2 Solnomalar
3
2
–
BOB
Ma’bad qurilishi uchun tayyorgarlik
1
Sulaymon Egamizga atab Ma’bad va o‘zi uchun shohona saroy bunyod etishga qaror
qildi.
2
Sulaymon 70.000 nafar yuk tashuvchini, qirlarda tosh kesadigan 80.000 nafar
sangtaroshni va bular ustidan nazoratchi qilib 3600 kishini yolladi.
3
Sulaymon Tir* shohi Xiramga shu xabarni yetkazdi:
“Bir vaqtlar siz otam Dovudga saroyini qurish uchun sadr yog‘ochlarini
jo‘natganingiz kabi, menga ham sadr yog‘ochlarini jo‘nating.
4
Men
Egam Xudoga
atab bir uy qurmoqchiman. U yerda xushbo‘y tutatqilar tutatiladi, doimiy
ravishda muqaddas nonlar nazr qilinib, xontaxta ustiga teriladi. Ertalab va
kechqurunlari qurbonliklar kuydiriladi, shuningdek, Shabbat kunlarida, yangi oy
shodiyonalarida va Egamiz Xudo belgilagan
bayramlarda kuydiriladigan
qurbonliklar keltiriladi. Isroil xalqi bularga doimo, avlodlar osha rioya qiladi.
5
Men qurmoqchi bo‘lgan uy hashamatli bo‘ladi, chunki Xudoyimiz boshqa
xudolardan buyukdir.
6
Lekin kim Unga bir uy qura olar?! U osmonga, hatto falak
toqiga ham sig‘maydi–ku! Men kim bo‘libmanki, Unga uy qura olsam?!
Faqat
Unga qurbonliklar keltirish uchun bir joy tayyorlay olaman, xolos.
7
Shunday ekan, menga mohir bir ustani yuboring. U o‘ymakorlikdan tashqari,
oltin
, kumush, bronza va temirga ishlov bera oladigan, safsar, qizil va ko‘k
matolar to‘qiy oladigan bo‘lsin. U Yahudo va Quddusda, otam
Dovud saralagan
mohir ustalarim bilan birga ishlaydi.
8
Menga Lubnondan sadr, sarv va sandal yog‘ochlarini jo‘nating. Siznin
g
xizmatkorlaringiz Lubnon daraxtlarini kesishga usta ekanini bilaman. Mening
odamlarim sizning odamlaringiz bilan birga ishlaydilar.
9
Ular men uchun katta
miqdorda yog‘och tayyorlab berishsin. Men qurmoqchi bo‘lgan uy ulkan va
hashamatli bo‘lishi kerak.
10
Men yog‘och kesadigan xizmatkorlaringizga ish haqi
qilib 200.000 tog‘ora
*
yanchilgan bug‘doy, 200.000 tog‘ora arpa, 40.000 ko‘za
*
sharob va 40.000 ko‘za zaytun moyi yuboraman.”
11
Shundan keyin Tir shohi Xiram maktub orqali Sulaymonga shunday javob berdi:
“Egamiz O‘z xalqini sevgani uchun ular ustidan sizni shoh qildi.”
12
Xiram yana shu gaplarni aytdi:
“Yeru ko‘kni yaratgan Isroil xalqining Xudosi —
Egamizga
hamdu sanolar
bo‘lsin. U shoh Dovudga dono, aqlli, fahm–farosatli o‘g‘il ato qilibdi. Shu o‘g‘il
Egamizga atab Ma’badni va o‘zi uchun saroyni bunyod qiladi.
13
Sizga Xurom ismli aqlli, mohir bir ustani yuboryapman.
14
Uning onasi
—
Dan
qabilasidan, otasi esa
—
Tirlik. Uning o‘zi oltin, kumush, bronza, temir, tosh
va yog‘ochga ishlov beradigan mohir ustadir. U safsar, ko‘k, qizil matolarni va
mayin zig‘ir matosini ham to‘qishni biladi, shuningdek, turli o‘ymakorlik ishlarini
bajara oladi, har qanday naqshni sola oladi. Xurom sizning ustalaringiz va
otangiz bo‘lmish xo‘jayinim Dovud yetishtirgan ust
alar bilan birga ishlaydi.
2 Solnomalar
4
15
Janobi oliylari! O‘zingiz aytgan bug‘doy, arpa, zaytun moyi, sharobni
qullaringizga yuboring.
16
Sizga kerak bo‘ladigan
har qanday daraxtni biz
Lubnondan kesib beramiz, yog‘ochlardan sol qilib, dengiz sohili bo‘ylab Yaffaga
*
q
adar keltirib beramiz. Siz o‘sha yerdan yog‘ochlarni Quddusga olib ketaverasiz.”
Do'stlaringiz bilan baham: