Soliqlar va soliqqa tortish


  Mahalliy  byudjet  daromadlarini  yuridik  shaxslar  tomonidan



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/32
Sana24.01.2021
Hajmi0,58 Mb.
#56651
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Bog'liq
xududiy iqtisodiyotni maxalliy soliqlar orqali rivojlantirish yollari

3.2.  Mahalliy  byudjet  daromadlarini  yuridik  shaxslar  tomonidan 

to’lanadigan soliqlar evaziga shakllantirish 

 

Iqtisodiyotni  erkinlashtirish  va  modernizatsiya  qilish  jarayonidan  soliqqa 



tortish  tizimi  hamda  soliq  siyosatining  samarali  ishlashi  iqtisodiy  siyosatning 

mukammal yuritilishiga bevosita bog’liq bo’lib, iqtisodiyotning real sektorlarini 

rivojlantirishga  turtki  bo’lib  xizmat  qilish  mumkin.  Shuning  uchun  mamlakat 

mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab, mukammal soliqqa tortish tizimini 

yaratish masalasi iqtisodchi olimlarimiz oldiga ko’ndalang qilib qo’yildi. Ushbu 



 

48 


masalaga  Prezidentimiz  I.A.Karimov  ham  o’z  ma’ruzalarida  alohida  to’xtalib: 

“Printsipial  muhim  ustivor  vazifalardan  biri  –  soliq  siyosatini  yanada 

takomillashtirishdir.  ...ustivor  vazifalarning  barchasi  soliq  siyosatimizni 

takomillashtirish bilan bevosita bog’liq”

16

, deya ta’kidlagan edilar. 



  Mahalliy 

soliqlardan 

mol-mulk 

va 


er 

soliqlari 

O’zbekiston 

Respublikasining  qonun  hujjatlari  bilan  joriy  etiladi  va  respublikaning  barcha 

hududlarida  undiriladi.  Bu  soliqlar  va  yig’imlarning  stavkalari  O’zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilanadi.  Qolgan  mahalliy 

soliqlar  va  yig’imlar  Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  toshkent 

shahri  davlat  hokimiyat  idoralari  tomonidan  joriy  etilib,  stavkalarning  eng 

yuqori  miqdorlari  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan 

belgilanadi.  Yangi  mahalliy  soliqlar  va  yig’imlar  O’zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar Mahkamasi bilan muvofiqlashtirilgan holda amalga kiritiladi. 

Mahalliy  soliqlar  va  yig’imlardan  er  solig’i  mahalliy  byudjetlarning 

daromadlari  tarkibida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Er  solig’i  tuproq 

unimdorligini  oshirish,  erdan  samarali  foydalanishga  erishish,  uni  jismoniy  va 

yuridik  shaxslar  tomonidan  o’zlashtirilishini  rag’batlantirish  hamda  undan 

foydalanuvchilarning  iqtisodiy  ahvolini  tenglashtirishni  nazarda  tutib,  ular 

tomonidan  byudjetga  to’lanadigan  majburiy  demokratik  to’lov  turidir. 

O’zbekistonda  er  solig’ining  iqtisodiy  chegarasi  bu  soliq  uchun  har  bir  zona 

bo’yicha stavkalarni belgilanishi hisoblanib, soliqning belgilangan stavkalardan 

ortiq yoki kam hisoblanishi va undirilishi noqonuniy hisoblanadi. 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Soliq 

kodeksining 



XII 

bo’lim,  

49-bob,  278-286-moddalarida  yuridik  shaxslarning  er  solig’ini  hisoblash  va 

to’lash tartibi belgilangan. 

Erning  normativ  qiymati  Davlat  er  resurslari,  geodeziya,  kartografiya  va 

davlat kadastr qo’mitalar tomonidan aniqlanib, har bir soliq to’lovchiga moliya 

                  

 

16



Karimov  I.A.  Bizning  bosh  maqsadimiz  –  jamiyatni  demokratiyalashtirish  va  yangilash,  mamlakatni 

modernizatsiya va isloh etishdir. // Qishloq hayoti, 2005 yil 29 yanvar. 

 



 

49 


yilining  1  apreliga  qadar  etkaziladi.  Fikrimizcha,  er  solig’ini  normativ  va 

haqiqiy qiymat asosida soliqqa tortilishi adolatli hisoblanadi. Bunda esa, erning 

normativ  qiymatini  vakolatli  organ  tomonidan  hududlar  bo’yicha  belgilab 

berilishi  lozim.  Erning  haqiqiy  qiymati  sifatida  esa,  ko’chmas  mulk  birjalari 

orqali erni sotib olingan qiymati olinib, bu qiymatlar yuridik shaxslar uchun er 

solig’i  ob’ekti  hisoblanishi  hamda  qonunchilik  bilan  belgilangan  stavkalar 

bo’yicha undirilishi maqsadga muvofiqdir. Bu esa, bizning nazarimizda, erdan 

soliq  undirishning  dunyo  amaliyotiga  o’tishini  ta’minlab,  soliq  bo’yicha  hisob 

kitoblarni ancha soddalashtiradi. 

Mamlakatimizda  yuridik  shaxslardan  undiriladigan  mahalliy  soliqlar 

orasida mol-mulk solig’i ham o’ziga xos o’ringa ega. Ushbu soliq xususiyatlari 

haqida  gap  ketganda,  avvalo,  mol-mulk  tushunchasi,  uning  turlari,  ob’ekti  va 

sub’ektlari  tarkibini  tadqiq  etish  talab  etiladi.  O’zbekiston  Respublikasi 

qonunchiligiga  ko’ra,  mol-mulk  fuqarolik  huquqlari  ob’ekti  sifatida  ko’chmas 

va ko’char mulkka bo’linib, ko’chmas mulk er uchastkalari va er osti boyliklari, 

ko’p  yillik  daraxtlar,  shuningdek,  binolar  va  inshootlardan  iboratdir.  Bundan 

tashqari  O’zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  Kodeksiga  muvofiq  qonun  bilan 

man  etilgan  ayrim  ashyolardan  tashqari  har  qanday  mol-mulk  xususiy  mulk 

bo’lishi  mumkin.  Tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirish  xususiy  mulk 

huquqining vujudga kelishi uchun zamin yaratadi. 

Davlat  xususiy  mulkni  soliqqa  tortish  orqali  yuridik  shaxslarga  qarashli 

bo’lgan mulkning qonuniyligini hamda ularning harakatini nazorat qilib borish 

imkoniyatiga  ega  bo’ladi.  Bu  esa  jamiyatdagi  barcha  mol-mulkning  hisob-

kitobini to’g’ri yuritish va ulardan belgilangan miqdorlarda soliq undirib borish 

mexanizmini takomillashtirishni taqozo etadi. 

Bundan  tashqari,  belgilangan  normativ  muddatda  tugallanmagan  qurilish 

ob’ektlari va belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar uchun 

ham soliq to’lash belgilangan. 




 

50 


O’zbekiston 

Respublikasi 

Soliq 

kodeksining 



XI 

bo’lim,  

47-bob,  265-271-moddalarida  yuridik  shaxslarning  mol-mulki  solig’ini 

hisoblash va to’lash tartibi belgilangan. 

Yuridik  shaxslarning  mol-mulkiga  solinadigan  soliqni  to’lovchilar  bo’lib, 

O’zbekiston Respublikasi hududida soliq solinadigan mol-mulkka ega bo’lgan 

yuridik  shaxslar  -  O’zbekiston  Respublikasining  rezidentlari  hamda 

O’zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalarida  boshqacha  qoida 

nazarda  tutilmagan  bo’lsa,  yuridik  shaxslarning  mol-mulk  solig’i  to’lovchilari 

bo’lib  O’zbekiston  Respublikasida  faoliyatni  doimiy  muassasa  orqali  amalga 

oshirayotgan  va  (yoki)  O’zbekiston  Respublikasi  hududida  o’z  mulkida 

ko’chmas mulkka ega bo’lgan yuridik shaxslar - O’zbekiston Respublikasining 

norezidentlari va O’zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasa orqali amalga 

oshirmaydigan  O’zbekiston  Respublikasining  norezidentlari  hisoblanadi.  Agar 

ko’chmas  mulk  mulkdorining  joylashgan  erini  aniqlash  imkoni  bo’lmasa,  bu 

mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo’lsa, shu shaxs 

soliq to’lovchidir. 

Shuningdek,  asosiy fondlar qiymatlarini amaldagi bozor narxlariga to’g’ri 

keltirish  maqsadida,  O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligidan  2002  yil  4 

dekabrda  1192-son  bilan  ro’yxatga  olingan  “1  yanvar  holati  bo’yicha  asosiy 

fondlarni har yili qayta baholashni o’tkazish tartibi to’g’risida Nizom” talablari 

asosida har yili 1 yanvar holatiga qayta baholash o’tkaziladi. 

Mamlakatimizda  faoliyat  yuritayotgan  yuridik  shaxslarning  mol-mulk 

solig’ining  rag’bantlantiruvchilik  xususiyatini  oshirish  maqsadida  ilmiy 

asoslangan soliqqa tortilmaydigan minimumni joriy etish maqsadga muvofiqdir. 

Fikrimizcha,  bu  minimumning  joriy  etilishi  endigina  o’z  faoliyatini boshlagan, 

iqtisodiyot  uchun  muhum  tarmoqda  faoliyat  yuritayotgan  korxonalarning 

moliyaviy-xo’jalik faoliyatini bir muncha yaxshilashga xizmat qilgan bo’lar edi. 

Korxona  imtiyozidan  bo’shagan  mablag’ni  ishlab  chiqarishga  qayta  jalb  etishi 

natijasida esa, uning kelgusidagi soliq bazasi kengaytirilishiga erishilgan bo’lar 




 

51 


edi. Kelgusida soliqqa tortiladigan bazaning kengayishidan esa davlat bevosita 

manfaatdordir.  Bugungi  kunda  esa,  rivojlangan  mamlakatlarda  bu  amaliyotdan 

keng miqiyosda foydalaniladi. 

Jahon iqtisodiy taraqqiyotida o’zining muayyan o’rniga ega bo’lgan taklif 

iqtisodiyot  nazariyasiga  muvofiq,  keng  soliqqa  tortiladigan  bazaga  nisbatan 

kamroq  soliq  stavkasini  qo’llash,  etarli  darajada  kam  bo’lgan  soliq  bazasiga 

nisbatan esa yuqori soliq stavkasini qo’llash yoki alohida soliq turlarini yuqori 

stavkada  qo’llash  soliq  yukini  kamayishiga keskin ta’sir etadi. Natijasida soliq 

to’lovchilar  soliq  summasini  o’z  xoxishlari  va  engillik  bilan  byudjetga 

to’laydilar.  Bu  esa  davlatni  soliq  undirish  bilan  bog’liq  ortiqcha  xarajatlarni 

kamaytiradi. 

O’zbekistonda amalga oshirilayotgan soliqqa tortish islohotlari iqtisodiy 

yangilanishlarning  tarkibiy  qismi  sifatida  o’tish  davrining  umumiqtisodiy  va 

maxsus  vazifalarini  hal  etishga  yordam  berishi  lozim.  Bunda  mahalliy  soliqlar 

va yig’imlar tizimini davr talabidan kelib chiqib takomillashtirish, shu hisobdan 

ma’lum  darajada  aholining  turmush  sharoitini  tartibga  solish,  tadbirkorlik 

faoliyatini  rag’batlantirish  va  byudjetga  muntazam  ravishda  daromadlar  kelib 

tushishini  ta’minlash  uchun  foydalanish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ana  shu 

maqsadlarga  erishish  uchun,  jumladan,  mahalliy  soliqlar  va  yig’imlar 

samaradorligini  oshirishning  jahon  tajribasi  bilan  tanishish  muhim  ahamiyatga 

egadir. 

 


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish