishning bozor mexanizmlari sharo-itida yer 
resurslaridan foydalanish strategiyasi konsepsiyasining asosiy tamoyillari
89
 
Konsepsiyaning muhim va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishla-ridan 
biri bo‘lib yer resurslaridan oqilona foydalanishni rejalashtirish (bashoratlash) va 
boshqarish, yerlarni baholash, yer uchun haqning barcha turlarini hamda yerni 
soliqqa tortishni belgilash, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda davlat 
nazoratini amalga oshirish, yer uchastkasiga 
bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va u bilan amallar bajarish, 
shuningdek yer bozorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladigan davlat yer 
kadastrini yuritishni bozor talablari va shartlaridan kelib chiqqan holda 
takomillashtirish bo‘lmog‘i lozim deb hisoblaymiz.
89
Муаллиф тадқиқотлари асосида тузилган 


322 
 
Bu borada yer resurslarini boshqarishning hozirgi bosqichidagi birdan-bir tub 
yo‘nalishlardan bo‘lib yer munosabatlari sohasida bozor mexanizm-larining 
barqaror amal qilishini ta’minlash hisoblanadi. Mazkur vazifani echishda yer 
resurslarini boshqarishda informatsion asosni tashkil qiluvchi davlat yer kadastri 
tizimining samaradorligini oshirish lozim, bu esa, o‘z navbatida mazkur tizimga 
qo‘shimcha ma’lumotlar va uni yuritishning texno-logik jarayoniga o‘zgartishlar 
kiritishni taqozo etmoqda. Kadastr ishlari-ning hozirgi an’anaviy sxemasi faqat 
qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida bo‘lib, uni mamlakatimiz yer resurslaridan 
foydalanish tizimi nuqtai nazaridan yondashgan holda tubdan yangilash va 
takomillashtirish talab etilmoqda. SHuning uchun Konsepsiyani amalga 
oshirishning dastlabki bosqichida (1-bosqich) bu boradagi asosiy tadbirlarga: 
davlat yer kadastrini yurgizish tizimining hozirgi zamon talablariga javob 
beradigan 
qonunchilik 
va 
me’yoriy-texnikaviy bazasini shakllan-tirish, 
takomillashtirish va rivojlantirish; 
ma’lumotlarni iste’mol qiluvchilar ehtiyojlaridan kelib chiqib tah-lil qilish 
asosida davlat yer kadastri ko‘rsatkichlari, ma’lumotlar oqimi, hujjatlar va boshqa 
zarur komponentlarni o‘rganishda ma’lumotlarni iste’mol qiluvchilar bilan o‘zaro 
ta’sir mexanizmlarini aniqlash tizimini ishlab chiqish; 
yer kadastrining me’yoriy-huquqiy bazasini yaratish bo‘yicha ishlarni olib 
borishni, tizimning tizimli va texnikaviy loyihalarini va dasturiy vositalar 
kompleksini ishlab chiqishni, ma’lumotlarni himoya qilish va o‘tkazishni tashkil 
qilishni, dasturiy-texnikaviy komplekslarni ishga solishni, ta’minlovchi tuzilmalarni 
ishga solishni, shuningdek kadrlarni tayyorlash va takror tayyorlashni nazarda 
tutuvchi «Yer kadastrini yuritishning avtomatlashgan tizimini yaratish» maqsadli 
dasturini tayyorlash va amalga oshirish; 
yer uchastkalariga, bino va inshootlarga unikal raqamlarni berish maqsadida 
mamlakatimiz hududining kadastr bo‘linishini yakunlash; 
davlat yer kadastrini yuritishning yagona tartibini ta’minlash; 


323 
 
fuqaro va yuridik shaxslarning kadastr ma’lumotlariga ega bo‘lish-larini, 
ularni olish uchun to‘lov tamoyillarini o‘rnatish; 
davlat yer kadastri ma’lumotlari doirasida respublika yerlari va mu’muriy-
hududiy bo‘linmalar yerlari tug‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish; 
har bir hisob darajasi uchun yer-kadastr hujjatlari tarkibini, uning shakllari va 
ularni to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalarni takomillashtirish; 
yerlarni kartografiya qilish, tuproq, geobotanik, topografo-geodezik va boshqa 
o‘rganish va izlanishlar, yerlarni baholash, ularning holatini kuzatish va boshqa 
davlat yer kadastrini yuritish bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha ishlarni 
tashkil etish; 
yer resurslarining miqdori, holati va bahosi to‘g‘risidagi ma’lumot-larga 
bo‘lgan talabni doimo va tizimli o‘rganishni amalga oshirish, davlat yer kadastrini 
yuritishni doimo takomillashtirish, unga xalq xo‘jaligi va tabiatni muhofaza qilish 
ehtiyojlariga tegishli ma’lumotlarni kiritish; 
yerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimlashtirish, o‘rganish va saq-lashni 
ta’minlash, shuningdek davlat yer kadastrining oshkora qilish mumkin bo‘lgan 
matyeriallarini nashr qilishni tashkil etish; 
yer resurslarining huquqiy, xo‘jalik va sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va 
baholash yuzasidan litsenziyalanadigan xususiy maslahat (audit) xizmatini tashkil 
etish; 
davlat yer kadastri ma’lumotlari va yerlar monitoringi asosida har yili 
O‘zbekiston Respublikasi yerlaridan foydalanishning holati to‘g‘risi-dagi milliy 
hisobot yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-sining qarorini 
qabul qilish. 
Konsepsiyani amalga oshirishning keyingi bosqichida (2-bosqich):
yer kadastrini avtomatizatsiyalashgan holda yuritishni ta’minlaydigan 
dasturiy-texnikaviy komplekslarni joriy etish;


324 
 
yagona umumrespublika andozalari, ma’lumot ayirboshlash shakllari, 
klassifikatorlar va texnologik tartib-taomillar asosida kadastr ma’lu-motlarini 
uzatish tizimini yaratish va uni amalga oshirish; 
yagona tamoyillar, shakllar va tartib-taomillar asosida davlat yer kadastri 
bilan tarmoq kadastrlarining (shaharsozlik, o‘rmon, suv) o‘zaro bog‘liqligini 
ta’minlash; 
ma’lumotlarni sanksiyalashtirilmagan holda olishdan himoyalash tizimini 
ishlab chiqish va tashkil etish, foydalanilayotgan asbob-uskuna-larni va dasturiy 
ta’minotni majburiy syertifikatlash asosida kadastr ma’lumotlari bazasining 
xavfsizligini ta’minlash; 
davlat yer kadastri bilan boshqa tarmoq kadastr bazalarining integ-
ratsiyalashuvi yo‘li orqali O‘zbekiston Respublikasining yagona kadastrini yo‘lga 
qo‘yish; 
respublika yerlari va ma’muriy-hududiy bo‘linmalar yerlari to‘g‘risi-dagi 
ma’lumotlar bazasini yaratish. 
Konsepsiyaning kompleks tadbirlari tarkibida yerlardan oqilona foydalanish 
va ularni muhofaza qilishni ta’minlovchi, davlat yer kadas-trini yurituvchi va yer 
resurslarini samarali boshqarish tizimining boshqa yo‘nalishlarini qamrab oladigan 
yer tuzish ishlari muhim o‘rin tutmog‘i lozim. 
Hozirgi kunda yerlardan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash 
va oshirish, shuningdek yerlardan foydalanish va holatini kuza-tishni huquqiy, 
iqtisodiy va ekologik asoslashni o‘z ichiga oladigan kompleks yer tuzish ishlari 
amalga oshirilmayapti. Mazkur ishlarni moliya-lashtirish va tashkil etishdagi 
kamchiliklar yerdan foydalanish barqarorligining shakl-lanishi va oziq-ovqat 
xavfsizligini ta’minlash, yerlarning holatida negativ jarayonlarning oldini olish 
uchun shart-sharoitlar yaratishdek strategik vazifani bajarishdagi murakkabliklarga 
olib kelmoqda.
Yerlardan to‘lov asosida foydalanish va yerlarni soliqqa tortish tamoyillarini 
isloh qilish, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat ishti-rokchilari bo‘lgan yer 


325 
 
bozorini rivojlantirish yerlarni zamonaviy talab-larga javob beradigan tarzda 
baholashni taqozo etmoqda. Bu yerda asosiy yondashuv shunday bo‘lishi kerakki, 
yer uchastkalarini ularda yoki ularning tagida joylashgan boshqa infrastruktura 
ob’ektlari bilan birga alohida-alohida baholash bo‘lmog‘i lozim. 
Bu borada Konsepsiyani amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari qsyidagi 
17.3. – sxemada keltirilgan:

Download 5,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish