So‘ngi yillarda mamlakatimizda yer munosabatlarini tartibga solishga


Mustaqil o‘rganish uchun savollar



Download 5,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/76
Sana01.06.2022
Hajmi5,06 Mb.
#624677
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76
Bog'liq
Davronbek

Mustaqil o‘rganish uchun savollar
1.
“Barqaror rivojlanish” deganda nimalarni tushunasiz? 
2.
Yer resurslaridan barqaror foydalanish qanday xolatlarni o‘z ichiga oladi? 
3.
Yerdan foydalanishni barqaror boshqarish deganda nimani tushunasiz? 
4.
Yerlar sifatining buzilish muammosini vujudga kelishiga qanday sabablar 
mavjud? 


131 
5.
Yerdan samarali foydalanish nima? 
6.
Yerlardan oqilona foydalanish deganda nimani tushunasiz? 
7.
Yerdan barqaror foydalanish tizimida undan oqilona va samarali 
foydalanishning roli va o‘rnini tushuntiring.


132 
8. BOZOR SHAROITIDA YERDAN FOYDALANISHNING IQTISODIY 
TAMOYILLARI VA MEXANIZMI 
 
Ma’lumki, yer resurslaridan iqtisodiyot va jamiyatning barcha faoliyat 
sohalarida foydalaniladi va u ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan 
yer fondini tashkil etadi. Yerning hududiy va moddiy cheklanganligi, turli toifalarga 
bo‘linishi va darajadagi unumdorligi undan intensiv, biroq oqilona foydalanish 
zarurligini taqozo etadi. Ya’ni, yer resurslaridan tizimli foydalanish muammosi 
hozirgi vaqtgacha ham iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyoti uchun dolzarb bo‘lib 
kelmoqda. Yerdan foydalanish bir vaqtning o‘zida tabiatdan foydalanishning tizim 
ostisi va jamiyat tomonidan yer resurslaridan foydalanish jarayoni hisoblanishi 
uning ijtimoiy ahamiyatini va yerdan foydalanish muammosining doimiy 
dolzarbligini belgilaydi. Bu esa, tabiat va iqtisodiyotning ob’ektiv qonunlari asosida 
yerdan foydalanishning zaruriy elementi ekanligini izohlaydi. Ushbu muammoning 
dolzarbligi bugungi kunda yerdan foydalanish tizimiga moliyaviy-iqtisodiy, ishlab 
chiqarish, ekologik tavsifdagi yangi omillarning ta’siri tobora ortib borayotganligi 
natijasida yanada kuchaymoqda.
 
Shu bilan birga, bizningcha, yerdan foydalanishga 
jamiyat ehtiyoji sifatida tizimli yondashish muammolarini siklik nuqtai nazardan 
baholash, yerlardan ko‘p maqsadli foydalanish va umuman yerdan foydalanish 
samaradorligini har xil jihatdan baholash kabi muammolarning metodologik asoslari 
hali sayoz. Bu esa mamlakatimizda yer resurslaridan foydalanish tizimida, ayniqsa 
bu sohadagi iqtisodiy islohotlarni yanada erkinlashtirishda o‘z echimini kutayotgan 
talay nazariy, uslubiy va amaliy muammolar saqlanib qolayotganidan darak 
bermoqda. So‘ngi yillarda ilmiy – amaliy tadqiqotlarning faollashishiga 
qaramasdan, amaliy jihatdan yer resurslaridan foydalanish tizimida iqtisodiy 
munosabatlarni erkinlashtirishning konsepsiyasi ishlab chiqilmagan, ushbu 
munosabatlarni bozor va davlat tomonidan tartibga solishning muayyan uslub, 
shakl, usul va modellarining ta’siri va samarasi real ijtimoiy-iqtisodiy hayot 
talablarini qanoatlantirmayapti, ularni o‘rganish darajasi va chuqurligi hali yetarli 
emas. 


133 
Tadqiq etilayotgan muammoning naqadar murakkabligi, o‘ziga xosligi va 
syerqirraliligi, bu borada mavjud tortishuvli va hal etilmagan masalalarni har 
tomonlama tahlil va ilmiy mushohada qilishning zarurligini, shuningdek 
O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi xususiyatlarini nazarda tutgan holda 
izlanishlar olib borishni taqozo qiladi. 
Ayniqsa, so‘ngi yillarda yer resurslaridan foydalanishni boshqarishdagi 
kamchiliklar va ulardan samarali foydalanish va takror ishlab chiqarish uchun 
moliyaviy resurslarning etishmaganligi oqibatida ma’lum darajada yerlardan 
tizimsiz foydalanish qishloq xo‘jaligi yerlarining jiddiy degradatsiyalashuviga olib 
keldi. Amaldagi yerdan foydalanish tizimi xususida esa uning iqtisodiy 
mexanizmining 
to‘liq 
shakllanmaganligi 
va 
uni 
boshqarishning 
takomillashmaganligi sababli samarasiz deyish mumkin. Ya’ni, yerdan foydalanish 
strukturasiga va yerlarning unumdorligini takror ishlab chiqarishga zarur e’tibor 
bermaslik natijasida uzoq yillar davomida yerdan foydalanishning takror ishlab 
chiqarish sikli tugallanmaganligi kuzatilmoqda. Yerdan foydalanish tizimi 
jamiyatning moddiy ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojining doimo o‘sib borishi va tuproq 
unumdorligini takror ishlab chiqarish ob’ektiv zarurligi kabi qonunlarga 
asoslanmayotganligini aytish mumkin. Bozor iqtisodiyoti tamoyillari yerdan 
foydalanish tizimiga yetarli darajada to‘liq joriy qilinmayapti: yer ijarasi huquqining 
iqtisodiy mazmuni va o‘rni aniq emas, yerning bozor bahosi yo‘q, yer solig‘i yerdan 
foydalanishda rag‘batlantiruvchi rolni bajarmayapti, yerdan samarali foydalanishni 
iqtisodiy rag‘batlantirish tamoyili yetarlicha amal qilmayapti. Yerdan foydalanishni 
boshqarishda ma’muriy uslublar ko‘proq qo‘llanilmoqda. Sanab o‘tilgan asoslar 
yerdan foydalanishning, ayniqsa uning mustaqil ilmiy bilimlar tarmog‘i ekanligi 
nuqtai nazardan qaraganda, tizimsiz ekanligini bildiradi deyish mumkin. 
Yerdan bozorga mos ravishda foydalanish muammosi kompleks tarzda bo‘lib, 
u iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, rekreatsion-sog‘lomlashtirish, tabiatni muhofaza 
qilish, tashkiliy-hududiy, axborot, innovatsion, texnologik, tadbirkorlik kabi 
jihatlarga xos masalalarni echishni taqozo qiladi. Yerdan foydalanish ko‘p jihatdan 


134 
undan foydalanishni to‘g‘ri tashkil qilish va boshqarishga bog‘liqdir va pirovard 
natijada samaradorlikni ko‘zlovchi murakkab tizimni tashkil etishi kerak. Ayni shu 
nuqtai nazardan ham yerdan foydalanishga konseptual jihatdan iqtisodiy asosga 
qurilgan tizimli yondashuv bo‘lishi maqsadga muvofiq. 
Yer resurslaridan foydalanish tizimida N.V.Komov
16
yer har qanday ishlab 
chiqarish vositasi singari u xo‘jalik yuritish ob’ekti sifatida xo‘jalik sub’ektlari 
faoliyat yuritish me’yorlarini belgilovchi tartib-taomillar ta’sirida bo‘ladi, deb 
ta’kidlagan holda ishlab chiqaruvchi kuchlarning ko‘plab unsurlari tarkibidan yer 
resurslarini ajratib turadigan uning o‘ziga xos xossalari harakat qilishdan 
to‘xtamasligini qayd etadi. Bunday yondashuvni u, birinchidan, yer nafaqat ishlab 
chiqarishning, balki umuman inson hayotining ham makonda moddiy tagkursisi 
sifatida rolga egaligi, ikkinchidan, yerning o‘ziga xos tabiiy quvvati ishtirokisiz 
yaratilmaydigan o‘ziga xos mahsulotlar ko‘rinishidagi yangi qimmatliklarni barpo 
etish qobiliyatiga egaligi va, uchinchidan, yerning tabiiy cheklanganligi, uni sun’iy 
ko‘paytirishning mumkin emasligi bilan isbotlaydi. Demak, N.V.Komovning 
mazkur xulosalari yerni qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning asosiy vositasi va 
omili sifatida boshqa ko‘plab resurslardan ajratishni va ularni yer resurslaridan 
foydalanishning iqtisodiy mexanizmini shakllantirishda hisobga olishni taqozo 
qiladi. 
F.Q.Qayumov
17
esa yerni jamiyatning moddiy bazisi, uning ob’ektiv borlig‘i, 
shuningdek u yo‘q qilinmaydi, takror ishlab chiqarilmaydi va inson mehnati natijasi 
emas deb ta’kidlagan holda o‘z navbatida yer o‘zida ijtimoiy munosabatlarni 
gavdalantirishini asoslagan. Bundan tashqari yer faqat qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishiningina ob’ekti bo‘lib qolmasdan, balki unda ikkiyoqlama qarama-
qarshilikning mavjudligini ta’kidlaydi, ya’ni yer bir vaqtda ham ishlab chiqarish 
vositasi va ham mehnat predmeti va yana u tabiat in’omi va tovar ekanligini 
uqtiradi. Olimning bu tahlilidan shunday xulosa chiqarish mumkinki, demak yer 
16
Комов Н.В. «Управление земельными ресурсами России: Справочное пособие».М.: РУССЛИТ, 1995.- 
300с., с.254. 
17
Қаюмов Ф.Қ. «Эффективность АПК в условиях перехода к рынку: Общие и региональные проблемы». 
М.:ИПО «Полигран», 1992.- 160с.,95-96с. 


135 
ko‘proq o‘zida iqtisodiy kategoriya alomatlarini gavdalantiradi va uning iqtisodiy 
unumdorligi va mulk ob’ekti sifatidagi xususiyatlarini o‘rganish iqtisodiy fan 
predmetiga kiradi.
Bizningcha, yerning mazkur o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir qatorda hozirgi 
bosqichda 
innovatsion 
rivojlanishning 
ustuvorligi 
va 
yerga 
mulkchilik 
munosabatlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq jihatlarni ham asoslash va e’tiborga olish 
talab etiladi. Chunki, iqtisodiyotni bozor talablari asosida isloh qilish jarayonida 
turli mulkchilikka asoslangan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining shakllanishi va 
rivojlanishi yer resurslaridan foydalanishning nafaqat mazmuni va mohiyatining bir 
muncha o‘zgarishiga olib keldi, balki bu borada tizimlilik va komplekslilik, 
bashoratlash va rejalashtirishga tayangan, shuningdek O‘zbekistonda yer davlat 
mulki bo‘lgani holda yerga egalik qilish munosabatlarini ifodalovchi yangi ijtimoiy-
iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni ham shakllantirishni taqozo etmoqda.
Qolaversa, yerga mulkchilik munosabatlarining rivojlanish evolutsiyasini 
tahlil qiladigan bo‘lsak, mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar natijasida 
uning huquqiy va iqtisodiy asoslarida tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Nazariy jihatdan 
yer mulkchiligini tasarruf etish, egalik qilish shakllari foydalanish shakllarini ham 
o‘z ichiga olishi mumkinligidan kelib chiqadigan bo‘lsak, egalik qilish tasarruf 
etishni ham o‘z ichiga oladi. Bu esa mulkchilik mexanizmi bosqichlarining o‘zaro 
bog‘liqligi va ta’sirini ifodalovchi jarayon ekanligini bildiradi. Ushbu jarayon 
amaliyotda o‘z tasdig‘ini topgan barcha resurslarga bo‘lgan “huquqlar yig‘indisi” 
bilan ham izohlanadi. 
Avvalambor, bizningcha, yer resurslarini tasarruf etish, egalik qilish va 
ulardan foydalanishda mazkur huquqlar qonunchilik hujjatlarida o‘zining to‘liq 
ifodasini topmog‘i, shuningdek mulkchilik sub’ektlari tomonidan amalga 
oshirishning aniq va tushunarli mexanizmini ishlab chiqishga erishish talab etiladi. 
Chunki, bir tomondan, qonunchilik hujjatlarining mukammalligi va ularning mulkiy 
munosabatlar ishtirokchilari manfaatlariga mos kelishi, ikkinchi tomondan esa, 
bevosita ular tomonidan yer resurslarini tasarruf etish, egalik qilish va foydalanish 


136 
hamda boshqarish huquqlari amalga oshiriladi. Shuning uchun ham yerdan 
foydalanish tizimining samaradorligi va ekologik xavfsizligi muammolarining hal 
etilishi aksariyat jihatdan mulkchilik huquqlarining qanday darajada amalga 
oshirilishiga bog‘liq. Bu esa, tabiatning in’omi bo‘lgan yer resurslarining kimga 
taalluqli ekanligi va iste’molning maqsadini aniqlab, jamiyatning xo‘jalik hayotiga 
uning a’zolari, xususan, yerdan foydalanuvchilarning faoliyatiga ma’lum 
o‘zgartirishlar kiritib borishni taqozo etadi.
Ushbu mulkchilik huquqlarining iqtisodiy mexanizmi yer resurslari bilan 
bog‘liq yer mulkchilik sub’ektlarining mulk “huquqlari yig‘indisi”dan qaysilariga 
to‘liq yoki qisman egalik qilishlari darajasiga qarab shakllanadi. Shu nuqtai 
nazardan yer resurslaridan foydalanish tizimining iqtisodiy mexanizmi yerni tasarruf 
qilish, unga egalik qilish va undan foydalanish jarayonlarida vujudga keladigan yer 
resurslaridan 
foydalanishni 
boshqarish, 
tashkil 
qilish, 
rejalashtirish 
va 
rag‘batlantirishni tartibga solishga qaratilgan davlat va yerdan foydalanuvchilar 
tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy-iqtisodiy chora tadbirlar majmuidir. 
Ushbu mexanizmning ijara shartnomasi, yerning iqtisodiy bahosi, yer solig‘i, 
yerning meliorativ holatini yaxshilash, saqlab turish bilan bog‘liq xarajatlarni zarur 
mablag‘ bilan ta’minlash (qisqa va uzoq muddatli kreditlar), yerdan foydalanish turi 
va yo‘nalishiga qarab ijara haqi miqdori va mahsulotlar bahosini belgilashda 
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga yerning tabiiy 
unumdorligi va suv ta’minotidan kelib chiqqan holda tabaqaviy yondashuvning 
muhim elementlari bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham bizning fikrimizcha, 
hozirgi sharoitda yer resurslaridan foydalanish tizimini o‘rganishga alohida urg‘u 
berilmog‘i lozim. Chunki, yer resurslari umumxalq mulki ekanligini, uning 
O‘zbekiston sharoitida davlat va xalq manfaatlariga mos kelishini nazarda tutadigan 
bo‘lsak, yer resurslaridan foydalanish tizimi hozirgi davrda nafaqat yer egasi 
hisoblanadigan davlat, balki a’zolari hisoblanmish turli xo‘jalik yuritish 
sub’ektlarining manfaatlariga ham mos keladi. 


137 
Bunda, bizningcha, yerdan foydalanish sohasidagi iqtisodiy munosabatlarni 
tartibga soluvchi asosiy instrumentlarni ifodalovchi yerning qiymati, yer solig‘i, yer 
ijarasi haqi kabi ko‘rsatkichlarni asoslash va hisob-kitob qilish eng muhim 
ahamiyatga ega masaladir. Mazkur ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilish faqat yetarli 
aniq va foydalanishda oddiy bo‘lgan yerni sifat va iqtisodiy jihatdan baholash tizimi 
mavjud bo‘lsagina mumkin bo‘ladi. So‘ngi yillar amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, 
yer resurslarini soliqqa tortishning amaldagi tizimi takomillashtirishni talab 
qilmoqda, zero u o‘zining yer resurslari egalari va undan foydalanuvchilarning 
o‘zaro manfaatlariga mos keladigan rag‘batlantiruvchi funksiyasini to‘liq 
bajarmayapti. Bundan tashqari yer solig‘i tizimi yer unumdorligini oshirishga, 
yerdan foydalanuvchilar tomonidan uni asrab-avaylashga yordamlashadigan soliq 
imtiyozlariga ega emas. 
Yerdan foydalanishning ijara sharoitlarida yer uchastkasi unumdorligi, 
joylashgan joyi va boshqa tavsiflarni hisobga olgan asoslangan yer ijarasi haqini 
o‘rnatish muhim masalalardan hisoblanadi. Yerni baholashda yerlarning ekologik 
tavsifini e’tiborga olmasdan bo‘lmaydi, demak yer uchastkalarini ekologik-iqtisodiy 
baholashni, yerlarni sho‘rlanish va eroziyadan muhofaza qilish tadbirlarini ishlab 
chiqish zarurdir. Yer munosabatlarini tartibga solish iqtisodiy jarayonlarni davlat 
tomonidan tartibga solishning muhim shakli sifatida davlatning yer siyosatini 
amalga oshirishga yo‘naltirilishi lozim. Uni isloh etishning asosiy bo‘g‘ini va 
maqsadi esa bu – yer unumdorligini saqlagan va oshirgan holda ishlab chiqarish 
samaradorligini ta’minlaydigan yerga egalik qilish va yerdan foydalanish shakllarini 
rivojlantirishdir. Shu bilan birga ko‘p yillik amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, yer 
munosabatlarini isloh qilish hali ko‘zda tutilgan natija va samaraga olib kelmayapti: 
intensiv foydalaniladigan, ayniqsa sug‘oriladigan yer maydonlari qisqarmoqda, 
ularning sifati yomonlashmoqda va, binobarin, mazkur yerlarda ishlab chiqarishning 
o‘sish sur’atlari pasayib ketmoqda.
Bunday sharoitda ushbu muammoni echishning eng muhim yo‘nalishlaridan 
biri, bizningcha, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan 


138 
Un
in
g
ta
rk
ib

v

b
o
sq
ich
lar

3. Yer resurslarini soliqqa tortish 
1. Yerlarni baholash va bozor narxini shakllantirish 
4. Yerdan ijara shaklida foydalanish 
6. Uzoq muddatli (ipoteka) kreditlash 
2. Yer uchastkalarini xususiylashtirish 
5. Byudjetdan moliyalashtirish 
7. Yerdan foydalanishni investitsiyalash 
yer resurslaridan foydalanish yuzasidan iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan 
tartibga soluvchi tizimni shakllantirishdir. Bizningcha, yer resurslaridan 
foydalanishni iqtisodiy tartibga solish yer resurslaridan foydalanish samaradorligini 
oshirish va rag‘batlantirishga qaratilgan iqtisodiy mexanizm tarkibi va bosqichlari 
yig‘indisini o‘z ichiga oladi (8.1-sxema). 
Demak, yer resurslaridan foydalanish tizimining iqtisodiy mexanizmi nazariy 
jihatdan 
yerning 
o‘ziga xos xususiyatlari, yerga bo‘lgan mulkchilik 
munosabatlarining o‘zgarishi, yerning qiymati, yer solig‘i, yer ijarasi va yer rentasi 
kabi jarayonlarning o‘zaro yaxlitligini nazarda tutadi. Ularning har 

Download 5,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish