So‘ngi yillarda mamlakatimizda yer munosabatlarini tartibga solishga


Mustaqil o‘rganish uchun savollar



Download 5,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/76
Sana01.06.2022
Hajmi5,06 Mb.
#624677
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   76
Bog'liq
Davronbek

Mustaqil o‘rganish uchun savollar 
1.
Yerdan foydalanish tamoyillari deganda nimani tushunasiz? 


146 
2.
Yerdan foydalanishning umumiy tamoyillarini sanab bering. 
3.
Yerdan foydalanishning iqtisodiy tamoyillarini sanab bering. 
4.
Yerdan foydalanish iqtisodiy jihatining ustuvorligi tamoyilining mohiyati 
nimadan iborat? 
5.
Yerdan 
foydalanishni 
davlat 
boshqaruvi 
tamoyilining 
mazmunini 
tushuntiring. 
6.
Yerdan foydalanishni optimallashtirish tamoyilining mazmuni nimadan 
iborat? 
7.
Yerlardan foydalanishning to‘lovliligi tamoyilining mazmunini tushuntiring. 
8.
Yerlardan foydalanish jarayonida ularni takror ishlab chiqarish tamoyilining 
mazmunini tushuntiring.


147 
9. YER RENTASI NAZARIYASI, UNING METODOLOGIYASI VA 
HOZIRGI ZAMON MUAMMOLARI 
 
Yerlardan foydalanishni iqtisodiy tartibga solish tizimini shakllantirish yer 
rentasi nazariyasi sifatidagi metodologik mexanizmni ishlab chiqishni talab etadi, 
albatta. Yer rentasi, avvalambor daromad omili bo‘lib, uning mavjudligi 
iqtisodiyot tarmoqlarida, ayniqsa qishloq xo‘jaligida hisobga olinmasligi mumkin 
bo‘lmagan yerning bir qator o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Yer rentasi 
nazariyasi iqtisodiy doktrina bo‘lib, u ikki qismdan iborat: birinchi qismi yer 
rentasi vujudga kelishining sabablari, shartlari va manbasini tushuntiradi, uning 
turlarini ajratadi, ikkinchisi esa, rentani taqsimlash masalalari bilan bog‘liqdir.
Iqtisodiy nazariya klassiklari tomonidan ishlab chiqilgan renta munosabatlari 
xususiyatlari va qonuniyatlari, ular orqali aniqlangan jamiyat boyligini taqsimlash 
va takror taqsimlash usullari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. 
SHuning uchun ham yerdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmini, shu jumladan 
yerning qiymati, yer solig‘i, ijara haqi kabi muhim iqtisodiy tushunchalarni 
asoslash bilan bog‘liq bir qatorda amaliy masalalarni echish uchun undan 
foydalanish mumkin va lozim. 
Iqtisodiy fanda yer rentasi mohiyatini birinchilardan bo‘lib fiziokrat olimlar 
F.Kene va A.Tyurgolar ochishga harakat qilib, yer rentasi tabiati ikki yoqlama 
xarakterga ega bo‘lib, bir tomondan uning manbasi yerning xususiyatlari 
hisoblansa, ikkinchi tomondan qishloq xo‘jaligidagi mehnat ekanligini ma’lum 
qilishgan
21
. Yer rentasi nazariyasining asosiy qoidalarini iqtisodiyot nazariyasi 
klassiklari U.Petti, A.Smit, D.Rikardo, K.Marks, A.Marshal va boshqalar qiymat 
nazariyasidan kelib chiqib o‘rganishgan. Ular renta va yer mulkchiligini 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq deb hisoblashgan. A.Smit yer xususiy mulk bo‘lishi 
bilanoq yer egasi yollanma ishchi tomonidan ushbu yerda etishtirilgan yoki 
21
Жид Ш. История экономических учений. – М.:Экономическое наследие, 1995.-544 с.с.26-27 


148 
yig‘ishtirilgan deyarli har qanday mahsulotdan o‘z ulushini talab qila boshlashini 
ta’kidlagan
22

K.Marksning ta’kidlashicha, rentaning o‘ziga xos shakli qanday bo‘lishidan 
qat’iy nazar uning barcha tiplariga rentani o‘zlashtirish iqtisodiy shakl ekanligi 
umumiy hol bo‘lib, bunda yer mulkchiligi realizatsiya bo‘ladi va yer rentasi o‘z 
navbatida yer mulkchiligini taqozo qiladi
23
.
U.Petti rentani qo‘shimcha qiymat bilan tenglashtiradi va qo‘shimcha 
mehnatning natijasi deb talqin qiladi. U differensial rentaning vujudga kelishini yer 
uchastkalarining joylashishi va yer unumdorligining xar xilliligi bilan bog‘liqlikda 
tushuntiradi
24
. Uillyam Petti bu bilan yer narxi muammosini ilgari suradi. 
U.Pettining yer rentasi tushunchasini umumlashtirib, birinchidan, yer rentasi ishlab 
chiqilgan mahsulotdan ishlab chiqarish omillari – mehnat va kapital sarfini 
chegirishdan qolgan qismi, ikkinchidan, daromad manbai bo‘lib yerning mahsulot 
(yerning sof mahsuloti) ishlab chiqarishdagi ulushini ifoda etadigan yer ishtirokida 
ishlab chiqarilgan mahsulotning bir qismi hisoblanadi, uchinchidan, yer rentasini 
oluvchi yer egasi hisoblanadi degan xulosaga kelish mumkin. 
A.Smit qiymatning mehnat nazariyasiga ko‘ra, renta foyda sifatida mehnat 
natijasi hisoblanishini isbotlash bilan birga, u yer rentasini tabiat mahsuloti 
ekanligini ham ta’kidlaydi. U “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risidagi 
o‘rganishlar” nomli asarida “ish haqi, foyda va renta har qanday daromadning 
boshlang‘ich manbasi hisoblanadi” deydi. A.Smit hozirgi kunda ham ko‘plab 
iqtisodchilar tomonidan ko‘tarila-yotgan yer rentasi tovar narxiga kiradimi degan 
savolga javob berib “...endi yollanma ishchi yer egasiga uning mehnati bilan 
yaratilgan mahsulotning bir qismini berishi kerak. O‘sha bir qism yoki o‘sha 
qismning narxi yer rentasini tashkil qiladi va ushbu renta tovar narxining uchinchi 
qismini tashkil qiladi” deydi. U yer uchastkasining joylashishiga e’tibor berib “yer 
22
Смит А. Исследования о природе и причинах богатства народов. Щедевры мировой экономической 
мысли.-Петрокоммерц, 1993.-320 с.с.56 
23
Маркс К. Капитал. Критика политической экономии. К.Маркс, Ф.Энгельс. т.3ч.2-М.: Издательство 
политической литературы.-1962.-551 с.с.183 
24
Петти У.Трактат о налогах 
и сборах. Щедевры мировой экономической мысли.- 
Петрокоммерц,1993.-320с. с.33 


149 
rentasi nafaqat yerning unumdorligiga, balki yerning unumdorligi qanday 
bo‘lishidan qat’iy nazar uning joylashgan joyiga bog‘liq holda ham o‘zgarib 
boradi. Foydalanishga loyiq yer mamlakatning uzoq mintaqasida joylashgan xuddi 
shunday unumdor yerdan ko‘ra ko‘p renta beradi” deb ta’kidlaydi. So‘ng A.Smit 
ko‘p hollarda daromad turlari – kapitaldan olinadigan foyda yoki yerdan 
olinadigan rentani agar ularning ikkalasi ham bir shaxsga tegishli bo‘lsa, bir-
biridan farqlay olishmaydi deb ta’kidlaydi. Ushbu masala fermer bir vaqtda 
yerning egasi va undan foydalanuvchi (ijarachi) bo‘lgan bugungi kunda ham 
dolzarb hisoblanadi. Bunday holatda fermer yer egasi sifatida renta oladi va fermer 
sifatida foyda oladi, lekin yer rentasini davlatga yer solig‘i (yer ijarasi) shaklida 
takror taqsimlaydi.
A.Smitning yer rentasi nazariyasini umumlashtirganda, birinchidan, yer 
rentasi bu – mahsulot qiymatining mehnat va kapital sarfidan ortgan qismi, 
ikkinchidan, renta mahsulot qiymati orqali aniqlanadi, teskari emas, uchinchidan, 
yer rentasini (mahsulot qiymatini) ishchi mehnati, yer va kapital yaratadi, 
to‘rtinchidan, yer rentasi nafaqat yerning unumdorligiga bog‘liq, balki uning 
joylashishiga ham bog‘liq holda o‘zgaradi va, beshinchidan, agar fermer yerning 
mulkdori bo‘lsa, rentani uning o‘zi oladi, agar yer ijarachisi bo‘lsa, renta yer 
mulkdoriga tegishli bo‘ladi. 
Ma’lumki, D.Rikardoning yer rentasi nazariyasi ilmiy adabiyotlarda keng 
muhokama qilinadi. Dj.Andersonning renta to‘g‘risidagi ta’limoti ifodalangan 
“Non qonunlari tabiati tadqiqoti” (1777 y.) asaridan keyin D.Rikardoning 1817 
yilda “Siyosiy iqtisod va soliq solishning ibtidosi” asari chop qilingan. XIX asr 
maqolalarida aynan Dj.Andersonni birinchi renta nazariyotchisi sifatida e’tirof 
qilishadi va keyinchalik uning g‘oyalarini D.Rikardo, Dj.Mill, A.Marshal, 
Dj.Klarklar rivojlantirishgan. Dj.Anderson renta vujudga kelishining ikkita teng 
qimmatga ega sababini aniqladi, ya’ni yer unumdorligining har xilliligi va uning 
pasaygani sayin ishlab chiqarishga yer uchastkalari kiritilib boriladi, shuningdek 
yerni intensiv ishlatgan (qo‘shimcha xarajat qilmasdan) sayin mahsulotning o‘sishi 


150 
kamayib boradi. Bu esa, keyinchalik rentani vujudga kelish sabablariga ko‘ra, 
differensial renta I va differensial renta II ga ajratib o‘rganishga olib keldi. SHunga 
ko‘ra, D.Rikardo renta vujudga kelishining ikkala sababini ham o‘rgangan bo‘lsa, 
Dj.Klark esa faqat ikkinchi sababini o‘rganadi. Mohiyatiga binoan Dj.Andyerson 
bu bilan oxirgi (chegaraviy) unumdorlikning pasayishi qonuniga asoslanib, 
marjinalizm nazariyasiga asos soldi
25

1815 yilda Angliyada E.Uest, R.Torrens, T.Maltus va D.Rikardolarning bir-
biridan mustaqil tarzda differensial renta nazariyasi haqidagi ta’limotlari chop 
qilindi. Ularda g‘allaning yuqori narxi bilan unumdorligi past va foydalanishga 
uncha yaroqli bo‘lmagan yerlarning ekin ekishga kiritilayotganligi sababli yer 
unumdorligining 
pasayayotganligi 
haqida 
xulosalar 
qilishgan 
va 
texnologiyalardagi o‘zgarishlarga qaramasdan qishloq xo‘jaligi natijalari pasayib 
borishini ta’kidlashgan
26
. Ular ham pirovard natijalarning pasayib borish qonuni 
yerdan ekstensivdan ko‘ra intensiv foydalanish natijalarini tavsiflashini qayd 
qilishadi va mahsulotning narxi uni ishlab chiqarishning eng yomon sharoitlari 
orqali tartibga solinadi degan xulosaga kelishadi va bundan renta bu – mehnat va 
kapital xarajatidan yuqori sharoitlarda ishlayotgan fermerning ortiqcha 
mahsulotidir va bu mahsulot renta hisoblanadi va yer egasiga to‘lanadi deyishadi
27

T.Maltus rentada muhim jihatni ko‘radi va u uni yer unumdorligi bir xil 
bo‘lmaganda yerlarga sarflangan kapital har xil foyda berishida va o‘rtacha 
unumdor yerdan olingan foyda bilan unumdorroq yerdan olingan foyda o‘rtasidagi 
farq (diffyerence) rentaning maxsus kategoriyasi – differensial rentani tashkil 
qilishida ko‘radi
28

D.Rikardo o‘zining yer rentasi nazariyasida renta shakllanishida har qanday 
tabiiy omilning ishtirokini inkor qiladi. Uning fikricha, renta aholining o‘sishi 
natijasida eng past sifatdagi yoki eng yomon joylashgan yerdan ham foydalanishga 
majbur bo‘lgan paytda vujudga keladi. Renta yaxshi yerlarning kamyobligi va 
25
Кларк Дж. Распределение богатства.-М.:Экономика, 1992.-446 с. с.11.
26
Блауг М. Экономическая мысль в ретроспективе. Пер. с англ. 4-е изд.-М.: Дело ЛТД.-1994.-720 с. с.71.
27
Ўша жойда, 73 б. 
28
Жид Ш. История экономических учений. – М.:Экономическое наследие, 1995.-544 с.с.120-124 


151 
yomon sifatli yerlarni o‘zlashtirish zaruratidan vujudga keladi
29
. Bizningcha, ushbu 
tasdiqlarni rentaning to‘liq tushunchasi deyish qiyin, Holbuki kamyob yerlar bu – 
renta vujudga kelishining sharti deb tushunish kerak. Qolaversa, eng yomon yerda 
ham mahsulot narxi ishlab chiqarish qiymati va ushbu yerdagi mehnat bilan 
o‘lchanadi. Albatta, renta hosil bo‘lmaydigan yer kategoriyalari ham bo‘lishi 
mumkin, ularda faqat yerga ishlov berish xarajatlari qoplanadi, xolos. 
D.Rikardo renta ta’limotini qiymatning mehnat nazariyasiga tayanib 
rivojlantiradi. U rentani foydaning alohida qismi deyish bilan birga, foydani ish 
haqidan ortgan qiymat sifatida ko‘radi. U o‘zining bunday fikri bilan renta qiymat 
qonuniga binoan mehnat bilan vujudga kelishini, uni foyda va kapital bilan 
chalkashtirmaslikni uqtiradi. Yer mulkchiligini yer rentasining birdan bir asosi deb 
hisoblaydi. U yerning xususiyatlari – cheklanganligi, unumdorligi va joylashgan 
joyi har xilliligiga e’tibor qaratadi. Bu bilan u rentani vujudga keltiruvchi omillarni 
aniqlaydi. 
D.Rikardoning renta to‘g‘risidagi konsepsiyasi ayrim tuzatishlarni hisobga 
olganda hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgan emas. U “...yerdan 
foydalanganlik uchun renta har doim faqat yerning miqdori cheksiz emasligi, sifati 
esa har xilliligi uchun to‘lanadi...” deb hisoblaydi
30
. Aholi soni ko‘paygan sayin 
mehnat xarajatlari yuqoriligi hisobidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qiymati 
ham yuqori bo‘lishiga olib keladigan sifati va joylashgan joyi yomon yangi yer 
uchastkalariga ishlov berish zarurati paydo bo‘layotganligi bugungi kun realligiga 
aylanmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, D.Rikardoning yer rentasi 
nazariyasini umumlashtirib quyidagi xulosalarga kelish mumkin: renta qiymat 
qonuniga muvofiq shakllanadi, foydaning o‘ziga xos alohida qismi bo‘lgan mehnat 
orqali yaratiladi; ishlab chiqarishda barcha uch omil ham – mehnat, yer, kapital 
ishtirok etadi; rentani foyda va kapital foizi bilan chalkashtirmaslik kerak; rentani 
tashkil etadigan omillarga yer uchastkalarining har xil tabiiy salohiyati 
(unumdorligi) va ushbu uchastkalarning mahsulotni sotish bozorlariga nisbatan har 
29
Ўша жойда, 126-127 б. 
30
Рикардр Д. Начала политической экономии и налогового обложения. Щедевры мировой экономической 
мысли. –Петрокоммерц, 1993-320 с. с.112. 


152 
xil uzoqlikda joylashishi kiradi; yaxshi yerlarning kamyobligi va yerlarning mulkiy 
holati renta shakllanishining shartlari hisoblanadi; renta qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari qiymatiga kirmaydi, renta mahsulot narxi orqali aniqlanadi; renta 
tuproqning dastlabki tabiiy va darz ketmagan kuchidan foydalanganlik uchun yer 
egasiga to‘lanadigan mahsulotning bir qismidir. 
Renta nazariyasini D.Rikardoning nuqtai nazari bilan ko‘rib chiqqan 
Dj.Styuart Mill o‘zining “Siyosiy iqtisod asoslari” asarida (1848 y.) rentani tashkil 
etuvchi omillar to‘g‘risidagi qoidalarni qabul qilar ekan, rentani yerdan 
foydalanganlik uchun kompensatsiya to‘lovi sifatida ko‘radi
31
. Bu yerda u 
rentaning hosil bo‘lishini ta’minlash yoxud, aksincha, xarajat qilish evaziga ushbu 
daromadni olaolmaslik yer uchastkasidan foydalanish shakliga bog‘liqligi haqida 
aniqlik kiritadi. Dj.S.Mill eng yomon yer ham renta berishi mumkin, basharti 
ishlab chiqilgan “mahsulot haqiqatda kamyob qimmatga ega bo‘lsa” deb 
ta’kidlaydi. U har qanday yer uchastkasidan olinadigan rentani “...ushbu yer 
uchastkasidan olingan mahsulot bilan foydalaniladigan eng yomon yerlarga ishlov 
berish uchun sarflangan ayni o‘sha kapital keltiradigan daromad o‘rtasidagi farq” 
deb tushuntiradi. Dj.S.Mill yerni yaxshilashga qo‘yilgan kapitaldan “...kelgan 
daromad o‘zining foyda tavsifini butunlay yo‘qotadi va renta tamoyillariga 
bo‘ysinadi” deb yangicha yondashuvni bildirgan
32
.
Dj.S.Mill qaysidir shaklda foydalanilayotgan yer uchastkasidan olinadigan 
renta, ushbu uchastkadan boshqa shaklda foydalanganda xarajatga aylanishi 
mumkinligini birinchi bo‘lib angladi. Boshqacha aytganimizda, yerdan foydalanish 
bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirayotgan fermer xo‘jaligi uchun renta ishlab 
chiqarish xarajatlarining bir qismi hisoblansa, jamiyat nuqtai nazaridan esa, renta 
narx orqali aniqlanadi va soliqqa tortilishi mumkin. 
K.Marks yer rentasini tahlil qilar ekan, ishlab chiqarish narxining 
tushunchasini – tovar ishlab chiqarishning narxini uni ishlab chiqishga qilingan 
xarajat va o‘rtacha foyda yig‘indisi sifatida ifodalaydi. U o‘rtacha foyda korxonalar 
31
Милль Дж.С. Основы политической экономии. Т.2. -М.: Прогресс, 1980.- с.150. 
32
Ўша жойда, 155, 167 б. 


153 
bo‘yicha foydaning o‘rtachasi emas, balki uning normal (ijtimoiy) miqdori 
ekanligini tushuntiradi. U ishlab chiqarishning iqtisodiy xarajatlarini ishlab 
chiqarish narxi sifatida ko‘radi va bunda yerdan foydalanish xarajatlari va doimiy 
kapitalga foizni, ya’ni yerga qilinadigan muqobil (yoki vaqtinchalik) xarajatlarni 
hisobga 
olmaydi. 
Boshqacha 
aytganimizda, 
hozirgi 
davrda 
bozor 
kon’yunkturasining ta’sirida yo‘qotilgan nafni, ya’ni ishlab chiqarish omillarining 
bozor narxi hisobga olinmaganini ko‘rishimiz mumkin. 
D.Rikardoning g‘oyalariga asoslangan ingliz iqtisodchilari hozir ham 
differensial renta qoidalariga tayanishadi. Shefle 1867 yilda yer rentasini 
asoslayotib, yer rentasiga yerdan samarali foydalanadigan shaxsga beriladigan 
mukofot sifatida qaraydi
33
.
A.Marshall o‘zining “Siyosiy iqtisod tamoyillari” asarida renta har qanday 
takror ishlab chiqarilmaydigan resurs uchun to‘lov ekanligi haqida xulosa qiladi. 
Kamyoblik natijasida vujudga kelgan rentaning differensial rentadan farqini 
tushuntirib, A.Marshall “rentaning barcha turlari kamyoblik natijasida vujudga 
keladigan renta hisoblanadi, va rentaning barcha turlari differensial renta 
hisoblanadi” deb ta’kidlaydi. U o‘zining yuqoridagi asarida iqtisodchilarning 
fikrlarini tasdiqlab, ijtimoiy nuqtai nazardan yer inson tomonidan cheksiz 
ko‘paytirish mumkin bo‘lgan boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan bir xil 
holatda emas deb yana bir marta yer ishlab chiqaruvchi kuch omili sifatida o‘ziga 
xos xarakterga egaligini ta’kidlaydi
34

A.Marshallning fikriga ko‘ra, iqtisodchilar “renta” tyerminini daromadni 
individual tadbirkor pozitsiyasidan turib, ushbu tushunchaga mulkdan vaqtinchalik 
foydalanganlik uchun to‘lovni ham kiritgan holda ko‘rib chiqayotganda 
qo‘llashlari mumkin. Oxirgi (chegaraviy) daromadning pasayishi muammosini 
tahlil qilayotib, A.Marshall kapital va mehnatning qo‘shimcha xarajatlaridan 
keladigan daromad yertami kechmi kamayadi degan xulosaga keladi va “...har 
qanday kelgusidagi agrotexnikani yaxshilashda yerga kapital va mehnat sarfining 
33
Жид Ш. История экономических учений. – М.:Экономическое наследие, 1995.-544 с.с.534
34
Маршалл А. Принципы политической экономии. Т.1. М.: Прогресс, 1983.-415 с. с.243. 


154 
to‘xtovsiz o‘sishi pirovard natijada qo‘shimcha mahsulotning kamayishiga olib 
kelishi kerak” deb ta’kidlaydi
35

A.Marshallning xulosa va fikrlari bugungi kunda ham o‘z nazariy va amaliy 
tasdig‘iga ega bo‘lishi lozim. Inson tomonidan yerning holatini yaxshilashga 
qaratilgan faoliyatdan kelgan daromadni kapitaldan kelgan foyda sifatida ko‘rish 
va yerdan uning holatini yaxshilagan holda foydalanish uchun amalga oshirilgan 
xarajatlarni yer rentasi sifatida ko‘rish lozim. Demak, renta faqat tuproqning 
xususiyatlariga emas, balki iqtisodiyotda kechayotgan barcha o‘zgarishlarga ham 
bog‘liqdir. Infrastrukturaviy qurilishlar, mehnat va kapital narxlaridagi, hudud va 
tarmoqlar daromadlaridagi va boshqa o‘zgarishlar renta miqdoriga ta’sir qiladi. 
Albatta, ushbu o‘zgarishlar vaqt omili ta’sirida bo‘ladi, bu esa, barcha hisob-
kitoblarda o‘z aksini topishi kerak. Masalan, fermer uzoq muddatli yer ijarasi 
shartnomasini tuzayotganda ishlab chiqarish sharoitlari va renta miqdorining 
o‘zgarishini oldindan ko‘ra olishi mumkinmi, ushbu holat bugungi kunda yer egasi 
uchun ham, fermer uchun ham muammo hisoblanadi. 
Amerikalik G.Djordj “Taraqqiyot va kambag‘allik” asarida (1879 y.) rentani 
nafaqat soliqqa tortishga moyil oddiy daromad sifatida, balki ijtimoiy 
qiyinchiliklar manbai sifatida ham ko‘radi. U yerdan olinadigan yagona soliq 
barcha davlat xarajatlarini qoplashga yetarli deb hisoblaydi. Bundan tashqari 
barcha renta daromadlarini musodara qilish kambag‘allik va iqtisodiy krizislarni 
bartaraf qilishi mumkinligi haqida fikr bildirib, yer uchastkalarining sifatini 
yaxshilash hisobiga olinadigan daromaddan qolgan sof yer rentasinigina soliqqa 
tortishni nazarda tutadi
36
. U D.Rikardoning yer rentasi nazariyasiga asoslanib, yer 
rentasini mehnatsiz daromad hisoblaydi. Ko‘p o‘tmasdan rentani davlat foydasiga 
musodara qilish takliflari bildirila boshlandi (Djeyms Mill, Styuart Mill). Dj.Mill 
rentani musodara qilish taklifini bildirib, shu bilan yerni natsionalizatsiya qilish 
haqidagi ta’limotni boshlab beradi
37
. G.Djordjning g‘oyasiga binoan XIX asrning 
35
Ўша жойда, 223 б. 
36
Блауг М. Экономическая мысль в ретроспективе. Пер. с англ. 4-е изд.-М.: Дело ЛТД.-1994.-720 с. с.77-78. 
37
Жид Ш. История экономических учений. – М.:Экономическое наследие, 1995.-544 с.с.129. 


155 
oxiri XX asrning boshlarida Amerika va Yevropada boshqa barcha soliq va 
yig‘imlarni inkor qiladigan, yer rentasini jamiyat foydasiga undiradigan yagona yer 
solig‘i tarafdorlari harakati paydo bo‘ladi. Yerdan foydalanishning iqtisodiy 
institutlari, mexanizmi va yer rentasi rivojlanishi nazariyasi yuzasidan klassik 
iqtisodiyot nazariyasi namoyondalari tomonidan bildirilgan turli xil konsepsiya, 
qarashlar, uslublarni tahlil va tadqiq qilish natijalari 9.1 – sxemada ifodalangan 
xulosalarga olib keldi. 


156 

Download 5,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish