Somsa
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigationJump to search
Somsa
|
|
Qoʻshimcha taom
|
milliy oshxonalarga kiradi
|
Oʻzbek oshxonasi
Qozoq oshxonasi
Qirgʻiz oshxonasi
Tojik oshxonasi
Tatar oshxonasi
Uygʻur oshxonasi
|
Mualliflik
|
Kelib chiqishi
|
Osiyo
|
Muallifi
|
Osiyo xalqlari
|
Komponentlari
|
Asosiy
|
xamir va ichidagi masalliq (asosan goʻsht)
|
Oʻxshashlari
|
Kornishonlar
Pashmak
Naan
Cheburek
Go’shtli bo’g’irsoq
Samosa
Turnover
Qiymalanadigan taomlar
|
Retsepti
|
Somsa
|
Vikiombordagi tasvirlar
|
Tasvirlar
|
Somsa — xamirli taom turi. Nomining kelib chiqishi quyidagi tillar bilan chambarchas bogʻliq: forscha: سنبوساگ sanbosag[1]. Shuningdek, turli millatlarda har xil nomlanadi: eroncha سمبوسه yoki forscha: سنبوسه sanbusé, inglizcha samosa (səˈmoʊsə), panjobi ਸਮੋਸਾ, smosa', hindcha: समोसा, urdu: سموسه, arabcha: سمبوسك sambūsak yoki sambusaj[2], Bengalcha: সিঙাড়া , assamcha sing-ra, oriya ષ્હિઙદ, shingada, ivritcha: סמבוסק sambusak, gujarotcha: સુમૉસ sumosa', kann. ಸಮೋಸಾ samosa, malayalamcha: സമോസ, maratxi: सामोसा, tam. சமோசா, Andoza:Lang-te, urdu: سموسه, qozoqcha: самса sɑmsɑ́, qirgʻizcha: самса sɑmsɑ́;, oʻzbekcha: somsa sɒmsa, Andoza:Lang-sty sɑmsɑ́, uygʻurcha: سامسا sɑmsɑ́, samsa, turkcha: samsa böreği, turkm. somsa, Andoza:Lang-so, tojikcha: самбӯса, nep. समोसा, bir.: စမူဆာ sʰəmùzà, malgashcha [sam͡bosḁ], portugalcha chamuça.[3][4]
Oʻzbek pazandaligida somsa asosan, tandirga yopib dumaloq shaklda tayyorlanadi. Hozir gaz duxovkalarida uchburchak va toʻrtburchak shaklida ham pishiriladi. Somsa tayyorlash uchun bugʻdoy unidan xamir qorilib, jild tayyorlanadi. Somsaga koʻpincha Sirka, pomidor qaylasi, Jizzax somsasiga esa oʻsimlik moyi sepilib tanovvul qilinadi. Yevropa davlatlari koʻchalarda hot-dog sotilganidek, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tatariston, Qirgʻiziston kabi davlatlarning aholi yashash joylarida somsa koʻchma tandirlarda yopilib, koʻchalarda, bozorlarda ham sotiladi.[5][6]
Goʻsht ishlatiladigan somsaning baʼzi turlari uchun oshirilgan, baʼzan esa oshirilmagan xamir tayyorlanadi, tandirga yopishdan oldin qizigan tandirga namakob sepiladi (ayrim hollarda duxovka yogʻlanadi). Somsaning masalliqlariga qarab farmuda somsa, goʻshtli, varaqi somsa, koʻk somsa, qovoqli, yalpiz somsa, kartoshkali somsa kabi turlari bor.
Mundarija
1Turlari
1.1Tovuq somsa
1.2Yalpiz somsa
1.3Farmuda somsa
1.4Qovoqli somsa
1.5Koʻk somsa
1.6Kartoshkali qovurma varaqi somsa
1.7Qatlama somsa
1.8Kartoshkali somsa
2Manbalar
Turlari[tahrir]
Tovuq somsa[tahrir]
Yalpiz somsa[tahrir]
Farmuda somsa[tahrir]
Goʻshtni qiymalab, parrak-parrak toʻgʻralgan piyoz, tuz va murch qoʻshib, qiyma tayyorlanadi. Xamirni qattiq qilib qorib, pishitiladi va 2 millimetr qilib yoyib, yupqa stakanning ogʻzi bilan kesib, toʻgarak jildlar yasaladi. Har bir jildga qiyma solib, kichkina somsachalar tugiladi. Toʻrtta somsaning yon tomonlarini hoʻllab bir-biriga yopishtirib, yer tandirda yoki gaz shkafida pishiriladi[7][8][9][10][11]
Qovoqli somsa[tahrir]
Omuxta yogʻ: qoʻyni charvi (ichak va pochka yoni) yogʻlari eritiladi. 100 gramm erigan qoʻy yogʻiga 50 gr qizdirilgan paxta yogʻi qoʻshiladi. Undan oʻrtacha yumshoqlikda shoʻr suvga oddiy xamir qilinadi va biroz tindirib qoʻyiladi. Qovoq, kartoshka, piyoz va dumba yogʻi kubik qilib toʻgʻraladi. Tuzi rostlanadi. Tingan xamir yupqa yoyilib, omuxta yogʻ surtiladi. Xamir rulet holiga keltirilib oʻraladi, uni muzlatkichga 1 soatga qoʻyiladi. Xamir muzlatkichdan olinib, boʻlaklarga boʻlinadi. Va boʻlakchalar cheti joʻvalanib, dumaloq shakl beriladi. Bunda dumaloq shakl oʻrtasini joʻvalamaslikka harakat qilish lozim. Soʻngra qiyma solinib, somsa tugiladi. Listga terilgan somsalar ustiga tuxum yoki qatiq surtib, murch sepiladi. Oldindan qizdirilgan gaz duxovkasida qizargunicha pishiriladi.[12]
Koʻk somsa[tahrir]
Kartoshkali qovurma varaqi somsa[tahrir]
Xamir qorgach, 30-40 daqiqa tindirib qoʻyiladi. 1,5 — 3 santimetr qalinlikda yoyib, ustiga margarin surtiladi va oʻqlovga qayta oʻrab, oʻqlov boʻylab uzunasiga kesiladi. Bunda bir necha qavatli enli tasma hosil boʻladi. Ana shu enli tasmalardan kattaligi 6x8 santimetr keladigan koʻp qavatli jild kesib olinadi. Unga qiyma solib ikki buklanadi va atrofini barmoq bilan yopishtirib chiqiladi. Varaqi dogʻlangan moyda pishiriladi. [13][14]
Qatlama somsa[tahrir]
Qatiq ichiga sirkada so‘ndirilgan soda solinib, aralashtiriladi va tuz solingan suvga solib, aralashtiriladi. Ketidan un sepilib, o‘rtacha qattiqlikda xamir qoriladi. Tayyor xamir 30 daqiqa tindiriladi. So‘ngra yupqa yoyilib, eritilgan margarin surtiladi. Xamir zich o‘ralib, sellofanga yopiladi va 1 sutka muzlatgichda saqlanadi. Go‘sht, piyoz va charvi mayda to‘g‘ralib, taʼbga ko‘ra tuz sepiladi va aralashtiriladi. Xamir muzlatgichdan olinib, eritiladi va mayda zuvalachalarga kesilib, juvada yoyiladi. Yoyilgan zuvalachalar markaziga qiyma solinadi. Somsa yumaloq shaklda tugilib, to‘rttasi birlashtiriladi. Listga terib chiqilgach, ustidan tuxum surtilib, kunjut urug‘i sepiladi. somsalar 220 darajagacha qizdirilgan gaz pechiga solinib, 10 daqiqadan so‘ng olov darajasi 180 darajagacha pasaytiriladi va yana 25 daqiqa pishiriladi. Pishgan somsalar gaz pechidan olinib, ustiga ozgina sovuq suv sachratib yuboriladi.[15][16]
Kartoshkali somsа
Suvda tuzni suyultirib, sekin-asta eritilgan elakdan o'tgan unni qo'shiladi. Juda yumshoq xamir qorib, uni plyonka bilan yopiladi. Yarim soat dam oldiriladi. Sariyog' xona haroratida qoldiriladi, shunda yumshoq bo'ladi. Sovutilgan asos tayyorlash osonlashtirilishi uchun 2-3 qismga bo'linadi. Har bir qismdan "bo’g’irsoq" qilinadi. Ularni yumshoq sariyog 'bilan yoyilgan ingichka qatlamlarga birma-bir o'raladi. Qatlamlar rulon qilib o’raladi va muzlatgichga qo'yiladi. Taxminan 3-4 soat davomida u yerda saqlanadi. Kartoshkani tozalanadi, har tomondan taxminan 1 santimetr kubiklarga bo'linadi. Piyozni maydalang, hosil bo'lgan sharbatni siqib olinadi. Sabzavotlar qovurmaydi va xom olinadi. Ularni bir-biriga aralashtiriladi, o'simlik moyini quyiladi, qora qalampir, tuz qo'shiladi. Rulonni olib, bo'laklarga bo'linadi. Stolga unning bir qismini qo'yiladi. Samsa uchun asos bo'ladigan darajada xamir yoyiladi. Shu bilan birga, chizilgan qatlamlarni saqlash kerak. Tayyor masalliqni o'rtasiga qo'yib, uchburchak somsa hosil qilinadi. Pechni 180-190 darajaga qadar qizdiriladi. Pishirish listiga somsalarni tugilgan tomoni bilan qo'yiladi va ustiga tuxum surtiladi. Tayyor bo'lgunga qadar pishiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |