Soliq siyosatini erkinlashtirish va takomillashtirish masalalari
Qulliyev Umidjon Yusuf o`g`li
Toshkent moliya instituti Moliya fakulteti 2- kurs talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada yurtimizda olib borilayotgan soliq siyosati unda bo`layotgan kamchiliklar va shu bilan birga yaratilayotgan imkonyatlar haqida qisqacha yoritilgan.
Kalit so`zla: Soliq siyosati, Soliq tushumlari, QQS , JSHDS, Soliq yuki , Yer qaridan foydalanganligi uchun soliq
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida soliqlar muhim rol o`ynaydi. “Bozor munosibatlariga o`tish sharoitida soliqlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda eng muhim boshqaruvchi omil bo`lib qoladi. Avvalo, soliq tizimi o`ziga xos vazifani (xazinani to`ldirish), qayta taqsimlash va rag`batlantirish vazifasini to`la darajada bajarishi kerak. Yangi soliq siyosati doirasida soliq tushumlari tarkibini tubdan o`zgartirish, resurslar, mol-mulk solig`ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish vazifasi qoyiladi”,– deb ta’kidlagan edi O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov.
Soliq siyosatini erkinlashtirish va takomillashtirish ustuvor yo`nalishida qanday o`zgarishlar bo`ldi va bo`lmoqda?
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bu yo`nalishda soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va unifikatsiya qilish asosiy vazifa qilib belgilangan. Prezident qaroriga koʻra, 2022-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlariga (bundan davlat ulushi 50% dan yuqori boʻlgan korxonalar, yer qaʼridan foydalanuvchilar va aksiz osti mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar mustasno) umumiy maydoni 1000 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan yer uchastkalariga va (yoki) bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini qoʻlga kiritganda mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha hisoblangan soliqlarni toʻlashni olti oy muddatga kechiktirish huquqi beriladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq hisoboti topshirmaydigan bo`ldi.2021-yil 1-oktyabrdan tegishli davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining nazorat funksiyalari bekor qilinadi. Bu qarorlarning chiqarishdan asosiy ko`zlangan maqsad soliq siyosatida yengilliklar kiritib aholi daromatlarini oshirish va tadbirkorlarga kengroq yo`l ochib berish hisoblanadi.O`z navbatida investitsiyalarning ko`payishi, korxonalarning aylanma mablaglarini to`ldirish, ishchi va xizmatchilarning ish haqi va daromadlarini oshirish uchun qo`shimcha manba bo`lib ham xizmat qiladi. Ana endi 2021-yil soliq stavkalari bilan bilan 2022-yil soliq stavkalarni solishtirsak: Aytib o`tish joizki 2022 yilda quyidagi asosiy soliq stavkalari 2021–yilga nisbatan saqlab qolingan. QQS - 15%,foyda soligʻi – 15,JShDS -12%, ijtimoiy soliq: хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar - 12%, aylanmadan olinadigan soliq, bazaviy stavka - 4%. Bundan tashqari stavkasi o`zgargani: Amortizatsiyaning yillik cheklangan normasi va investitsiyaviy chegirma miqdori o‘rtacha 2 baravarga oshiriladi. Tabiiy gazni eksport qilishda, shuningdek import qilingan gazni ichki bozorda realizatsiya qilishda aksiz solig‘i stavkasi nolga tenglashtiriladi. Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan suyultirilgan gazni realizatsiya qilish aksiz solig‘idan ozod etiladi.Bundan tashqari yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari neft va tabiiy gaz bo‘yicha 10%gacha, oltin va mis bo‘yicha – 7%gacha, volfram bo‘yicha – 2,7%gacha, uran bo‘yicha – 8%gacha pasaytirildi. 2021- yilgi viloyatlar aro soliq tushumini ko`zdan kechirib chiqadigan bo`lsak , quyidagi hududlarda soliq tushumlari sezilarli darajada o`sganini jadval orqali ko`rishimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |