Soliq va soliqqa tortish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2019-yil 1-oktabrdan kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar



Download 58,8 Kb.
bet2/2
Sana18.04.2022
Hajmi58,8 Kb.
#560057
1   2
Bog'liq
солик ва соликка тортиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2019-yil 1-oktabrdan kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5303-son Farmoni:
a) 3-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) ilovasi quyidagi tahrirdagi izoh bilan to‘ldirilsin:
“Izoh: 3 — 8 pozitsiyalarda ko‘rsatilgan tovarlar va xomashyo importida bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga tatbiq qilinmaydi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5388-son Farmoni 6-bandining to‘rtinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-fevraldagi “Xorijiy investitsiyalar ishtirokida “Jeneral Motors O‘zbekiston” korxonasini barpo etish to‘g‘risida”gi PQ-800-son qarorining 8-bandida:
a) ikkinchi va uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“DjiEm O‘zbekiston” AJ, “O‘zavtosanoat” AJ, shuningdek, “DjiEm O‘zbekiston” AJ avtomobillarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan texnologik jihozlar, materiallar va butlovchi buyumlarni ishlab chiqaruvchi boshqa korxonalar tomonidan 1-ilovadagi ro‘yxatga muvofiq olib kelinadigan tovarlar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari);”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 16-dekabrdagi “Xorijiy investitsiyalar ishtirokida kuch agregatlarini ishlab chiqarish bo‘yicha “Jeneral Motors Paurtreyn — O‘zbekiston” korxonasini barpo etish to‘g‘risida”gi PQ-1020-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Osvobodit na period stroitelstva, a takje srokom na 10 let s dati nachala seriynogo proizvodstva silovix agregatov:
AO “Djeneral Motors Pauertreyn — Uzbekistan” ot uplati vsex nalogov, deystvuyuщix na territorii Respubliki Uzbekistan, krome naloga na dobavlennuyu stoimost;
inostranniy personal AO “Djeneral Motors Pauertreyn — Uzbekistan” ot uplati naloga na doxodi fizicheskix lits, poluchayemie ot trudovoy deyatelnosti na dannom predpriyatii;
kompaniyu “Djeneral Motors Xoldings El-El-Si”, kompaniyu “Djeneral Motors Interneyshnl Xoldings” i ix pravopreyemnikov ot uplati naloga na pribil po doxodam, poluchayemim v vide dividendov, viplachivayemix AO “Djeneral Motors Pauertreyn — Uzbekistan”;
AO “Djeneral Motors Pauertreyn — Uzbekistan” ot uplati naloga na pribil u istochnika viplati po doxodam, viplachivayemim nerezidentam.”;
b) 4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Osvobodit ot uplati tamojennix platejey (za isklyucheniyem naloga na dobavlennuyu stoimost i sborov za tamojennoye oformleniye):
tovari, vvozimie AO “Djeneral Motors Pauertreyn — Uzbekistan”, a takje predpriyatiyami-proizvoditelyami komplektuyuщix izdeliy, materialov i texnologicheskoy osnastki dlya proizvodstva silovix agregatov AO “Djeneral Motors Pauertreyn — Uzbekistan”;”.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 4-apreldagi “Samarqand avtomobil zavodida avtotransport vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1736-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Osvobodit s 1-yanvarya 2012 goda srokom na 8 let ot tamojennix platejey (za isklyucheniyem naloga na dobavlennuyu stoimost i sborov za tamojennoye oformleniye) tovarov, ne proizvodimix v Respublike Uzbekistan i vvozimix OOO “Samarkandskiy avtomobilniy zavod” dlya proizvodstva i posleprodajnogo obslujivaniya proizvodimix avtotransportnix sredstv po perechnyu, soglasno prilojeniyu № 2.”;
b) 2-ilovaning nomi “za isklyucheniyem” so‘zlaridan keyin “naloga na dobavlennuyu stoimost i” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi “O‘zagrotexsanoatxolding” aksionerlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2658-son qarorining 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. 2022-yilning 1-yanvariga qadar:
“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ va “O‘zagroservis” AJ tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish va servis xizmatlari ko‘rsatish uchun olib keladigan texnologik uskunalar, jihozlar, asboblar, butlovchi buyumlar, detallar, uzellar, materiallar, ehtiyot qismlar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari);
“Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ va “Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ — mol-mulk solig‘ini to‘lashdan;
“O‘zagrolizing” AJ va “O‘zmashlizing” MChJ — lizing operatsiyalaridan olingan daromadlar bo‘yicha, tegishli ravishda, foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi to‘lashdan ozod qilinsin.”.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “2017 — 2021-yillarda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3028-son qarori 13-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyundagi “Xorijiy investitsiya ishtirokidagi “Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” korxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3053-son qarorida:
a) 12-bandda:
ikkinchi xatboshida “shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy to‘lovlardan” so‘zlari “qo‘shilgan qiymat solig‘i bundan mustasno” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidan “qo‘shilgan qiymat solig‘i va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 14-bandning uchinchi xatboshi “bojxona rasmiylashtiruvi” so‘zlaridan oldin “qo‘shilgan qiymat solig‘i va” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi “Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3279-son qarorining 4-bandi “bojxona yig‘imlaridan” so‘zlaridan oldin “qo‘shilgan qiymat solig‘i va” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi “Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex Nurota tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish hamda aholisi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3301-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshidagi “barcha soliqlardan va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar” so‘zlari “yagona soliq to‘lovi va qat’iy belgilangan soliq” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi “Yoqilg‘i-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, to‘lov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3386-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshi “bojxona rasmiylashtiruvi” so‘zlaridan oldin “qo‘shilgan qiymat solig‘i va” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi “Respublikada ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3472-son qarorining 10-bandi “a” kichik bandining beshinchi xatboshi “bojxonada rasmiylashtiruv” so‘zlaridan oldin “qo‘shilgan qiymat solig‘i va” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3479-son qarori 9-bandining birinchi xatboshi va 3-ilovaning nomi “bojxona rasmiylashtiruvi” so‘zlaridan oldin “qo‘shilgan qiymat solig‘i va” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va shaxsiy tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3680-son qarorining 13-bandida:
ikkinchi xatboshida quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamg‘arma qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari barcha turdagi soliqlardan”;
uchinchi xatboshidagi “va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan” so‘zlari “, qo‘shilgan qiymat solig‘i bundan mustasno” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidan “, qishloq xo‘jaligi texnikasi hamda qishloq xo‘jaligi transport vositalari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va uning hududiga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha chetdan olib kiriladigan qishloq xo‘jaligi texnikasi va qishloq xo‘jaligi transport vositalari 2021-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari)”.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3839-son qarorining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Agentlik qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari barcha turdagi soliqlardan ozod qilinsin.”.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-yanvardagi “Yog‘-moy tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-4118-son qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Korxonalar 2021-yil 1-yanvarga qadar o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish maqsadida TIF TN kodlari 1201 — 1207 guruhi bo‘yicha import qilinadigan yog‘-moy xomashyosi hajmi (soya danagi, kungaboqar va boshqa moyli o‘simliklar urug‘lari) uchun bojxona to‘lovlarini (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno) to‘lashdan ozod qilinsin.”.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4230-son qarorining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. 2022-yil 1-yanvarga qadar:
lokomotivlar, temir yo‘l vagonlari va butlovchilar (TIF TN kodi 8601–8607), barcha tipdagi yuk konteynyerlari (TIF TN kodi 8609), uchish apparatlari (TIF TN kodi 8802) bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari);
ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshmagan, yuk tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari (TIF TN kodi 8701 20, 8704 21 (refrijeratorlar), 8704 22, 8704 23 (samosvallardan tashqari), 8716 31, 8716 39) va aviatsiya yoqilg‘isi bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.”.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-apreldagi “Agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan o‘z vaqtida ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4268-son qarorining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvarga qadar lizing kompaniyalari va tijorat banklari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i lizing xizmatlari qismida qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan, shu jumladan import qilingan lizing obyektini sotib olish narxi va sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farqdan hisoblanadi.”.
21. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 7-avgustdagi “Xorijiy investitsiya ishtirokidagi “JV MAN Auto — Uzbekistan” MChJ korxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 224-son qarori 4-bandi va uning ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-avgustdagi “Donni qayta ishlovchi korxonalarni qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash va ularning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 684-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y, 8-son, 18-modda) ilovasi quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
Download 58,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish