Annotatsiya: Kalit so’zlar



Download 17,65 Kb.
Sana23.06.2022
Hajmi17,65 Kb.
#694229
Bog'liq
Ziyorat turizmi


Ziyorat turizmi
Annotatsiya:
Kalit so’zlar:

Jonajon Vatanimiz O’zbekiston tabarruk ziyoratgohlar maskani. Hozirgi kunda boshqa sohalarda bo’layotgani kabi, ziyorat va sayohatga chiquvchilarga ham keng ko’lamli sharoit va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Ommaviy bayramlarda, xalq sayillarida dam olish kunlarining uzaytirilishi, oilaviy ziyorat va sayohatga boruvchilar uchun samolyot va poyezd chipta narxlarida chegirmalar yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning ko’ngliga quvonch va shodlik olib kirmoqda.


“Ziyorat” so’zi lug’atda “borib ko’rmoq” degan ma’noni anglatadi. Ziyorat – muqaddas joylarga, mozor va qabristonlarga borib muayyan rasm-rusumlarni bajarib kelish. Lekin bu shunchaki sayohat emas, bu o’zligini anglash uchun imkoniyat, ruhiy poklanishga umid, duo va istaklar ijobatini tilash, iymonga eltuvchi yo’l demakdir. Bu – o’tgan avliyolar orqali Qodir Tangriga murojaat qilish, ongi va ruhini tinchlantirish, muqaddaslik haqiqatini anglash, yolg’izlik va poklanish yo’lidan o’tish.
O’zbekistonda uzoq tarixiy davrlardan beri ko’plab madaniyatlar va sivilizatsiyalarning kesishish markazi bo’lib kelgan. Bu yerda turli dinlar targ’ib qilingan, shuning uchun ham islom, buddizm va xristianlik dinlariga mansub noyob yodgorliklar saqlanib qolgan.
Yurtimizda haqiqatan ziyoratgohlar ko’p. Qadimdan yashab o’tgan ulug’ allomalar, aziz avliyolar va buyuk sarkardalarning jasoratlari va ismlarini xalqimiz chin yurakdan e’zozlab o’rgangan. Imkon topgudek bo’lsa, besh-o’n kishi jamlanib, hali Buxoro, hali Xorazm, Farg’ona yoki Samarqand bo’ylab ulug’larning qadami tekkan maskanlarga safarga chiqadilar. Qadimgi bobo-ajdodlarimizdan qolgan yodgorliklarni, Imom Buxoriy, Marg’iloniy, Termiziy, Zamaxshariy, Pahlavon Mahmud singari azizlarning maqbaralarini ziyorat etib, ruhlariga Qur’on baxshida qiladilar. Nazr-u niyozni, sadaqai-ehsonni ilgariroq ko’ngliga tukkanlar qadim Turkiston yoki ko’hna Urganch tomonlarga borishga ham hafsala qiladilar, albatta.
O’zbekiston hududida boshqa dinlar singari islom madaniyati va uning so’fiylik oqimiga oid ko’plab muqaddas joylar mavjud. Eng qimmatbaho yodgorliklar esa YUNESKOning Butunjahon merosi obyektlari sifatida tan olingan. Ular orasida islom olamida Muborak Buxoro ma’nosini anglatuvchi Buxoriy-Sharif deb nomlangan Buxoro shahri. Ko’plab bebaho obidalarga ega Samarqand shahri, amir Temur vatani hisoblanmish Shahrisabz hsahri. Albatta, bu shaharlar qadimiy va boy tarixga ega bo’lib, butun hayoti davomida jiddiy o’zgarishlarga duch keldi.
Mangulik, abadiylik g’oyasi ushbu shaharlar bilan bog’liqdir. Muhammad payg’ambarning tarjimai hollarida bir voqea bor, Payg’ambar me’roj qiladi. Uning samoviy oti bor edi va u o’sha otda osmonga ko’tariladi. Avval Quddusga, so’ngra Makkaga tashrif buyuradi. Makkaga qarab, quyosh nurlari butun dunyoni yoritayotganini ko’radi. Keyin u yer yuzida faqat ikkita nurni ko’radi, bu nurlar pastdan yuqoriga qarab ko’tarildi. Bu nurlar Buxoro va Samarqand edi.
Iso Masih tug’ilganidan ikki yuz yil o’tgach, birinchi xristianlar Movarounnahrda paydo bo’lishdi. Ularning cherkovlari va ibodatxonalari asrlar davomida zardushtiylar ma’badlari bilan, keyinchalik musulmonlar masjidlari bilan birga yashab kelgan. Hozirda masjid deb nomlanuvchi ko’plab mashhur yodgorliklar ilgari cherkov bo’lgan, masalan, Buxorodagi Poi-Kalon masjidi.
Markaziy Osiyoda nasroniylikning paydo bo’lishi birinchi mingyillikning boshlarida ushbu hududda missionerlik qilgan havoriyar Foma va birinchi chaqirilgan Andrey ismlari bialn bog’liq. O’shandan beri dunyodagi eng tarqalgan ikki din – islom va nasroniylik dinlari birga tinch yashab kelmoqda. O’zbekistonda 10dan ortiq muqaddas va e’zozlangan nasroniy joylari, ziyoratgohlari mavjud. Masalan, Toshkent shahridagi Iso Msihning Muqaddas Qalbi sobori.
Hozirgi zamongacha, O’zbekiston hududida ham nasroniylar, ham musulmonlar hurmat qiladigan Chashmai Ayyub maqbarasi Buxoroda joylashgan. To’g’ridan-to’g’ri, O;zbekistondagi pravoslav cherkovi O’rta Osiyoda rus pravoslav cherkovining paydo bo’lishi bilan, bu mintaqaning asosiy qismi Rossiya imperoyasiga qo’shilganidan keyin va Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilishi (1867) bilan bir qatorda shakllana boshlagan.
O’rta Osiyo va qoq’shni Afg’onistonning madaniy xilma-xilligiga ta’sir ko’rsatgan yana bir qadimiy din buddizmdir. 1968-yilda qadimgi Termiz hududida Budda haykali topilgan va o’sha yer ko’pgina arxeologlar tomonidan o’rganiladigan asosiy obyektga aylandi. Keyinchalik eng qadimgi budda ibodatxonalari majmualari ochildi: Fayoztepa (mil.avv. 1-asr – milodiy 3-asr), Kamirtepa, Qoratepa. Qadimgi musiqachilarning tasviri bilan mashhur Ayritom frizining elementlari topilishi bu mintaqah hududida buddizm targ’ib qilinganligi va ellinistik madaniyat elementlari oshkor bo’lganligidan dalolat beradi. Hozirda naqshli hoshiyaning terrakota barelyeflari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitaj muzeyida saqlanadi.
Download 17,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish