10. Repriza. Repriza sonata shaklida ekspozitsiya takrori bо‘lib, birgina farqi hamma partiyalar asosiy tonallikda bayon qilinadi.
Kо‘p hollarda unda qator о‘zgarishlar mavjud bо‘ladi, asosan ular bosh partiyaga taalluqlidir. Ular quyidagilardan iborat:
1. Bosh partiya bir muncha qisqartiriladi.Agar ekspozitsiya kengaytirilgan uch qismli shaklda bо‘lsa, doim shunday bо‘ladi. Bu holda faqat uchinchi, repriza,ya’ni eng dinamik qism takrorlanadi( P.Chaykovskiy. 1-Konsert).
2.Bosh partiya bir muncha kengaytiriladi (Betxoven. 21- Sonata ).
3.Bosh partiya asosiy bо‘lmagan tonallikda о‘tkaziladi. Klassik uslubda kam uchraydigan (Motsart. 15 -Sonata, C-dur о‘rniga F-dur) bu kabi «normadan og‘ish» XIX asr kompozitorlari asarlarida keng tarqalgan (masalan, List. h-moll Sonatasi, h-moll о‘rniga b-moll).
4. Reprizada bosh partiya tushirib qoldirilgan holatlar ham uchraydi (Shopen. Sonata b-moll).
Betxoven davridan boshlab, yanada murakkab dramaturgiya tufayli dinamik repriza deb nom olgan repriza ham uchraydi. U asosiy kulminatsiya vaziyatida kelishi, oldingi butun ishlanmali rivojlov olib kelgan chо‘qqi sanalishi bilan tavsiflanadi (Betxoven. 9-Simfoniya).
Yordamchi partiyada reprizadagi asosiy о‘zgarish uning bosh partiyaga tonal bо‘ysundirilishi sanaladi. Ayrim hollarda yordamchi partiya dastlab boshqa, keyin asosiy tonallikda bayon qilinadi (Betxoven. 8-Sonata).
Reprizaning alohida turlari ham utschraydi.
1. Kо‘zguli repriza, unda bosh va yordamchi partiya о‘rin almashadi (Motsart. 9- Sonata ; Shopen. Ballada g-moll).
2. Tо‘liqsiz repriza, unda bosh partiya tushirib qoldiriladi (Shopen, b-moll va h-moll Sonatalari).
Koda. Koda deb repriza tugallanganidan keyin kiritiladigan qismga aytiladi.
Gaydna va Motsart sonatalarida koda mavjud emas.Betxoven tomonidan ilk marta tizimli ishlab chiqilgan yangilik— sonata shakliga rivojlantirilgan kodalarning kiritilishi bо‘ldi.
Kо‘pincha koda rivojlovli ishlanmadan boshlanadi, bu unga mustaqil ishlanmali bо‘lim xarakterini baxsh etadi. Bu hollarda koda ishlanmali deb ataladi (Betxoven. 21, 23-Sonatalar).
Kо‘pincha koda bosh partiya mavzusiga tuziladi. Ba’zida unda sonata shaklining ikkala asosiy mavzusi qatnashadi, ular vaqtga kо‘ra yaqinlashadi (Betxoven. 21-Sonata). Bunday koda sintetik deb yuritiladi.
Koda muqaddima mavzusiga asoslanishi mumkin (Shubert. Simfoniya h-moll). Unda ba’zida avval rivojlovda paydo bо‘lgan lavha ikkinchi marta о‘tkaziladi (Betxoven. 3-Simfoniya). Kam hollarda koda yangi mavzu materialiga tuziladi (Betxovenning «Egmont» uvertyurasidagi koda).
Kodaning yakunlovchi roli tufayli uning uchun asosiy tonallikning subdominanta sohasiga og‘ishmalar va yana keyin keluvchi tonikani ta’kidlash xos.
Do'stlaringiz bilan baham: |