Soliyeva muslimaxonning



Download 1,23 Mb.
bet1/13
Sana10.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#652004
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kurs ishi 111






MUQUMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA YO’NALISHI
401 – GURUH TALABASI
SOLIYEVA MUSLIMAXONNING
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANLAR O’QITISH METODIKASI FANIDAN
O’SMIR QIZLARDA STRESS HOLATINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI”
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN

KURS ISHI



ILMIY RAHBAR: SH.IBRAGIMOVA
MAVZU: O’SMIR QIZLARDA STRESS HOLATINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.


MUNDARIJA.
KIRISH……………………………………………………………………………
ASOSIY QISM……………………………………………………………………
I.BOB. G’ARB VA SHARQ PSIXOLOG OLIMLARINING ASARLARIDA STRESS MUAMMOSINING O’RGANILISHI VA O’SMIR QIZLARDA STRESS HOLATINING NOMOYON BO’LISHI………………………………
1.1. STRESS MUAMMOSINING SHARQ VA G’ARB PSIXOLOG OLIMLARINING ASARLARIDA YORITILISHI…………………………………
1.2. O’SMIR QIZLARDA STRESS HOLATINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI…………………………………………………………………
BOB YUZASIDAN XULOSALAR……………………………………………….
II.BOB.O’SMIR YOSHDAGI QIZLARDA STRESS HOLATINI EKSPEREMENTAL O’RGANISH………………………………………………
2.1. O’SMIR QIZLARDA STRESS HOLATINI PSIXODIAGNOSTIK ANIQLASH……………………...............................................................................
2.2. O’SMIR YOSHDAGI QIZLARDA STRESS BO’YICHA OLIB BORILGAN PSIXOKORREKSION ISHLAR TAHL…………………………………………….
XULOSA VA TAVSIYALAR…………………………………………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………….


KIRISH.
MAVZUNING DOLZARBLIGI: Mustaqilik tufayli o’z taraqqiyot yo’lidan borayotgan O’zbekistonda yangicha fikrlaydigan bo’layotgan voqea hodisalarga erkin munosabat bildiradigan ijodiy va tanqidiy mushohada yuritadigan muloqotning sir asrorlarini o’rgangan insonlarni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarori ijrosini ta’minlash,shuningdek,umumiy o’rta va o’rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida o’quvchilarni psixologik-pedagogik qo’llab-quvvatlash tizimimni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
turli yosh davrlarida o‘quvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, ta’lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy taraqqiyotida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday salbiy og‘ishlarning oldini olish;
o‘quvchilar ta’lim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi holatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;
pedagogik jamoalarda sog‘lom psixologik muhitni yaratish va qo‘llab-quvvatlash, jamoa a’zolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish;
iste’dodli va iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o‘rganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
axborot-psixologik hurujlarning xavfi, internet jahon axborot tarmog‘ining salbiy ta’siri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish;
pedagog xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga ko‘maklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini ta’minlashdan iboratdir.
Nazariy bilimlar hamda amaliy malakalarga ega bo‘lgan va yangi zamonaviy muammolarni muvaffaqiyatli hal qila oladigan mutaxassislar tayyorlash bilan bog‘liq ishlar bugun yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Respublikamizning rivoji, ravnaqi oliy maktablarda tayyorlanayotgan mutaxassislarga bog‘liq ekan, ularni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash kerak. O‘qituvchi bilan o‘smirning hamkorlikdagi faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘lajak mutaxassislar kasbiy tayyorgarligining asosiy omillaridan biridir.
Psixologik bilimlarni inson tomonidan o‘rganilishi shuning uchun ham muhimki odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro‘y berayotgan Nazariy ob’ektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo‘lish bilan, balki hayotda munosib o‘rin egallash, o‘z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan holda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo‘lish, o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir ko‘rsatishning usul va vositalarini bilish va ulardan o‘z o‘rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi.
Kundalik hayotning tobora shiddatli tus olayotgani insonga bo‘layotgan axborot xurujining ko‘pligi, ijtimoiy muammolarning haddan ziyod zidlashuvi natijasida asablarning taranglashishi juda ko‘p insonlarni stress holatiga duchor etmoqda. Shu nuqtai nazardan bizning tanlagan mavzuimiz o‘smirlik yoshi davridagi qizlarda o‘ziga xos psixik zo‘riqishlar asosida stress holatlarning yuzaga kelishi va uni bartaraf etish jihatlarini nazariy va amaliy yoritishga asoslanganligi bilan ahamiyatga egadir.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish