6. Bog‘lovchi partiY. Bog‘lovchi qism yordamchi partiyaga о‘tishni ta’minlaydi, uning paydo bо‘lishini tayyorlaydi. Shu roliga muvofiq holda, u beqaror, yopiq tuzilmalarga ega emas, harakat xususiyatiga kо‘ra esa yordamchi partiya tomon yо‘naltirilgan.
Bog‘lovchi qismlar turlicha: bir necha taktdan katta tuzilmalargacha bо‘ladi.
Yordamchi partiyaga о‘tish dominanta tonalligiga modulyatsiya bilan amalga oshiriladi.
Bog‘lovchi partiya bosh partiya mavzusi rivojining yanada keskin bosqichi bо‘lishi mumkin (Betxoven. 9-Sonata).
Bog‘lovchi qism yangi mavzu materialida tuzilishi mumkin, bu, odatda, bosh partiyaning asosiy qismi yopiq bо‘lganda kuzatiladi (Betxoven. 5 va 15- Sonatalar). Shunday bо‘ladiki, bog‘lovchi qismlar, mavzusiga kо‘ra ikki bosqichdan iborat: birinchisi —bosh mavzuning asosiy qismi materialiga tuziladi; ikkinchisi— yangi mavzu materialiga tuzilgan. YO aksincha, birinchisi— yangi mavzuga tuzilgan, ikkinchisi —bosh partiyaning asosiy mavzusiga tuzilgan (masalan, Betxoven. 2, 8, 21- Sonatalari).
Uch qismli bosh partiyada reprizaning о‘zi modulyatsiyalar natijasida yordamchi partiyaga olib keladigan, bu bilan bog‘lovchi partiya rolini bajaradigan holatlar tipik sanaladi (Shubert. Sonata B-dur; Chaykovskiy. 2, 3, 5-Simfoniyalari).
7. Yordamchi partiY. Yordamchi partiya bosh partiya bilan kontrast hosil qiladigan yangi obrazli sohani tashkil etadi. Odatda, u lirik qо‘shiq yoki raqs xarakterida bо‘ladi. Bosh partiyadan farqli о‘laroq, u tonal jihatdan barqaror, rivojlanishida nisbatan tugal va, odatda, hajmiga kо‘ra kattaroq. Eng oddiy hollarda yordamchi partiya davriyadan iborat (Motsart. Sonata В-dur. Andante kantabile). Ayrim hollarda yordamchi partiya ikki yo uch qismli shaklda yoziladi (Chaykovskning 6- simfoniyasi 1- qismi – о‘rtaliq bilan kontrastlovchi oddiy uch qismli shakl).
8. Yakuniy partiY. Yakuniy partiya – ekspozitsiyaning oxirgi, yordamchi partiya tonalligini ta’kidlaydigan mavzusi.
U yangi, kо‘pincha bosh partiya mavzusi bilan almashinadigan mavzuga (Betxoven.5,8- Sonatalari, 5-simfoniya), yoki yordamchi partiya mavzusiga tuzilishi mumkin (Chaykovskiy. 6- Simfoniya).
Yakuniy partiya bog‘lovchi partiya materialiga tuzilishi mumkin (Betxoven. Sonata op. 2 №2, 1 q.). ba’zida yakuniy qism ekspozitsiya mavzulari guruhidan tashkil topadi (Betxovenning 4 va 7- sonatalarida).
Yakuniy qism ekspozitsiya rivojini yakunlaydi va kо‘p hollarda umuman shaklning birinchi kulminatsiyasi sanaladi (Betxoven. 3, 8- Sonatalari, Chaykovskiy. 4,5-Simfoniyalari). Yakunlovchi qism uchun takror kadanslash, taktning kuchli hissasida tonikani ta’kidlash, tonikada organ punkti xarakterlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |