Diokletian yirik tashkilotchi va hushyor siyosatchi bo'lgani uchun bir qator provinsiyalarni separat kayfiyatlarini hisobga oigan holda imperiyani 4 qismga bo‘ldi va o‘ziga uch yordamchi (tetrarxiya)ni belgiladi. Bundan tashqari imperiya 101 provinsiyaga bo‘linib, bir necha provinsiyalar yana kattaroq ma’muriy birlik Dioses (jami 12 dioses)ga birlashtirildi. Diokletian imperiyani siyosiy ahvolini nisbatan barqaror holatga keltirib, iqtisodiyot va moliyani sog‘lomlashtirishga qaratilgan qator tadbirlami amalga oshirdi. Pul muomulasi unifikatsiya qilindi, provinsiyalarda pul zarb qilish taqiqlandi va 286-yilda to‘la qonli tilla, kumush va mis tangalar zarb qilina boshlandi. Soliq tizimi ham isloh qilindi, ilgari soliqlar pul bilan emas, mahsulot bilan ko‘proq olinar edi. Imperator soliqqa tortish tizimini unifikatsiya qildi, 289—290-yillar imperiya aholisi yalpi ro'yxatdan o‘tkazildi. Ro'yxatga olish har 15 yilda bir marta takrorlanishi kerak edi, soliq kvotalari 5 yilda bir marta qayta ko‘rilar edi. Ekin yerlari va yaylov o‘tloqlar kadastri tuzilgan edi. Qishloq aholisi ekin yeri, yaylovlar sifati, chorva va boshqa mulkka qarab yer solig‘i to‘lar edi. Hunarmand-savdogarlar esa qator soliqlarni toiar edilar.

Do'stlaringiz bilan baham: |