Soliqlar va soliqqa tortish


-diagramma. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/32
Sana24.01.2021
Hajmi0,58 Mb.
#56651
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
xududiy iqtisodiyotni maxalliy soliqlar orqali rivojlantirish yollari

1-diagramma. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish 

solig’ining davlat byudjeti daromadlaridagi 

salmog’i dinamikasi

15

 

 



Diagramma  ma’lumotlaridan  ko’rinib  turibdiki,  obodonlashtirish  va 

ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ining davlat byudjeti daromadlaridagi 

salmog’i 2004 yilda 1.7 foizni tashkil etgani holda, 2008 yilda 2.5 foiz bo’lgan, 

2014  yilda  esa  2.5  foizni  tashkil  etishi  prognozlashtirilgan,  ya’ni  tahlil  etilgan 

10 yil davomida ushbu ko’rsatkich 0.8 foizli punktga ortgan. 

Obodonlashtirish  va  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish  solig’ini 

to’lovchilari bo’lib, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar 

– O’zbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblanadilar.  

Soliqqa  tortishning  alohida  tartibi  (soliq  solishning  soddalashtirilgan 

tartibi)  belgilangan  yuridik  shaxslar  asosiy  faoliyat  turi  bo’yicha  bu  soliqni 

to’lamaydilar, ular faoliyatning boshqa turlari bilan shug’ullansalar, ular ushbu 

faoliyat  bo’yicha  alohida  hisob  yuritishlari  va  byudjetga  obodonlashtirish  va 

                  

 

15



  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  Vazirlar  Mahkamasining  2003-2013  yillardagi  “O’zbekiston 

Respublikasining  asosiy  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlari  prognozi  va  Davlat  byudjeti  parametrlari  to’g’risida”gi 

qarorlari asosida tayyorlangan. 



 

40 


ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish  solig’ini  to’lashlari  lozim.  Notijorat 

tashkilotlari  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirish  natijasida  foydaga  ega 

bo’lsalar unda ular ushbu foydadan soliqni belgilangan tartibda to’laydilar.  

 Yuridik  shaxslardan  olinadigan  foyda  solig’i  chegirilganidan  keyin 

yuridik  shaxs  ixtiyorida  qoladigan  foyda  (“Moliyaviy  natijalar  to’g’risidagi 

hisobot”  2-son  shaklining  240  va  250  satrlari  o’rtasidagi  farq  summasi) 

obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliqni hisoblab 

chiqarish  chog’ida  soliq  solish  ob’ekti  va  bazasi  hisoblanadi.  Byudjetga 

to’lanadigan soliq summasi yuqorida ko’rsatilgan hisobot shaklining 260 satrida 

aks ettiriladi. 

Bunda soliq solinadigan baza quyidagi summalarga kamaytiriladi: 

 



olinishi lozim bo’lgan (olingan) dividendlar summasiga; 

 



qo’shimcha  foyda  solig’i  to’lovchilar  uchun  -  sof  qo’shimcha  foyda 

summasiga; 

 

tekin  olingan  pul  mablag’lari  summasiga,  agar  ularni  o’tkazib  berish 



O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  yoki  O’zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yuz berayotgan bo’lsa; 

  joriy  soliq  davrida  foydalanilganda  xarajatlar  vujudga  kelmaydigan 



byudjetdan ajratiladigan subsidiyalar summasiga. 

Obodonlashtirish  va  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish  solig’ining 

stavkasi soliq solinadigan baza nisbatan 8 foiz miqdorida belgilangan. 

Soliq kodeksining 299-moddasiga muvofiq kalendar yil soliq davri bo’lib, 

yil choragi hisobot davridir. 

Yuridik  shaxslar  tomonidan  obodonlashtirish  va  ijtimoiy  infratuzilmani 

rivojlantirish  solig’i soliq solinadigan baza hamda belgilangan stavkadan kelib 

chiqqan holda hisoblab chiqariladi.  

Soliq  to’lovchilar  hisobot  davri  mobaynida  obodonlashtirish  va  ijtimoiy 

infratuzilmani rivojlantirish solig’i bo’yicha joriy to’lovlar to’laydi. 




 

41 


Joriy  to’lovlar  taxmin  qilinayotgan  sof  foyda  summasidan  hamda 

O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo’mitasi  va  O’zbekiston  Respublikasi 

Moliya  vazirligi  tomonidan  tasdiqlanadigan  shakl  bo’yicha  hisobot  davrining 

birinchi oyi 10-kuniga qadar soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq 

xizmati 

organlariga 

taqdim 

etiladigan 

obodonlashtirish 

va 


ijtimoiy 

infratuzilmani 

rivojlantirish 

solig’ining  joriy  to’lovlari  to’g’risidagi 

ma’lumotnomada  ko’rsatilgan  obodonlashtirish  va  ijtimoiy  infratuzilmani 

rivojlantirish  solig’ining  belgilangan  stavkasidan  kelib  chiqqan  holda  hisoblab 

chiqariladi. 

Joriy  to’lovlar  obodonlashtirish  va  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish 

solig’ining yil choragidagi summasining uchdan bir qismi miqdorida har oyning 

10-kunidan kechiktirmay to’lanadi. 

Quyidagi yuridik shaxslar joriy to’lovlarni to’lamaydi:  

  hisobot davrida soliq solinadigan bazasi eng kam ish haqining ikki yuz 



baravarigacha miqdorda bo’lgan soliq to’lovchilar;  

 



yagona  soliq  to’lovini  to’lashga  o’tmagan  mikrofirmalar  va  kichik 

korxonalar. 

Obodonlashtirish  va  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish  solig’ining 

hisob-kitobi  soliq  bo’yicha  hisobga  olish  joyidagi  davlat  soliq  xizmati 

organlariga soliq to’lovchilar tomonidan ortib boruvchi yakun bilan yilning har 

choragida  hisobot  choragidan  keyingi  oyning  25-kunidan  kechiktirmay,  yil 

yakunlari  bo’yicha  esa,  yillik  moliyaviy  hisobot  taqdim  etiladigan  muddatda 

taqdim etiladi. 

Obodonlashtirish  va  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish  solig’ini  to’lash 

mazkur  soliq  bo’yicha  hisob-kitobni  taqdim  etish  muddatidan  kechiktirmay 

amalga oshiriladi. 


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish