Sonata shakli umumiy tavsif. Sonata shakli deb



Download 27,17 Kb.
bet4/6
Sana10.10.2022
Hajmi27,17 Kb.
#852307
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sonata shakli umumiy tavsif. Sonata shakli deb

9.Rivojlov. Rivojlov – sonata shaklining eng beqaror bо‘limi. U о‘tuvchan rivojlanish, mavzularni taqqoslash, ularni kontrapunkt jihatidan qо‘shish, motivli ish bilan ajralib turadi. Rivojlov uchun tonal beqarorlik (modulyatsionlik) xaraktrerli.
Rivojlov kо‘pincha kirish qismi bilan boshlanadi, unda mavzuning asosiy rivoji tayyorlanadi (L.Betxoven. 17- Sonata, I q.).
Ishlanmaning rivojlantirish jarayoni tuzilmalarning ochiqligi, mavzuning davriy strukturasi buzilishi, alohida motivlarning ajratilishi bilan tavsiflanadi. Rivojlovda polifonik rivojlantirish usullari: imitatsiya, kanon, fugato, mavzularni bir vaqtda yangratib о‘tkazish ham keng qо‘llanadi (Betxoven. Sonata, op. 22, 1 q.)
Ba’zan ishlanmada mavzularning oddiy о‘zgaarishiga, ularni tonal va tembr koloritlashga olib keladigan variatsion rivojlantirish ustunlik qiladi.
Rivojlov, odatda, harakati kuchli, rivojlanishga ichki salohiyati katta sanalgan bosh partiya mavzusiga tuziladi. Yordamchi partiya unda kamroq ishtirok etadi, zero unga xos bо‘lgan qirralar: lirik, qо‘shiq xarakteri, tugallanganlik va strukturaviy aniqlik ishlanmada qayta yaratish, о‘zgartirish imkoniyatini cheklaydi.
Shunday holatlar bо‘ladiki, ishlanmalda yangi mavzu – lavha paydo bо‘ladi(masalan, Betxoven. Simfoniya № 3). Ba’zida lavha katta mustaqil bо‘limni tashkil etadi va yaxlit shaklda alohida drama­turgik rol о‘ynaydi (Shostakovichning № 7 simfoniyasida «Bosqin mavzusi»).
Rivojlovning oxirgi bosqichi reprizaga о‘tishni hosil qiladi, unda, odatda, asosiy tonallik dominantasini u yoki bu darajada uzoq ishlash rо‘y beradi, bu yangi bо‘limnini boshlanishi keskinligini kutishni yaratadi. Klassik uslub uchun uzoq davom etgan dominanta organ punktida yaqinlashuvlar ancha xarakterli sanaladi.
Rivojlovda tonalliklar tanlovi va tartibi erkin bо‘lib, kompozitorning ijodiy fantaziyasiga havola qilinadi. Yagona shart shundan iboratki, unda bosh va yordamchi partiya tonalligining barqaror kо‘rinishidan qochiladi.
Klassik uslubdagi rivojlovning boshlanishi uchun xos bо‘lgan xususiyat: uning ekspozitsiya tugagan tonallikda (kо‘pincha ladning almashinishi bilan); asosiy tonallikka subdominanta bо‘lgan tonallikda; major asarlarda asosiy tonallika parallel; minor asarlarda asosiy tonallikka nomdosh tonalliklarda;ba’zida asosiy tonallikda ham boshlanishi(Betxoven. 16 Sonata).
Rivojlov uchun subdominanta sohasiga modulyatsion chuqurlashish xos (Betxoven. 21 -Sonata) bо‘lib, ekspozitsiyada unga tegilmaydi. Bunda kо‘pincha yuqoriga kvartalar bо‘yicha modulyatsiyalovchi sekvensiyalar katta ahamiyat kasb etadi. Bu kabi qator kvartali siljishlardan keyin tonallik harakati reprizaga olib keladigan asosiy tonallik dominantasi tomon keskin burilish hosil qiladi.
Ba’zida rivojlov oxirida soxta repriza deb nom olgan repriza uchraydi. Bunday repriza unda bosh partiya mavzusi о‘tkazilgani bois haqiqiydek idrok etiladi, ammo mavzu asosiy tonallikda о‘tkazilmaydi. Keyinroq rivojlov, shaklning о‘rta bо‘limiga xos qirralarini saqlagani holda, yana ishlanmali bо‘ladi (Betxoven 10- sonatasi ishlanmasi).

Download 27,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish