42
3-BOB. HUDUDIY IQTISODIYOTNI MAHALLIY SOLIQLAR ORQALI
RIVOJLANTIRISH MASALALARI
3.1. Mahalliy byudjet daromadlarini oqilona boshqarish yo’nalishlari
Har
bir
davlatning
iqtisodiy
salohiyati
asosiy makroiqtisodiy
ko’rsatkichlardan biri – davlat byutjeti, uning tarkibiy tizimi bo’lgan respublika
hamda mahalliy byutjetlarning daromadlari shakllanishi va xarajatlari hajmida
o’z ifodasini topadi.
2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining
“Byudjet tizimi to’g’risida”- gi Qonuni mamlakat byudjet jarayorlarida
markaziy va mahalliy hokimyat organlari bajaradigan ishlarini aniq belgilab
bergan rasmiy xujjat bo’ladi. Unga asosan, birinchi navbatda mahalliy
boshqaruv organlariga yuklatilgan vazifalarini samarali ado etish uchun ularni
bu sohada tegishli moliyaviy manbalarga ega bo’lishlari bilan bog’lab qo’yadi.
O’zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o’tar ekan, iqtisodiy
mexanizmlar bozor munosabatlari asosida qurilib, ular tarkibida o’zgarishlar
ro’y bermoqda.
Mamlakatimizda
ijtimoiy
va
iqtisodiy
islohatlar
yanada
chuqurlashayotgan davrda hayotimizning barcha jabhalarida bo’lgani kabi
moliya sohasida ham jiddiy o’zgarishlarni amalga oshirish xozirgi kunning
asosiy talabidir. Mazkur sohada olib borilayotgan ishlarning markazida davlat
byudjetining
shakillanishi
va
undan
samarali
foydalanish, mahalliy
byudjetlarning va buning asosida davlat byudjetining mamlakat ijtimoiy –
iqtisodiy rivojlanishidagi o’rnini mustahkamlash masalalari turadi.
O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi yuqoridagi Qonunda ikki
pog’onali byudjetdan iboratligi tasdiqlab o’tilgan, ya’ni:
1.
Respublika byudjeti.
2.
Mahalliy byudjet.
43
O’zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risida”gi Qonunining
3-moddasida byudjet tizimining bo’g’ini hisoblanmish mahalliy byudjetga
quydagicha ta’rif berilgan.
“Mahalliy byudjet – Davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, tuman
pul mablag’lari jamg’armasini tashkil etuvchi bir qismi bo’lib, unda daromadlar
manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida
aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori
nazarda tutiladi”.
Mahalliy byudjetlar orqali xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, madaniyat va
sport
muassasalarini,
mahalliy
hokimyatboshqaruv
organlarini,
kam
ta’minlangan oilalarga beriladigan nafaqalar moliyalashtirib boriladi. Ular
aholini ijtimoty himoya qilish borasida davlat olib borayotgan siyosatining
joylardagi asosiy tayanchi xisoblanadi. Aholini ijtimoty himoya qilish
xarajatlarining
qariyb
100
foizi
mahalliy
byudjetlar
tomonidan
moliyalashtiriladi.
Mahalliy byudjetlar ishlab chiqarishning yakuniy natijalarini aholiga
etkazishning asosiy yo’nalishini belgilab beruvchi vositadir. O’zbekistonning
davlat mustaqilligiga erishishi va ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti sari
yo’l tutishi davrida mahalliy byudjetlarning respublika ijtimoiy – iqtisodiy
taraqqiyotidagi
roli
yarada
oshdi.
Mahalliy
byudjetlar
daromadlari
shakillanishidagi ushbu yo’nalishi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.
karimov shunday ta’kidlagan edi: “Davlat byutjeti daromadlarining katta
qismini joylarga berish, mahalliy byudjetlarini mustahkamlash zarur. Bu esa
mintaqalar mustaqilligini oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, bu narsa
mahalliy byudjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topishga
rag’batlantiradi, joylarda byudjet intizomini mustahkamlaydi”.
O’zbekiston Respublikasi mahalliy byudjetlari belgilangan xarajatlarni
amalga oshirishlari uchun daromad bazasiga ega bo’lishlari kerak.
44
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiva mahalliy byudjet daromadlari
manbalari, ularning tashkil topishi hamda nisbatlari “O’zbekiston Respublikasi
soliq kodeksi” va “Byudjet tizimito’g’risida”gi Qonunning 18-moddasiga
asosan amalga oshiriladi. Ushbu moddaga binoan mahalliy byudjet
daromadlarning 8 xil manbai qonuniydir.
Mahalliy soliqlar va yig’imlar mahalliy byudjetlar tarkibida birinchi
moliyaviy manba sifatida qaralsada, u mahalliy byudjetga biriktirilgan
xarajatlarni moliyalashda etarli moliyaviy manba bo’la olmaydi.
Mahalliy byudjetlarning xarajatlari oshib borayotgan bir payitda davlat
tomonidan ularning daromadlarini mustaxkamlash borasida bir qator ishlar
amalga oshirib kelinmoqda.
Avvalombor, biriltirilgan daromadlar soni ko’paytirilib borildi, tartibga
soluvchisoliqlardan ajratmalar miqdori oshirildi. Bu, o’z navbatida mahalliy
byudjetlarning daromadlari ko’payishiga, demakki ularning o’z hududlarida
yaratilayotgan milliy daromadni taqsimlashdagi o’rni mustaxkamlanishiga olib
keladi.
Mahalliy
byudjetlar
daromadlarini
mustaxkamlash,
xarajatlarini
barqarorlashtirish, ularning daromad bazasini kengaytirib borish dolzarb
masalalardan biridir. Mahalliy byudjetlarning daromad bazasi xududlarida
yaratilayotgan milliy daromad, ya’ni ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi,
daromadlarning doimiy va bir maromda tushishi bilan bevosita bog’liqdir.
Mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirishning ichki rezervlari hududlarda
ishlab
chiqarishning
rivojlanishi,
joylarda
iqtisodiy
islohatlarning
muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bilan chambarchas bog’liqdir.
Mahalliy boshqaruv organlari faoliyatini to’g’ri tashkil etish xar bir
xududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy talablaridan biri
hisoblanadi.
Xududlar
iqtisodiy
imkoniyatlarining
ortishi
bevosita
mahalliy
byudjetlarning daromadlar tizimini boshqarishga bog’liq. Bu borada Vazirlar
45
Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli “Mahalliy byudjetlar
samarali faoliyatini rag’batlanitirish to’g’risida”gi qarorini misol sifatida
keltirishimiz mumkin. Qarorga ko’ra, xarajatlarning tejalishi hamda
daromadlarning ortig’i bilan bajarilishi natijasida hosil bo’lgan moliyaviy
mablag’lardan mahalliy byudjetlar maanfatdorligini oshirish yo’lida sarflanish
ko’zda tutilgan. Bu mahalliy byudjetlarlar daromadlarini boshqarishdagi muhim
vazifalaridan biri, chunki shu orqaligina mahalliy byudjetlarning iqtisodiy
maanfatdorligini qondiriladi.
Mahalliy byudjetlarni boshqarish siyosatinig strategik maqsadini alohida
- ajratib ko’rsatish mumkin. Sababi – davlatning yagona byudjet siyosati hamda
byudjet qonunchiligining o’zgaruvchan talablari asosida, mahalliy byudjetlar
ma’suliyati ortishining kafolatlangan hamda
Rag’batlanitiruvchi daromad bazalari bilan ta’minlash orqali erishiladigan
barqaror rivojlanishning shart – sharoitlarini yaratishdan iboratdir. Boshqacha
aytganda byudjet siyosatidagi yangi talab yoki o’zgarish mahalliy
byudjetlarning imkoniyatlari bilan muvofiqligini shunday ta’minlash zarurki,
bunda xar qaysi mahalliy byudjet bo’g’ini ma’lum ma’noda istiqboldagi
o’sishni ta’minlaydigan muayyan zaxira yoki imkoniyatga ega bo’lsin.
Ma’lumki, davlatning yaxlit moliyaviy siyosati moliya tizimining barcha
bo’g’inlari juladan byudjet tizimining va uning tarkibiy qisim bo’lmish mahalliy
byudjetlarning ham yagona qonunchilik asosida tegishli moliyaviy – iqtisodiy
sharoitlar yaratilishi bilan to’liq amalga oshirilishi lozim. Shu jihatdan moliya
siyosatining biror jihatiga tegishli u yoki qarorining qabul qilinishi mahalliy
byudjetlar faoliyati asoslariga u yoki bu darajada aloqador bo’ladi.
Byudjet jarayonini tashkil etish va boshqarishning muhim bosqichi bo’lib
byudjet ijrosini yo’lga qo’yish va boshqarish hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar
bo’yicha byudjet ijrosini tashkil etish va boshqarish byudjet tizimi hamda
byudjetlararo munosabatlarning yangi modelida o’ztga xos xususiyatlarga ega.
46
Mahalliy byudjetlarning boshqarish tizimining qator ustunlik toonlari
mavjud. Chunonchi, bu tizim mahalliy daromad mablag’laridan qat’iy nazar,
xududlarni zarur mablag’lar bilan ta’minlash uchun imkoniyat yaratadi va
ularning rivojlanish sharoitini tenglashtiradi, mahalliy xokimyat organlarining
umumdavlat soliqlarinig o’z vaqtida undirilishi ta’minlashdan maanfatorligini
oshiradi.
Shu bilan birga, mahalliy byudjetlarni boshqarish tizimi muayyan
kamchiliklarga ham ega. Asosiy mahalliy byudjetlarning boshqariladigan
daromadlarini belgilashda sub’ektiv yondashuv imkoniyati mavjudligidir. Bu,
umudavlat soliqlaridan ajratmalar ulush va ularning turini belgilashda nao’yon
bo’ladi.
Mahalliy byudjetlar daromadlarini ko’paytirish mahalliy xokimyat
organlari ushbu byudjetlarni tuzish, ijro etishdagi xuquqlarini kengaytirishga
borib taqaladi. Mahalliy byudjetlar daromadlarining oshishi bevosita korxona
va tashkilotlarning moliyaviy ahvoli bilan belgilanadi. Mahalliy byudjetlar
daromadlarining asosiy qismini soliqlardan tushgan daromadlar tashkil
qilayotgan hozirgi kunda soliq tizimining fiksal funktsiyasi kuchayishi
korxonalar moliyaviy ahvolini og’irlashtirishga olib keladi. Shu sababli keyingi
yillarda respublikada soliq tizimini rag’batlantiruvchi vazifasini kuchaytirish,
korxona va tashkilotchilarning soliq yukini kamaytirish siyosati yuritilmoqda.
Shu kunlarda ishlab chiqilayotgan yangi taxrirdagi Soliq kodeksi bu masalaga
ham alohida e’tibor beriladti, deb o’ylaymiz.
Mahalliy byudjetlar daromadlari tizimini boshqarishda mahaliy xokimyat
idoralari vakolatlarini fuqorolarning o’z-o’zini boshqarish organlariga o’tkazish
davr talabiga aylanmoqda. Bu xaqda Prezidentimiz Islom Karimov
uqtirganidek: “Mahalliy organlar, yangi qonunlar qabul qilingach fuqorolarning
o’z-o’zini boshqarish organlari ham ko’p vakolatlarga ega bo’ldi. Endi eng
muhim vazifa ara shu vakolatlarni amalga oshirishning ta’sirchan mexanizmini
yaratishdir.
47
Mahalliy
davlat
hokimiyati
organlarining
soliq
siyosatini
takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirishdagi vazifalari
Soliq siyosatini ro’yobga chiqarilishida bevosita qatnashish;
Soliqqa tortiladigan ob’ektlar va sub’ektlarning to’liq hamda o’z
vaqtida hisobga olinishini ta’minlashga bevosita rahbarlik qilish;
Soliqqa oid qonunbuzarliklarni bartaraf etish maqsadida hududiy
nazorat qiluvchi organlar hamkorligini muvofiqlashtirish;
Mahalliy hududdagi soliq to’lovchilarga soliqlar va yig’imlarga doir
majburiyatlari borasida etuk iqtisodchi mutaxassis va olimlarni jalb etish orqali
seminarlar o’tkazish hamda targ’ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish;
Vakolatli organlar yordamida hududda faoliyat yuritayotgan yashirin
tsexlarni tashkil qilgan «tadbirkor»larni fosh etish va ularga qonunchilikda
belgilangan tartibda jazo-choralari qo’llanilishini nazorat qilish;
Hudud bo’yicha har bir soliq turidan prognoz qilingan soliq
tushumlarini ijrosini ta’minlash hamda soliq ob’ektlarida xronometrajlar
o’tkazish orqali byudjetga qo’shimcha mablag’ jalb etish;
Hududiy ishlab chiqarish xususiyatini hisobga olgan holda, mamlakat
soliq qonunchiligini takomillashtirishga doir tavsiyalar bilan vakolatli
idoralarga murojaat etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |